Sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan investorlar
- Osiyo taraqqiyot banki – bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” jamiyati 1998-yildan “O‘zbekiston temir yo‘llarini qayta ta’mirlash” loyihasi orqali hamkorlik qilishni boshlagan. Bugungi kungacha Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi bir nechta loyihalar muvaffaqiyatli yakunlagan.
Hozirgi paytda Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi “Pop-Namangan-Andijon temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
- Xitoy Eksimbanki – bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” jamiyati 2010 yildan “Elektrovozlar xarid qilish” loyihasi orqali hamkorlik qilishni boshlagan. Bugungi kungacha Xitoy Eksimbanki ishtirokidagi bir nechta loyihalar muvaffaqiyatli yakunlagan.
Hozirgi paytda Xitoy Eksimbanki ishtirokidagi “Toshkent shahrida yer usti xalqa metropolitenini qurish” va “Sharg‘unko‘mir” AJni modernizatsiya qilish” loyihalari amalga oshirilmoqda.
- Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (Jahon banki) – ishtirokidagi “Elektrlashtirilgan Angren-Pop temir yo‘lining qurilishi hamda Pop-Qo‘qon-Andijon temir yo‘l uchastkasini elektrlashtirish” loyihasi amalga oshirilmoqda.
- “Selena” MCHJ bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” jamiyati 2018 yildan “Yuqori sifatli likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish” loyihasi orqali hamkorlik qilishni boshlagan. Ushbu loyiha “Selena” MCHJ to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el mablag‘lari ishtirokidagi amalga oshiriladi .
- “Ural tog‘-metalurgiya kombinati” (UGMK) bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” jamiyati 2018 yildan “Yuqori sifatli likyor-aroq mahsulotlarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish” loyihasi orqali hamkorlik qilishni boshlagan. Ushbu loyiha “UGMK” Xolding to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el mablag‘lari ishtirokidagi amalga oshiriladi .
Dostları ilə paylaş: |