«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani


-rasm  Faoliyat ko‟rsatayotgan oilaviy korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/19
tarix19.06.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#132700
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
«Himoyaga ruxsat etildi» Tabiiy fanlar fakulteti dekani

7-rasm 
Faoliyat ko‟rsatayotgan oilaviy korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari 
bo‟yicha ulushi, foizda 
 
Manba: Namangan viloyati statistika boshqarmasi ma‟lumotlari 
Tadbirkorlik 
faoliyatini 
rivojdanishi 
hamda 
tadbirkorlik 
muxiti 
imkoniyatlarini o‘rganish natijasida quyidagi xulosalarni chiqarish mumkin:
birinchidan, mintaqada tadbirkorlikni rivojlanishi viloyat iqtisodiy salohiyatini 
yanada oshirishda muhim omil hisoblanadi; ikkinchidan, tadbirkorlikni 
rivojlanishi demokratik bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirish va mulkdorlik 
hissini oshishiga yordam beradi; uchinchidan, bu sohani rivojlantirish milliy urf-
odatlarimizning saqlanishi va rivojlanishiga xizmat qiladi; to‟rtinchidan
tadbirkorlik mintaqa aholisining qadimiy a‘analari va milliy hunarmandchiligini 
dunyoga tarqalishiga hizmat qiladi va turizm rivojlanishi imkoniyatini beradi; 
beshinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik viloyatda aholi bandligini 
ta‘minlash va farovonligini yuksaltirishga katta turtki beradi; oltinchidan, 
mahallalarda oilaviy biznes va xususiy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishga 


57 
ko‘maklashish va rivojlantirish turli jinoyatchilikni kamayishiga sabab bo‘lishi 
mumkin va h.k. 
2.3. Istiqbolda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‟nalishlari 
Tadbirkorlik faoliyati va muxitini rivojantirishdagi mavjud muammolarni 
yechimini topish istiqbollashtirilayotgan ishlar ijrosini ta‘minlash, ushbu sohada 
tadbirkorlik faolligini oshirishning yo‘nalishlarini aniqlash va ular bo‘yicha chora 
tadbirlarni belgilashni talab etadi. 
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2015 yil 26 
noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari 
sessiyasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasi iqtisodiyotimizning hal 
qiluvchi tarmoqlaridan biriga aylanib borayotgani, uning Namangan viloyatida 
izchil rivojlanayotganini alohida e‘tirof etib, hozirgi kunda yalpi hududiy mahsulot 
tarkibida bu sohaning ulushi 80 foizni tashkil etganligini, ish bilan band aholining 
82 foizdan ziyodi ushbu sektorda mehnat qilayotganligini ta‘kidladilar. SHu bilan 
birga, bu sohada ayrim muammolar borligi ham qayd etilib, ―… viloyatda 
ro‘yxatga olingan 14 ming 765 ta kichik biznes sub‘ektining 2 mingdan ortig‘i 
faoliyat ko‘rsatmayapti. Kichik biznes sub‘ektlari o‘z ishini tashkil etishi uchun 
ularga 
binolar, 
yer 
uchastkalari 
ajratish, 
muhandislik-kommunikatsiya 
tarmoqlariga ulanish masalalarida hali-beri to‘siq va g‘ovlar uchrab turibdi‖
10
deb 
e‘tirof etdi.
Qo‘yilayotgan talab va extiyojlardan kelib chiqib, tadbirkorlik faolligini 
oshirish uchun quyidagi umumiy sharoitlar ta‘minlashi zarur: 
- milliy iqtisodiyotda makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlash negizida uni 
barqaror rivojlanishini ta‘minlash; 
- iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllanishi ta‘miinlash; 
- Tadbirkorlikni davlat tomonidan qullab – quvvatlash tizimini amalga oshrish 
orqali, uning mexanizmlarini takomillashtirish asosida rivojlantirib borish; 
10
Karimov I.A. 2015yil 26 noyabr kuni xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining navbatdan tashqari 
sessiyasida so‘zlagan nutqi. ―O‘zbekiston ovozi‖ gazetasi. 2015 yil 28 noyabr.


58 
- Tadbirkorlik muxitini shakllantirishga xizmat ko‘rsatuvchi infrtuzulmalarni 
samarali harakat qilishini ta‘minlash. 
Shuningdek Namangan viloyatia tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish hamda 
ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlariga quyidagilarni 
ko‘rsatish mumkin: 
- Tadbirkorlik muxitini shakllantirishning huquqiy-meyoriy va tashkiliy 
asoslarini iqtisodiyotda turli omillar ta‘sirida ruy berayotgan o‘zgarishlarga 
mos ravishda uzluksiz takomillashtirib borish; 
- davlat tomonidan tadbirkorlikni qo‘llab quvvatlash mexanizmlarini 
samaradorligini oshirish, bu borada xorijiy mamlakatlar tajribasidagi yangi 
mexanizmlarni mavjud sharoitlarga moslashtirgan holda amaliyotga 
qo‘llash; 
- Tadbirkorlik faoliyatini innovatsiya negizida rivojlanishini ta‘minlash 
borasida chora – tadbirlarni ishlab chiqish; 
- Tadbirkorlik faoliyati sust bo‘lgan tumanlarda soxani moliyaviy jihatdan 
ta‘minlashning mavjud mexanizmlarini samaradorligini oshirish va 
moliyalashtirishtirishning yangi manbalarini harakatga keltirish negizida 
qulay investitsiya muhitini yaratish; 
- Tadbirkorlik sub‘ektlari uchun tashqi iqtisodiy faoliyat mexanizmlarini 
takomillashtirish va imtiyozlar joriy etish; 
- Viloyatdagi ta‘lim muassaslarida tadbirkorlik saohasi uchun malakali 
raqaobatbardosh kadrlarni tayyorlash tizimini yanada rivojlantirish; 
- Tadbirkorlik sohasida kooperatsiyani chuqurlashtirish va tumanlar doirasida 
klasterlarni shakllantirish. 
Tadbirkorlik yo‘nalishlarda olib boriladigan chora tadbirlarni ishlab 
chiqishda kichik biznesni rivojlantirish borasida xorijiy tajribani o‘rganish va uni 
mamalkatimiz 
sharoitlariga 
tatbiq 
etish 
muhimdir. 
Xususan, 
statistik 
ma‘lumotlarga ko‘ra Italiyada yalpi ichki mahsulotning yillik o‘sishi 3-5 foizni 
tashkil etadi va ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari bo‘yicha AQSH, Yaponiya, 
Germaniya va Frantsiyadan keyin 5-o‘rini egallaydi. Bu davlatda kichik biznesning 


59 
o‘ziga xos xususiyati shundaki, yirik firmalarda ishlash bilan birga o‘rindoshlik 
bo‘yicha kichik va hunramandlik korxonalarida ham mehnat qilish uchun keng 
imkoniyatlar yaratilgan. SHuningdek ishlab chiqarish tuzilmasining eng muhim 
tarkibiy qismlaridan biri kooperativ (shirkat) sektoridir. Korperatsiya shakli 
mamlakat tashqarisida «sanoatlashtirishning italьyan modeli»dir. Bunday sanoat 
okruglarining samaradorligi shundaki, ular mahalliy imkoniyatlardan samarali 
foydalana oladilar. Buning natijasida korxonalar bir qancha imkoniyatlarga ega 
bo‘ladi, jumladan: 
 korxonalararo munosabatlar moslashuvchanligi yuzaga keladi; 
 korxonalarga tashkilot, uyushmalar va institutlar tomonidan ko‘rsatiladigan 
xizmatlarga oid ma‘lumotlar olish imkonini beradigan aniq axborot tizimi yuzaga
keladi; 
 milliy mahsulotni tashqi bozorlarga olib chiqishda kichik korxonalar 
yetakchi mavqega ega bo‘ladi; 
 tarmoq usulida tashkil etilgan kichik ishlab chiqarish kooperativlarida 
bandlik yuqori darajada bo‘ladi. 
Iqtisodchi olimlar tadqiqotlariga ko‘ra Italiya iqtisodiyotida turli sohalarda 
faoliyat yurituvchi korxonalarni texnologik jihatdan birlashtirish tashkilik shakli 
«konstellyatsiya»
11
ahamiyati alohida e‘tirof etiladi. Bunda bir-biriga bog‘liq 
bo‘lgan, murakkab tayyor mahsulotni ishlab chiqiarishda cheklangan miqdordagi 
korxonalar birlashib faoliyat yuritadi. Bunday tashkiliy shaklda birlashgan 
korxonalarning biri mahsulot tayyorlash jarayonini bajarsa, ayrimlari texnologik 
jarayon uchun mas‘ul bo‘ladigan, ba‘zilari esa savdo bilan shug‘ullanadilar. 
Natijada nafaqat mahsulot ishlab chiqarish va sotish muammosi hal bo‘ladi, 
shuningdek, ishlab chiqarish ko‘lami ham kengayadi. Bunday jarayonda 
yetakchilikni konstellyatsiyada oxirgi bosqichdagi ishlarni bajaradigan korxona 
amalga oshiradi. Ular boshqa firmalardan barcha kerakli butlovchi qismlarni sotib 
oladi va lurga tarli ishlar bo‘yicha buyurtmalar beradi. 
Demak korxonalardagi faoliyatning muvofiqlanishuvi yuzaga keladi. Turli 
11
―constellazione‖ – юлдузлар туркуми демакдир 


60 
konstellyatsiyalarda hamkorlik qilish, bozorda ma‘lum bir mahsulot turiga bo‘lgan 
talabning kengaytirilishi va erkin raqobat muhiti yaratiladi, shu bilan birga 
mahsulotning tannarxi va uning narxi pasayishiga olib keladi. 
Fikrimizcha, 
Italiya 
Respublikasida 
kichik 
biznes 
sub‘ektlarini 
rivojlantirishning bu tashkiliy shakli O‘zbekistonda ham mavjud xususiyatlar 
asosida foydalanish mumkinligini e‘tirof etmoqchimiz. CHunki bois 
konstellyatsiya usulini O‘zbekiston amaliyotida ham qo‘llash, tadbirkorlikda 
afzalliklar yaratadi, bular: 
- Tadbirkorlik korxonalarini moliyalashtirishni ta‘minlaydi; 
- texnologik jihatdan murakkab bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarish 
imkonini beradi; 
- korxonalarning ishlab chiqarishda raqobatbardoshligini oshiradi; 
- marketing tadqiqotlarini o‘tkazishning realligini ta‘minlaydi. 
Samarali eksport faoliyatini amalga oshirishlari uchun tashqi bozor 
talablariga to‘liq javob beradigan marketing majmuasi axborotlari bilan 
ta‘minlangan bo‘lishlari zarur. Bozorlarning o‘ziga xos salohiyati va bozor 
kon‘yukturasidagi o‘zgarishlar bo‘yicha joriy axborot tizimiga, kompaniyalarning 
barcha resurslari bevosita savdo faoliyatiga qaratilgan va asosiy xaridorlar bilan 
doimiy aloqa o‘rnata oladigan tashkilotlar bu eksport savdo kompaniyalaridir. 
Jahon amaliyotida eksport faoliyatini tashkil etishning chet ellarda savdo uylarini 
ochish shakli ham tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishning shakli sifatida keng 
tarqalgan. 
O‘zbekiston savdo uylarining chet ellarda tashkil etilishi mahalliy
mahsulotlar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar eksport faoliyati samaradorligining 
oshishiga ham imkoniyat yaratadi. Ularning tashqi iqtisodiy aloqalarga kirishishida 
savdo vositachilari ko‘mak beradi va hamkorlar va xaridor topishga dastlabki 
imkoniyat yaratishi mumkin. 
Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslanib tadbirkorlikni rivojlantirishning 
ustuvor yo‘nalishlarini va xorijiy tajribani o‘z ichiga qamrab oluvchi ―Mintaqada 
tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish dasturi‖ni ishlab chiqish maqsadga 


61 
muvofiq deb hisoblaymiz. Uni ishlab chiqish jarayonida quyidagi jihatlarga 
alohida e‘tibor berish lozim: 

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin