«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/19
tarix19.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#132700
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani

Birinchidan, tadbirkorlikni rivojlanishida tadbirkorlik mehnat unumdorligi 
bog‘liqlik omillaridan, yildan yilga ijobiy natijalarga erishish, ishlab chiqarish 
uzluksizligi yoki davomiyligini saqlash, kabi ko‘rsatkichlarga e‘tibor berilishi 
zarur. Ikkinchi omil ko‘proq kichik biznes sub‘ektlariga taaluqlidir. CHunki 
amaliyotda bunday tadbirkorlik sub‘ektlarining yangi tashkil etilishi va faoliyatini 
to‘xtatishi ko‘p uchraydi. Ikkinchidan, tadbirkorlikning o‘ziga xos xususiyatidan 
kelib chiqib tadbirkorning boy ma‘naviy qiyofaga ega bo‘lishini, bilim–malakasini 
oshirishni o‘z faoliyatiga yangicha qarashi va ishini oqilona tashkil etishini zaruriy 
maqsadga aylantirish.  
Uchinchidan, har bir tadbirkor o‘z faoliyatini samarali 
tashkil etishda mehnat bozorining talabi asosida innovatorlik, va bunyodkorlik kabi 
xususiyatlarga ega bo‘lishini ta‘minlash. To‟rtinchidan, tadbirkorlik faoliyatini 
istiqbolda rivojlantirishda ularga nisbatan rag‘batlantirishni amalga oshirishda 
tadbirkorni mahsulot (ish, xizmat) sifatining va xajmini yaxshilanishi va ilg‘or 
texnika va texnologiyadan foydalanish darajasini oshirishi ko‘rsatkichlariga 
e‘tibor qaratish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari tadbirkorlarning aholining 
ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilashda, aholi bandligini oshirishda yangi ish 
o‘rinlari barpo etishning samarali yo‘llarini qo‘llaganligini qo‘llab quvvatlash 
lozim.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda tadbirkorlikni yaqin istiqbolda moddiy-
texnik ta‘minoti bo‘yicha kelgusidagi amalga oshiriladigan ishlar quyidagilardan 
iborat bo‘lishi lozim: 
- birja, auktsion va yarmarkalar savdo doirasini kengaytirish; 
- zamonaviy texnika va texnologiyalar lizingini kengaytirish. 
Bunga erishish uchun quyidagi tadbirlar amalga oshirish nazarda tutiladi: 
- respublikada ishlab chiqarilayotgan mini uskunalar, texnologiyalar 
katologini tuzish; 


62 
- viloyat misolida xom-ashyo, moddiy-texnika, mehnat va boshqa 
resurslarning 
mavjudligi 
to‘g‘risidagi 
ma‘lumotlar 
bazasini 
takomillashtirish; 
- har bir tadbirkorlik sub‘ektlarining xom-ashyo va ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini hisobga olgan holda ehtiyojini shakllantirish tizimini 
takomillashtirish; 
- mamlakatda oziq-ovqat, chakana va ulgurji savdo yarmarkalarining keng 
ko‘lamda faoliyat ko‘rsatishini ta‘minlash. 
Buning uchun, albatta, tadbirkorlarni axborot-maslahat markazlari bilan 
ta‘minlash orqali qo‘llab-quvvatlash zarur 
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki tadbirkorlik faoliyatini o‘sishi bilan 
mamlakat iqtisodiyotini tayanch tarmoqlarini rivojlantirish vazifasini bevosita hal 
qilishga erishladi va tadbirkorlik aholi bandligini ta‘minlaydigan va uning asosiy 
daromad manbai bo‘lgan muhim bo‘g‘inga aylanadi. Iqtisodiyotni izchil 
rivojlantirishning eng muhim omili o‘lgan tadbirkorlik, jamiyatimiz ijtimoiy va 
siyosiy barqarorligining kafolati, mamlakatimizni taraqqiyot yo‘lidan olg‘a 
yetaklaydigan faol harakatlanuvchi kuchi sifatida amal qiladi. 
Namangan viloyatida tadbirkorlikni istiqbolda rivojlantirish bo‘yicha 
belgilangan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda quyidagi holatlarni hisobga 
olish maqsadga muvofiqdir: 
- viloyatda tadbirkorlikni rivojlantirishning hududiy dasturini mintaqa 
xususiyatiga mos ravishda ishlab chiqish; 
- hududiy-sohaviy xususiyatiga ko‘ra ishlab chiqarish tizimini tashkil etish; 
- ma‘muriyatchilikni keskin cheklash; 
- yirik korxonalar bilan kichik korxonalar integratsiyasiga erishish; 
- korxonalarning ishlab chiqarish guruhlarini ya‘ni klasterlarni tashkil etish; 
- tadbirkorlikda innovatsion faollikni oshirish va takomillashtirish orqali sifat 
ko‘rsatkichiga erishish. 


63 
Xulosa 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-
sonli ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida‖gi 
Farmoniga
12
muvofiq qabul qilingan 2017 — 2021 
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha HARAKATLAR STRATEGIYasini «Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish 
va liberallashtirish» deb nomlangan uchinchi yo‘nalishi 3.4.-bandida Iqtisodiyotda 
davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning 
ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
rivojini rag‘batlantirishga qaratilgan institutsional va tarkibiy islohotlarni davom 
ettirish belgilab qo‘yilgan. Buning uchun xususiy mulk huquqi va kafolatlarini 
ishonchli himoya qilishni ta‘minlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji 
yo‘lidagi barcha to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, unga to‘liq erkinlik berish, 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay 
ishbilarmonlik muhitini yaratish, investitsiya muhitini takomillashtirish, mamlakat 
iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy 
investitsiyalarni faol jalb qilish, tadbirkorlik sub‘ektlarining muhandislik 
tarmoqlariga ulanishi bo‘yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va 
soddalashtirish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan. Shuningdek, mazkur uchinchi 
yo‘nalishadа viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal 
foydalanish ko‘rsatib o‘tilgan. 
Mamlakatimiz tomonidan amalga oshirish lozim bo‘lgan mazkur vazifalar 
hamda o‘rganishlardan kelib chiqib mintaqalar tadirkorlik muxitlarini yaxshilash 
va tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish bo‘yicha yangicha yondashuvlarni 
amalga oshirish lozim. 
Viloyatda hudud iqtisodiyotini mustahkamlanishi, mavjud ichki salohiyatdan 
foydalanish imkoniyatlarini kuchaytirish, hudud aholisi daromad darajasini 
12
http://lex.uz/pages/getpage.aspx?lact_id=3107036 


64 
oshirish va shu orqali aholining turmush darajasini ko‘tarishga oid amaliy 
tadbirlarni rivojlantirishda tadbirkorlik faoliyati asosiy omil sanaladi. 
O‘rganishlar shuni ko‘rsatdiki aholining ish bilan bandlik darajasini 
oshirishda, mintaqa mahalliy bozorini ichki resurslar hisobiga to‘yintirish hamda 
hududning eksport salohiyatini oshirishda tadbirkorlik asosiy o‘rin tutuadi.
Albatta, bu boradagi asosiy mas‘ulyat yirik ishlab chiqarish tuzilmalari 
hissasini va ahamiyatini inkor qilmagan holda ko‘p jihatdan kichik va xususiy 
tadbirkorlik zimmasiga tushayotganligini alohida ta‘kidlab o‘tish joiz. 
Ayniqsa bu borada Namangan viloyati singari iqtisodiyotida qishloq 
xo‘jaligi sezilarli darajada ustunlikka ega bo‘lgan hududiy birliklar rivojlanishida 
kichik va xususiy tadbirkorlik muhim mavqega ega sanaladi.
SHu nuqtai nazardan Namangan viloyatida kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirish doimo diqqat e‘tiborda bo‘lmog‘i maqsadga muvofiq.


65 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin