Mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/41
tarix30.11.2022
ölçüsü1,02 Mb.
#71420
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Mavzu Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi ma



1- 
mavzu: Pedagogik fikr tarixi va maktab amaliyotida o’qituvchi mahorati 
masalalari. Pedagogik mahoratning asosiy komponentlari. 
 
REJA: 
1.Pedagogik faoliyat. Pedagogik faoliyat xususiyatlari, ijtimoiy ahamiyati.
2. Pedagogik faoliyatning asosiy yo’nalishlari. 
3.“Pedagogik mahorat” tushunchasining mohiyati. O’qituvchi mahoraitni 
shakllantirishga doir psixologik, pedagogik nazariyalar mazmuni va ahamiyati. 
4. Madaniyat va pedagogik madaniyat. Pedagogik mahoratning asosiy tarkibiy 
qismlari.
5.Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlash va ularning pedagogik mahoratga ega 
bo’lishlariga qo’yiladigan talablar. 
Eng qadimgi VII asrgacha bo’lgan davrda o’qituvchi, ustoz, tarbiyachi 
faoliyati, mahorati, ularning jamiyatdagi o’rni, haqida to’xtalib o’tish lozim. 
Ibtidoiy jamoa davrida jamiyatdagi kishilar yosh jihatdan 3 guruhga bo’linar 
edi. 
1. Bolalar va o’smirlar. 
2. Hayot mehnatining to’la qimmatli va to’la huquqli ishtirokchilari. 
3. Keksalar. 
Yangi tug’ilgan bolani jamoadagi keksa kishilar boqib o’stirardilar. Bola 
tegishli biologik yoshga to’lib, mehnat qilishni o’rganib, hayotiy bilim va 
malakalarni egallagandan so’ng to’la mehnatchilar guruhiga o’tgan. Ibtidoiy bola 
o’zining hayot faoliyati jarayonida kattalarning ishlarida qatnashib, ular bilan 
kundalik muomalada bo’lib tarbiyalanar va ta’lim olar edi. O’g’il bolalar katta 
yoshdagi erkaklar bilan, qizlar esa ayollarning ishlarida qatnashardilar. Keyinchalik 
o’g’il bolalar uchun alohida, qizlapr uchun alohida tarbiya muassasalari  yoshlar 
uylari paydo bo’ldi. Bu erda ulug’ oqsoqollar rahg’arligida yashash, mehnat 
bo’yicha o’tkaziladigan sinovlarga tayyorlanar edilar.
Ibtidoiy jamiyatda dehkonchilik turli kasb-xunarlar paydo bo’ldi. Shu bilan 
bog’liq ravishda tarbiya ham murakkablashib, ko’p tomonlama va rejali bo’la bordi. 
Bolalar tarbiyasi tajribali kishilarga topshiriladigan bo’ldi. Ular bolalarga mehnat 
ko’nikma va malakalarini o’rgatish bilan bir qatorda, paydo bo’lib kelayotgan diniy 
urf odatlarning qoidalari, naqllari bilan bolalarni tanishtirar, yozishga o’rgatar edilar.
Sharqning barcha gumanistlari Rudakiy, Firdavsiy, Abu Nasr Farobiy, Abu 
Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Nizomiy, Xofiz, Shayx Sa’diy, Umar Xayyom, 
Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy kishilarni ma’naviy go’zalligini, tengsizligini 
kuyladilar, insonparvarlik g’oyalarini olg’a surdilar.
Ular yashab o’tgan davr ijtimoiy va siyosiy ziddiyatlar avj olgan, tashki 
dushmanlar xukumi tez-tez takrorlanib turgan, ideologik hayotda sohta targ’ibot 


ildiz otgan, xalq erksiz kashshoq xolda yashagan, kitob va yozma manbaalar faqat 
qo’lda ko’chirib yozilgan davr edi.
Ana shunday-ziddiyatli zamonla yashab o’z maqsadi, hayotini olg’a surgan, 
vazifalarni bajarishga kirishgan allomalar fan, madaniyat, tarix, ilmiy bilimlar 
sohasida munosib o’rin egalladilar.
Mutafakkirlar mustaqil dunyoqarash, sabr-matonat bilan o’tmish avlodlar 
bilimlarini chuqur o’rganib, o’zlari ham mehnat qilib turli fanlarda yangi tushuncha 
va xulosalar chiqara oldilar. Insoniyat tarixi, madaniyat fani o’zaro aloqadorligida 
o’sib, rivojlanib, boyib borishini isbotladilar. Ayniqsa pedagogika, psixologiya, 
etika fanlarining mustaqilligiga keng yul ochdilar. Ta’lim-tarbiya, mulokat, odob-
ahloq, gumanizm, estetika tushunchalarini boyitdilar.
Sharq mutafakkirlari va allomalarning ijodiy meroslarida o’qituvchi-
tarbiyachi mahorati, ustoz-shogirdlik o’artlariga ham alohida o’rin berilgan.
Abu Nasr Farobiy X asr sharq falsafiy fikrlarining eng yirik 
namoyondalaridan bo’lib, hayot, inson haqidagi ta’limotni dastlab yaratuvchilardan 
biri sanaladi. O’rta asrning bir qancha ilmiy yutuklari, umuman Yaqin va O’rta 
Sharq mamlakatlarida taraqqiyoparvar ijtimoiy, falsafiy tafakkur taraqqiyoti uning 
nomi bilan bog’liq bo’lgan. Forobiy o’z zamonasi ilmini barcha sohasini mukammal 
egallagan. Uning asarlarida odam shaxsining eng yaxshi va oliyjanob xususiyatlari, 
kishilar hayotida adolat o’rnatilishi, yaxshilik, aqliy kamolatiga erishuvchi inson 
haqida falsafiy fikrlar ifoda etilgan. 
Abu Nasr Forobiy ustoz o’qituvchiga shunday talab qo’yadi: 
«Ustoz shogirdlariga katta zulm ham haddan tashqari ko’ngilchanglik ham 
qilmaslik lozim». 
Chunki ortiqcha zulm shogirdda ustozga nisbatan nafrat uyg’otadi-yu, ustoz 
juda ham yumshoq bo’lsa shogird uni mensimay qo’yadi va u beradigan bilimdan 
sovub ham qoladi. U o’quvchiga bolalarning fe’l atvoriga qarab tarbiya jarayonida 
«qattiq» yoki «yumshoq» usullardan foydalanishni maslahat beradi. Uning fikricha
1. Tarbiyalanuvchilar o’qish-o’rganishga moyillik bildirsalar, ularga ta’lim 
tarbiya jarayonida yumshoq usul qo’llaniladi. 
2. Tarbiyalanuvchilar 
o’zboshimcha itoatsiz bo’lsalar, kattiq usul 
(majburlov) qo’llaniladi. 
Abu Ali ibn Sino jahon madaniyatiga katta hissa ko’shgan mashhur 
entsiklopedist olim. Tabiatshunos, faylasuf, astranom, matematik musiqashunos, 
xuquqshunos, filolog, yozuvchi va shoir. Evropada Avitsienna nomi bilan mashhur 
bo’lgan Ibn Sino jahon fani taraqqiyoti tarixida muhim rol o’ynaydi.
Ibn Sinoning gumanistik ta’limida birinsi masala inson kamolatidir, insonni 
olamdagi mavjudodlardan yuqori qo’yishdir.
Abu Ali ibn Sinoning ijodiy faoliyati juda hilma-hil va rangbarangdir. Uning 
asarlarida falsafa, tarix filologiya, etika, pedagogika, psixologiya, she’riyat, tabobat, 
terapiya, xirurgiya, diagnostika, gigiena va tabiatshunoslik fanlarning har qaysisiga 
doir mustaqil fikrlar va xulosalar bor. Ibn Sino buyuk olim. U inson aqlining har 
tomonlama rivojlanishiga tabiat sirlari va haqiqatni bilish mumkinligiga qattiq 
ishongan. Isbotlab misollar keltirgan. U o’zining ilm-fan sohasidagi katta fazilatlari 
bilan jahon ma’rifati va madaniyatining namoyondasi sifatida tanildi.


Ibn Sinoning ta’lim va tarbiya sohalaridagi boy meros o’z davrida jaholatga 
qarshi kurashda juda katta progressiv ahamiyatga ega bo’ldi. Ulug’ zotning talay 
asarlaridagi g’oyalarini olimlarimiz, pedagoglarimiz hamon o’rganmoqdalar, amaliy 
hayotga tadbiq etmoqdalar.
Buyuk alloma Ibn Sino bolaga bilim berish o’qituvchining ma’suliyatli burcha 
ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha bolalar bilan muomolada bosiq va jiddiy 
bo’lish, berilayotgan bilimning bolalar qanday o’zlashtirib olayotganiga e’tibor 
berish kabilar muhimdir.
Ibn Sino haqiqiy olim bo’lganligi sababli tilga doir ko’pgina asarlarni yuzaga 
keltirdi. Abu Ali Ibn Sino fanning qaysi bir sohasiga qo’l urmasin, unga falsafiy tus 
berdi. Uning shoir va adib sifatida yozgan asarlari ham o’zining falsafiy jihatdan 
chuqur g’oyalari asosida sug’orilganligi bilan ko’zga tashlanib turadi.
XI asrda yashab o’tgan allomalardan biri Yusuf Xos Xojib ham o’z ijodida 
ilm ahillarini, ustozlarini ulug’laydi. «Qutadg’u bilig» asarida ilm ahli ulug’lanadi. 
Abu Rayhon Beruniyning qarashlari progressiv mazmun kasb etadi. 
Mutafakkirning gumanist qarashlarida rostguylik bilan adolat ximmaga ega bo’lgan 
sifatlardir. Olim xulqlarni yaxshi va yomon xulqlar deb 2 qutbga bo’lib ko’rsatadi. 
Uning fikricha yaxshi xulqlar-rostguylik, adolat, mardlik, botirlik, ximmat va shu 
kabilardir. Bu haqida u shunday deydi: hammaning tabiatida adolat bevosita sevimli 
va hamma uning yaxshiligiga qiziqadigan bo’lgani kabi rostguylik ham shunday, 
lekin rostguylikning shirinligini tatimagan yoki shirinligini bilsa ham, totishni 
istamaydigan kishi uni sevmaydi.
Umar Xayyom  o’zining jahonshumul ilmiy asarlari bilan emas, nozi r poetik 
asarlari-ruboilari bilan olamga mashhur bo’ldi. Shoir o’z ruboilarida olam sirlari 
haqida fikr britdi, zo’ravonlikni, jaholatni, riyokorlikni fosh etdi, shaxs erkinligini 
kuyladi. Umar Xayyom insonni ulug’ladi, dunyodagi eng oliy mavjudot sifatida 
qo’lladi.
Umar Xayyom dunuoqarashida inson va uning xayotiy muammolari, inson 
hayoti bilan bog’liq bo’lgan tashvishlar, gumanizm masalalari markaziy o’rin 
egalladi.
Umar Xayyom kishilarni ahillik va do’stlikka, ittifoqlikka chaqiradi, har 
qanday mushkul ishni hal qilishda ittifoqlik, do’stlik juda katta kuch ekanini qayta-
qayta ta’kidlaydi.
Sharq mumtoz madaniyatining butun dunyoga mashhur namayondalaridan 
biri Sa’diy Sheroziy ta’lim-tarbiyada muallimning talabchanligi bilim va tarbiya 
berishda qattiqqullik bo’lishining tarafdori bo’lgan.
«Guliston» da ustoz shogird munosabtiga oid hikoyat keltiriladi. «Bir odam 
kurash san’atida zo’r mahorat qozondi, u 300 xiylani bilar va har kuni bir hiylani 
ishlait kurashar edi. Shogirdlaridan biriga 299 hiylani o’rgatdi. Ammo bir hiylani 
o’rgatmadi. Ustozning hurmatini bilmagan shogird ustozdan ham ustunligini aytib 
maqtanadi. Bu so’z podshoga yoqmaydi. Ular kurash tushmoqlarini buyuradi. Ustoz 
oxirgi hiylasini ishlatib shogirdini engadi. Ustoz hurmatini bilmagan shogird esa 
xaloyiq va podshohning nafratiga uchraydi».
Muallim ustozga nisbatan hurmatda bo’lishining ifodasi shuki, shogird 
muallimdan oldin yurmaslik uning o’rniga borib o’tirmalik lozim. Mashg’ulotlar 


davomida o’quvchilar muallimdan uzoq bo’lmasinlar, ular orasi o’q-yoy oralig’ida 
bo’lsin, mana shunda ilmga intiluvchilarni o’z ustozlariga hurmati ma’lum bo’ladi.
Sohibqiron Amir Temur ham o’z hukumronligi davrida ilm ahllari, 
muallimlarga hurmat bilan qaraydi. Kishilarga mansab berishda ham ularning 
ilmlarini hisobga oladi. Jamiyatning rivojida ularning o’rni muhim deb biladi. 
Ko’plab madrasalar ochadi, ularga muallim va muddarislar tayin etadi. O’zining 
ustozlarini ham juda qadralaydi.
Alisher Navoiy o’zbek xalqining ulkan shoiri va mutafakkiri, ulug’ olim va 
davlat arbobi, jahon adabiyotining siymolaridan biri. Shoir butun hayoti va 
faoliyatida insonning baxt-saodati uchun kurashgan. Navoiy o’zining hamma 
asarlarida insonning er yuzidagi haqiqiy inson degan nomini yuqori darajaga 
qo’yadi, inson huquqi bilan yashashni, inson shaxsining ozodligini yoqlaydi.
Alisher Navoiy ijodida ham ustoz masalalariga keng o’rin beriladi. U 
yoshlarga chuqur bilim berish uchun muallimlar, muddarislar hamda ustoz 
murabbiylarning o’zlari ham bilimli va tarbiyali bo’lishi zarurligini uqtiradi. U 
nodon mutassib johil domlalarni tanqid etadi va o’qituvchi ma’lumoti o’qitish 
yullarini biladigan muallim bo’lishi zarur deydi. Masalan: «Maxbub ul qulub» 
asarida maktabdorlar haqida fikr britar ekan, ularni o’ta qattiqqo’l johil va 
ta’magirliklarini qoralaydi. Daraxaqiqat johil muallimlar gunohsiz yosh bolalarga 
jafo qiluvchidir. U yosh bolalarning azoblashga, kaltaklashga o’rgangan. G’azabli, 
qoshi chimirilgan, gunohsizlar bilan achchiqlanishga odatlangan. 
Xusayn Voiz Koshifiy o’z asarlarida usto-shogird munosabatlariga keng 
to’xtaladi: «Agar shogirdlikning binosi nimani ustiga quriladi deb surasalar iroda 
ustiga deb javob bergin. Agar iroda nima deb surasalar samo’ va totatdir deb aytgin. 
Agar samo’ va toat nima deb surasalar nimani ustoz aytsa uni jon qulog’i bilan 
eshitish, chini bilan qabul qilish va vujud a’zolari orqali amalda ado etishidir deb 
ayt». U shogirdlikning 8 ta odobini ko’rsatadi: 
1. Birinchi bo’lib salom berish. 
2. Ustozning oldida oz gapirish. 
3. Boshni oldinga egib turish. 
4. Ko’zni har tomonga yugurtirmaslik. 
5. Gap so’ramoqchi bo’lsa oldin ustozdan ijozat olish. 
6. Ustoz javobiga e’tiroz bildirmaslik. 
7. Ustoz oldida boshqalarni g’iybat qilmaslik. 
8. O’tirib turishda hurmat saqlash. 
Koshifiy ustozlik shartlarini ham ko’rsatadi. «Bilgilkim hech bir ish ustozsiz 
amalga oshmagay va kimki ustozsiz bir ishni qilur ersa ul ishni asosi mustahkam 
bo’lmaygay». 
Mashhur allomaning fikrlaridan shu narsa ko’rinib turibdiki, o’qituvchilik er 
yuzidagi har qanday kasbdan ko’ra yuqoriroq turadigan juda fahrli kasb deb 
hisoblangan va unga juda katta ahamiyat berilgan. Shunday ekan bugungi kunda 
ham o’qituvchiga hurmat bilan qarash lozimligini talab qilinadi. Albatta bunda 
o’qituvchining o’zi ham jamiyatda qanday muhim vazifani bajarayotganligini 
tushunib olishi va o’z qadr qimmatini yaxshi bilib ishlashi zarur. O’qituvchi sof


vijdonligi, ishchan, sabotli, o’quvchilarga o’zi singdirish lozim bo’lgan fazilatlarga 
jonli namunasi, keng ma’lumotli va mehnatsevar kishi bo’lishi lozim. U o’z ishini 
behad sevishi, o’quvchilarga ba’misli otalardek muomala qilishi, ularda bilimga 
havas tug’dirishi zarur. O’zi namuna ko’rsatib o’quvchilarni o’ziga ergashtirish 
o’qituvchining eng birinchi vazifasidir. 
O‘qituvchilarning kasbiy mahoratlarini takomillashtirish to‘g‘risidagi 
muammolar Yevropa olimlari Ya.A.Komenskiy, Djon Lokk, G.Pestalotssi, 
A.Disterverg, K.D.Ushinskiy kabilarning asarlarida o‘z ifodasini topgan. 
Jumladan, chex olimi, mashhur pedagog Ya. A. Komenskiy o‘qituvchining eng 
muhim xususiyatlari qatoriga bolalarni sevishi, yuksak axloqi, bilimdonligi, 
iqtidori, qobiliyati kabilarni kiritadi va ularning mohiyatini mukammal tavsiflab 
beradi. 
Yan Amos Komenskiy o‘z davrida o‘qituvchilarning bola dunyoqarashini 
rivojlantirishdagi roliga yuqori baho berib, o‘qituvchilik «yer yuzidagi har qanday 
kasbdan ko‘ra yuqoriroq turadigan juda faxrli kasb» ekanligini ta’kidlaydi. 
Muallifning fikricha, o‘qituvchi o‘z burchlarini chuqur anglay olishi hamda o‘z 
qadr-qimmatini to‘la baholay bilishi zarur. Ya.A. Komenskiy o‘qituvchi obrazini 
tasvirlar ekan, uning shaxsida quyidagi fazilatlar namoyon bo‘lishi maqsadga 
muvofiqligini ta’kidlaydi: vijdonli, ishchan, sabotli, axloqli, o‘z ishini sevuvchi, 
o‘quvchilarga mehr bilan muomala qiluvchi, ularda bilimga havas uyg‘otuvchi, 
o‘quvchilarni o‘z ortidan ergashtiruvchi va diniy e’tiqodni shakllantiruvchi. 
I.G.Pestalotssi o‘qituvchining kasbiy sifatlariga baho berish bilan birga, 
asosan uning xalq ta’limi tarmog‘ini takomillashtirishdagi roli hamda fan asoslarini 
egallashdagi ahamiyati va vazifalariga to‘xtalib o‘tadi.
A. Disterverg o‘qituvchining ta’limdagi roliga yuqori baho berib, u o‘z 
faoliyatini chuqur bilib, pedagogik mahoratini oshirib borishi o‘quvchilarni qalbdan 
yoqtirishi natijasida yuzaga keladi deb uqtiradi. O‘qituvchi bolalarning individual 
xususiyatlarini, qobiliyatini, faoliyatini mukammal bilishi uchun muayyan 
darajada psixologik bilimlarga ham ega bo‘lishi kerakligini takidlab o‘tgan. 
Pedagog olim Djon Lokk o‘qituvchi psixologiyasining eng mu him 
jihatlarini ishlab chiqqan. Ular orasiga mo‘’tadillik, g‘ayrat-shijoatlilik, 
ehtiyotkorlik kabi hislatlarni kiritib, o‘qituvchining pedagogik faoliyatidagi 
rolini asarlarida yoritib bergan. 
A.I.Gersen, L.N.Tolctoy, I.G.Chernishevskiy, K. D.Ushinskiy kabi rus 
pedagog olimlari g‘arb mutafakkirlari g‘oyalarining voris lari sifatida mazkur 
muammolarga 
o‘z 
mulohazalarini 
bildirganlar. 
Jumladan, 
A.I.Gersen 
mulohazalariga ko‘ra, o‘qituvchining asosiy hislati – bu uning bolalar bilan 
munosabatda bo‘layotganligini sezishda, bolalar ruhiy dunyosini tushuna olishida, 


axloqiy qobiliyatining mavjudligida, chunki u shunday iste’dodga ega bo‘lmog‘i 
zarurki, unga har qaysi o‘qituvchi erisha olmaydi. 
Taniqli rus pedagogi K.D.Ushinskiy ta’lim-tarbiya jarayonida o‘qituv-
chining roli va shaxsiga yuqori baho berib, o‘qituvchi kasbiga oid ilmiy 
mulohazalarida hech bir Qonun yoki Programma, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi 
metod yoki tamoyillar o‘qituvchi shaxsining pedagogik faoliyatdagi mahorati 
o‘rnini bosa olmaydi deb hisoblaydi.
K.D.Ushinskiy o‘qituvchi ma’naviyati va kasbiy faoliyatiga yuqori baho 
beradi hamda ularning kasbiy malakalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish 
maqsadga muvofiq ekanligi to‘g‘risidagi g‘oyani ilgari suradi. Mazkur g‘oyaning 
ijtimoiy ahamiyatini tasdiqlovchi tizim – o‘qituvchilarni qayta tayyorlovchi kurslar 
tizimini tashkil etishni u ilk bor asoslab bergan. 
K.D.Ushinskiy o‘qituvchining mashaqqatli mehnatini ta’riflab shunday 
deydi: “Hali yetilmagan va fikri xayoli tarqoq bo‘lgan o‘ttiz yoki qirqta 
o‘quvchining ongini butun dars davomida mashg‘ul qilib turish uchun o‘qituvchi o‘z 
so‘zlari va bergan masalalari to‘g‘risida ko‘p bosh qotirishi, serdiqqat bo‘lishi kerak. 
Mana shu sababdan bilimi bo‘lgan har bir kishi o‘qituvchi bo‘lishga layoqatli 
bo‘lavermaydi. Jamiyat tomonidan hamma vaqt ham etarlicha ta’rif qilinmaydigan 
bu vazifani insof bilan ado qilmoq uchun zo‘r matonat va mahorat talab qilinadi”. 
K.D.Ushinskiyning ta’kidlashicha, o‘qituvchi qalbining bolalarga nisbatan 
mehrini bildiruvchi axloqiy hislatlaridan biri, muallimning tarbiyaviy kuchini va 
qobiliyatini ko‘rsatadigan ma’naviy oyinasi ijtimoiy qimmatga ega bo‘lib, barkamol 
shaxsni tarbiyalab voyaga etkazishda namoyon bo‘ladi. Pedagogik faoliyatning yana 
bir muhim tarkibiy qismi
o‘qituvchining xapakteri va his-tuyg‘ularida, uning 
o‘quvchilar bilan muloqotga kirishish usulida namoyon bo‘luvchi pedagogik-
psixologik takt (odob, axloq) xususiyatlarini qo‘llashdir. Uning fik richa 
psixologik takt (odob, axloq) hayotimizning barcha jabhalarida g‘oyatda keng 
qo‘llaniladigan faoliyat turi, shuning uchun ushbu taktlarga ega bo‘lmasdan, 
odamlar orasida hech qanday muloqot va nutq qobiliyatining o‘zi ham bo‘lishi mumkin 
emas, deb ta’kidlaydi. 
«Aqlli, fikran boy, bag‘ri keng insonchalik hech narsa yoshlarni 
qiziqtirmaydi, o‘zining ortidan ergashtira olmaydi ham..., aql – aql bilan 
tarbiyalanadi, vijdon – vijdon bilan, vatanga sadoqatlilik – bevosita vatan uchun 
xizmat qilish bilan..., – deb ta’kidlagan edi mashhur rus pedagogi 
V.A.Suxomlinskiy. – O‘qituvchi o‘zining butun borlig‘i, kundalik hayoti, 
ma’naviy madaniyati bilan hamkasblari va o‘quvchilarga o‘rnak bo‘ladi va ularni 
o‘z ortidan ergashtiradi». 
O‘qituvchida pedagogik mahoratni shakllantirishning ilmiy – nazariy asoslari 
pedagog olim V.A. Slastyonin tomonidan ham tadqiq qilingan. U kasbiy – pedagogik 


tayyorgarlik, o‘qituvchining shaxsi va kasbiy shakllanish yo‘nalishi va bunda 
pedagogik mahorat to‘g‘risida so‘z yuritib, shunday yozadi: “O‘qituvchi muntazam 
ravishda pedagogik nazariyalarga tayansagina, o‘qituvchilik mahoratini egallaydi. 
Chunki, pedagogik amaliyot doimiy ravishda pedagogik nazariyaga murojaat 
qilishni taqozo etadi. Birinchidan, ilmiy nazariyalar – taraqqiyotning umumiy 
qonuniyatlari, tamoyillari, qoidalarini aks ettiruvchi ilmiy bilimlardir, amaliyot 
bo‘lsa, doimo aniq vaziyatga asoslanadi. Ikkinchidan, pedagogik faoliyat – falsafa, 
pedagogika, psixologiyaga oid bilimlar sinteziga asoslanuvchi yaxlit jarayondir. Bu 
bilimlar sintezisiz pedagogik amaliyotni maqsadli qurish juda mushkul”. Demak, 
o‘qituvchidan nafaqat pedagogik mahoratni mukammal egallash talab etiladi, balki, 
pedagogik amaliyotni to‘g‘ri va maqsadli tashkil qilish uchun chuqur ilmiy – nazariy 
ma’lumotlarga ham ega bo‘lish lozim.
Buyuk rus adibi L.N.Tolstoy o‘qituvchi fazilatining mukammalligini o‘z 
mutaxassisligiga nisbatan ijobiy munosabatda bo‘lishi bilan bir vaqtda 
bolalarga bo‘lgan munosabatida, ularni xuddi o‘z farzandlaridek jon-dilidan 
sevishida ekanligida ko‘rgan. Uning ta’kidlashicha, “agar o‘qituvchi faqat 
ishiga havas qo‘ygan bo‘lsa, u yaxshi o‘qituvchi bo‘ladi. Agar o‘qituvchi bolaga 
faqat otasi va onasi kabi havas qo‘ygan bo‘lsa, u oldingi o‘qituvchidan 
yaxshiroq bo‘ladi. Bordiyu, ikkala hislatni ham o‘zida mujassamlashtirsa, u 
holda u mukammal va mahoratli o‘qituvchi bo‘la oladi”. 
Ma’lumki, pedagogik mahorat tizimida o‘qituvchining pedagogik nazokati 
(odobi) muhim mavqega ega. O‘qituvchi nazokatsiz, kasb odobisiz yuksak 
cho‘qqilar sari odimlay olmaydi. Masalaga shu nuqtai – nazardan yondashilganda, 
muallifning so‘zlari, o‘qituvchi pedagogik mahoratiga qo‘yilgan talablarga mos va 
hamohangdir.
Taniqli rus pedagogi A.S.Makarenko o‘z asarlarida o‘qituvchining kasbiy 
fazilati to‘g‘risida quyidagi fikrlarini bayon qilgan: “Pedagog darsda ma’lum bir 
o‘ziga xos rolni o‘ynamasligi mumkin emas. Sinf sahnasida rol o‘ynashni 
bilmaydigan o‘qituvchi kasbiy faoliyat olib borolmaydi. U ma’lum ma’noda aktyor. 
Bizning xulq-atvorimiz, fe’limiz, xarakterimiz biz uchun pedagogik qurol bo‘lishi 
ham aslo mumkin emas. Bolalarni qalb va ko‘ngil azoblari bilan, hijronli his-
tuyg‘ularimiz yordamida tarbiyalashga umuman yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Axir biz 
insonmiz. Har qanday boshqa kasb egalarida ko‘ngil zahmatisiz ish bitirish mumkin 
bo‘lsa, pedagog ham ko‘ngil azobisiz faoliyat olib borishi lozim bo‘ladi. O‘quvchiga 
ba’zan muloqotda ko‘ngil azobini namoyish etishga to‘g‘ri keladi. Buning uchun 
pedagog sahnadagi aktyordek ijobiy rol o‘ynashni ham bilishi kerak. Tasodifiy 
pedagogik vaziyatlarda o‘qituvchi g‘azablanganda, quvonganda, xafa bo‘lganida, 
tushkun bir ahvolga tushganida ichki his-tuyg‘ularini bir holatdan boshqa holatga, 


bir shakldan boshqa shaklga aktyorlarga xos iqtidor bilan o‘tkazishni ham bilishi 
kerak. 
Biroq shunchaki tashqi, sahnaviy rol o‘ynash yaramaydi. Bu o‘yinda 
pedagogning ajoyib shaxsiy mahorati bilan bog‘laydigan qandaydir kamar bor, bu 
sizning go‘zal xulqingizni namoyish etib bog‘lovchi rolingiz. Bu sahnadagi o‘yin o‘lik 
bir holat yoki texnika emas, balki qalbingizdagi yashirin his-tuyg‘ularingizni, 
mehringizni namoyon etuvchi haqiqiy jarayondir”.
Pedagog olim o‘qituvchining hech bir kasbga o‘xshamaydigan kasbiy 
faoliyatini yuksak baholab, “Tarbiyachi tashkil etishni, yurishni, hazillashishni, 
quvnoq yoki jahldor bo‘lishni bilishi lozim, u o‘zini shunday tutishi kerakki, uning 
har bir harakati, yurish-turishi, kiyinishi bolalarni tarbiyalasin” – deb yozgan edi.
Shunday qilib, evropa mutafakkirlari o‘z ilmiy asarlarida o‘qituvchining bir 
qator muhim fazilatlari haqida fikr yuritganlar. Bularning qatoriga quyidagi 
fikrlarni alohida qayd etish lozim: o‘qituvchining har tomonlama barkamol 
bo‘lishi, o‘zining yuksak hislatlari va his-tuyg‘ulari bilan boshqa kasbdagi 
kishilardan ajralib turishi, bolalar ruhiyatiga oson kira olish kobiliyati, 
darslarni o‘zlashtirishda orqada qolganlar bilan individual ishlar olib borish, 
o‘quvchilar diqqatini o‘ziga qaratish mahorati, mustaqil ishlash va o‘z mahoratini, 
malakasini oshirish, pedagogik-psixologik odob (takt)ga ega bo‘lish, notiqlik 
san’atini puxta bilish kabilardir. Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, Sharq va G‘arb 
mutafakkirlari tomonidan tahlil qilingan o‘qituvchi kasbi haqidagi ko‘pgina 
mulohazalar hozirgi kungacha o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda, demak millati va 
kelib chiqishidan qat’iy nazar ajdodlar merosini takomillashtirish evaziga hozirgi 
kunda ta’lim va tarbiyani yanada yuksak bosqichlarga ko‘tarish mumkin. 
Bu savollarga javob esa bitta bo’ladi – O’qituvchi 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin