Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Shu bilan birga, iqtisodiyotda o‘rtacha oylik ish haqlari 2.5 mln so‘mni tashkil etib o‘tgan yilga nisbatan 21,6 %ga o‘sganligi qayd etildi



Yüklə 290,76 Kb.
səhifə6/6
tarix02.05.2023
ölçüsü290,76 Kb.
#106325
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyot” fakulteti “iqtisodiyot “ yo’nalishi

Shu bilan birga, iqtisodiyotda o‘rtacha oylik ish haqlari 2.5 mln so‘mni tashkil etib o‘tgan yilga nisbatan 21,6 %ga o‘sganligi qayd etildi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan kichik biznes su’yektlari soni 324 mingdan 395 taga yetdi va olti oy mobayida 46 mingdan ortiq yangi sub’yektlar tashkil qilindi. Mazkur sharoitda O‘zbekiston yil oxiriga kelib iqtisodiyotda ijobiy dinamikani saqlab qolishi kutilmoqda. Turli Xalqaro moliya institulari va boshqa prognozlarga ko‘ra, yil yakuniga qadar iqtisodiyotda 1,5%-2.2%lik o‘sish kutilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev xalqimizning fidokorona mehnati bilan 2019 yil – “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da salmoqli natijalarga erishilganini ta'kidladi:4

"Barcha sohalardagi ijobiy natijalar qatorida, investitsiyalar hajmi ham sezilarli darajada oshdi. Ayniqsa, to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalar 4,2 milliard dollarni tashkil etib, 2018 yilga nisbatan – mana shu raqamga e'tiboringizni qaratmoqchiman – 3,1 milliard dollarga yoki 3,7 barobar o'sdi. Investitsiyalarning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 37 foizga yetdi. Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 milliard dollarlik obligatsiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan O'zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi.
Energetika, neft-gaz, geologiya, transport, yo'l qurilishi, qishloq va suv xo'jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta'minoti hamda boshqa qator tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohotlar boshlandi. Sanoatning 12 ta yetakchi tarmog'ida modernizatsiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirilmoqda.
Natijada o'tgan yili iqtisodiy o'sish 5,6 foizni tashkil etdi.
Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga ko'paydi.
Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga yetdi. Qishloq xo'jaligida fermer va dehqonlarning manfaatdorligini oshirish borasidagi o'rganish va izlanishlarimiz davom etmoqda. Sohaga ilg'or texnologiyalar va klaster tizimi joriy etilmoqda. Tadbirkorlikni keng rivojlantirish va bu soha uchun yangi sharoitlar yaratishga, barcha imkoniyatlarimizni safarbar etayapmiz. “Har bir oila – tadbirkor” dasturi doirasida o'z biznesini boshlayotgan oilalarga 5,9 trillion so'm kreditlar ajratildi. Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobarga kamaytirildi. Natijada, rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500 mingtaga ko'paydi.
Qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi 20 foizdan 15 foizga tushirildi. Buning hisobidan o'tgan yili soliq to'lovchilar ixtiyorida 2 trillion so'm qoldi.
Joriy yilda bu raqam 11 trillion so'mni tashkil etishi kutilmoqda.
Bir yilda tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag' qolishi, albatta ularga o'z bizneslarini rivojlantirish uchun juda katta qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi.
Islohotlarimiz natijasida o'tgan yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko'p yangi tadbirkorlik sub'ektlari tashkil etildi.
Jahon bankining “Biznes yuritish” reytingida 7 pog'ona ko'tarilib, biznesni ro'yxatga olish ko'rsatkichi bo'yicha dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o'rinni egalladik va eng yaxshi islohotchi davlatlar qatoridan joy oldik.
Shuningdek, 86 ta davlat fuqarolariga vizasiz va 57 ta davlat fuqarolariga soddalashtirilgan viza rejimi joriy etilishi natijasida o'tgan yili yurtimizga 6,7 million nafar xorijiy sayyoh tashrif buyurdi. Bu 2016 yilga nisbatan 4,7 million nafarga yoki 3,3 barobar ko'p demakdir. Maktabgacha ta'limni rivojlantirish borasida boshlagan islohotlarimiz natijasida, o'tgan yili 5 ming 722 ta davlat, xususiy, oilaviy bolalar bog'chalari tashkil etildi. Shuning hisobidan farzandlarimizni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi bir yil davomida 38 foizdan 52 foizga ko'tarildi.
2019 yilda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi 4 ta Prezident maktabi, 3 ta ijod maktabi ish boshladi. Oliy ta'limni rivojlantirish uchun o'tgan yili 19 ta yangi oliy o'quv yurti, jumladan, 9 ta nufuzli xorijiy universitet filiali ochildi.
Yetakchi xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 141 ta qo'shma ta'lim dasturi bo'yicha kadrlar tayyorlash yo'lga qo'yildi. Oliy ta'lim muassasalariga jami 146 ming 500 nafar yoki 2016 yilga nisbatan 2 barobar ko'p talaba o'qishga qabul qilindi.
Ishlayotgan pensionerlarga pensiyani to'liq to'lash tartibi joriy etildi. Ijtimoiy yordamga muhtoj va ehtiyojmand aholi uchun nafaqa miqdori 2 barobar ko'paytirildi. Sog'liqni saqlash sohasida davlat muassasalari bilan bir qatorda, xususiy tibbiyot yo'nalishi ham jadal rivojlanmoqda. Davolash faoliyati turlari 50 tadan 126 taga ko'paytirilib, qator imtiyozlar berilgani tufayli o'tgan yili 634 ta xususiy tibbiyot muassasasi tashkil etildi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 479 ta qishloq va ovulda, shaharlardagi 116 ta mahallada keng ko'lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi.
Bunga 6,1 trillion so'm yoki 2018 yilga nisbatan 1,5 trillion so'm ko'p mablag' sarflandi. Qishloq joylarida 17 ming 100 ta, shaharlarda 17 ming 600 ta, jami 34 ming 700 ta yoki 2016 yilga nisbatan salkam 3 barobar ko'p arzon va shinam uylar qurildi.
Kam ta'minlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 5 mingta oilaga, shu jumladan, nogironligi bo'lgan ayollarga ipoteka krediti asosida arzon uy-joy sotib olish uchun 116 milliard so'mdan ziyod boshlang'ich badal to'lab berildi.
Amalga oshirayotgan islohotlarimiz jahon hamjamiyati tomonidan munosib baholanmoqda. Xususan, dunyodagi nufuzli nashrlardan biri – “Ekonomist” jurnali O'zbekistonni 2019 yilda islohotlarni eng jadal amalga oshirgan davlat – “Yil mamlakati” deb e'tirof etdi. Berilgan bunday baho, barchamizga cheksiz g'urur, iftixor va kuch bag'ishlaydi, yangi marralarga ruhlantiradi, desam, o'ylaymanki sizlar ham, bu fikrni qo'llab-quvvatlaysizlar".

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki:


1. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishi ko‘p omilli va ziddiyatli jarayon hisoblanib, u asosan iqtisodiy o‘sishda namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy o‘sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko‘payishi hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
2. Iqtisodiy o‘sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo‘llaniluvchi «70 qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko‘ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YaIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o‘sish sur’atiga bo‘lish kerak bo‘ladi.
3. Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv va intensiv turlari mavjud. Ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko‘payishi orqali o‘sish ekstensiv iqtisodiy o‘sish deyiladi. Ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg‘or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo‘llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo‘li bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish intensiv iqtisodiy o‘sish deyiladi.
4. Iqtisodiy o‘sishga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: taklif omillari va taqsimlash omillari. Taklif omillariga tabiiy resurslarning miqdori va sifati; mehnat resurslari miqdori va sifati; asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; texnologiya va fan-texnika taraqqiyotini kiritish mumkin. Resurslarning o‘sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlashga xizmat qiluvchi omillar taqsimlash omillari deyiladi.
5. Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o‘sish omillarini o‘rganish hamda uning kelgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o‘sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o‘z mazmuniga ko‘ra bir-birlaridan farqlansada, ularning asosida ikkita nazariya – makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.Sh.Shodmonov “Iqtisodiyot nazariyasi” 2017-yil Toshkent
2.Ishmuhamedov A.E, Jumayev Z.A, Jumayev Q.X “Makroiqtisodiyot” (o’quv qo’llanma) T: 2005
3.Vechkanov G.S, Vechkanova G.R, Makroekonomika Piter: 2010
4.Boboqulova B.M, Alibekova S.L, Nasimov D.A “Iqtisodiy nazariya”
Sam-2017 qayta nashr
5. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. /Sh.M.Mirziyoev. — Toshkent: : „O‘zbekiston“, 2017. 
6.Saytlar: Https//Wikipediya.com, Https//Hozir.org, Https//fayllar.org
Https//kun.uz, Https//Review.uz, Https//microeconomy.uz

1 Kudina M.V. основы экономики. – M.: FОRUM: INFA-M

2 Review.uz ma’lumoti,davlat statistika qo’mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko’ra

3 Kun.uz sayti ma’lumotlari

4 O’zbekiston respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2020-yildagi oliy majlisga yo’llagan murojaatnomasidan


Yüklə 290,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin