Dars mavzusi: 3



Yüklə 93,5 Kb.
tarix20.07.2022
ölçüsü93,5 Kb.
#62829
Hayotiy muhim ko`rsatgichlarni baholash.,.


Dars mavzusi: 3.3. Hayotiy muhim ko`rsatgichlarni baholash.


Dars soati: 2 soat
Oquvchi bilishi kerak:

  1. Hayotiy muhim ko`rsatgichlarning maqsadi va ahamiyatini tushunish;

  2. Tana harorati, puls, nafas olish va arteriya, qon bosimlarining faoliyat mexanizmlarini tushunish;

  3. Tana harorati, puls, nafas olish va arteriya, qon bosimini o`lchash usullarini, shuningdek, uchbu jihatlarning meyorlari va patologiyalarini aniqlay bilish;

  4. Onglilik darajasini baholash metodlarini amaliyotda qo`llay bilish va tushunish;

  5. Ko`zni tibbiy tekshirishning o`ziga xos jihatlarini tushunish.



O`quv axborot mazmuni:

3.3.1. Hayotiy muhim ko`rsatgichlari haqida tushuncha.


1) Hayotiy muhim ko`rsatgichlar nima?
1) Hayotiy muhim ko`rsatgichlar – bu shaxsning hayotiy yashovchanlik qobiliyatiniko`rsatuvchi tiriklik belgilaridir. Ular nafas olish, tana harorati, puls, arteriya qon bosimi, ong darajasi kabi biologik jaayonlarda ifodalanadi. Hamshira fiziologik o`zgarishlarni kuzata bilishi va ularni aniqlash qobiliyatiga ega bo`lishi kerak.
2) Tana harorati.
(1) Termoregulyatsiya mexanizmi.
Termoregulyatsiya markazi tanada ishlab chiqarilayotgan issiqlik hamda uning tashqi muhitga chiqarilishi o`rtasidagi muvozanatni ta’minlaydi. Organizmda issiqlik ishlab chiqarilishi harakat metabolizmi, bazal metabolizm, qalqonsimon bez gormonlarining modda almashinuvini tezlashtirish hjisobiga amalga oshib bunda qalqonsimon bez gormonlari kimyoviy reaksiyalar tezligini ta’minlab tana harorati ko`tarilishiga yordam beradi. Ishlab chiqarilayotgan issiqlikning asosiy qismi skelet-mushak tizimi hamda jigarga to`g`ri kelib, bu tanada ishlab chiqarilayotgan umumiy issiqlikning 80 % ni tashkil qiladi. Tanadan issiqlikning ajralishi nurlanish, konduksiya, parlanish, konveksiya kabi jarayonlar hisobiga amalga oshadi.
(2) Tananing meyoriy harorati.
Tananing meyoriy harorati individual xususiyatga ega, shuningdek u shaxsning holatiga bog`liq bo`ladi: yoshi, individual xususiyatlari, sutkaning vaqti, turli jismoniy faollik va boshqalar. Yosh xususiyatlariga to`xtalganda yangi tug`ilgan chaqaloqni misol qilishimiz mumkin, unda termoregulyatsiya mexanizmi bir maromda ishlamaydi. Natijada u tashqi ta’sirlar va haroratga o`ta ta’sirchan bo`ladi. 10 yoshga to`lgan bolada termoregulyatsiya jarayoni katta odmniki sifatida shakllanagan bo`ladi. Individual xususiyatlari: hatto bir xil yoshdgi kishilarning avtonom asab tizimi va endokrin tizimi o`rtasidagi tafovut ular tanasi haroratining turli ekanligi bilan farqlanadi. Sutka vaqtida asosan farqlanishi: sog`lom odamda kunning 1 - yarmida 2-6 soat mobaynida tana harorati past, kunning 2 - yarmida 3-8 soat mobaynida tana harorati yuqoribo`ladi. sutka davomida tana haroratini 1 oC dan ortiq farqlanishi patologik holatni bildiradi. Jismoniy faollikdagi farq: jismoniy harakat yoki skelet-mushak tizimidan foydalangan holda jismoniy ish bajarish davomida tanada ishlab chiqarilayotgan issiqlik hajmi ortadi. Ovqatlanish va ruhiy hayajonlanishtana harorati ko`tarilishiga olib kelsa, uyqu va ochlik aksincha tana haroratining tushishiga olib keladi. Ayollarda tana harorati progesteron faoliyati natijasida o`zgarib turadi, ya’ni menstruatsiyadan ovulyatsiyagacha bo`lgan davrda tan harorati pasaysa, ovulyatsiyadan menstruatsiyagacha bo`lgan davrda ko`tariladi.
(3) Tana harorati buzilishi.
Tana harorati:

  1. Subnormal harorat (36 oC dan past)

  2. Subfebril harorat (37.1 oC - 38 oC)

  3. Febril harorat (38 oC dan yuqori)

  4. Gipertermik harorat (41.1 oC dan yuqori) larga farqlanadi.

Ammo tana harorati har bir kishi uchun individual muhit ta’siri natijasida o`zgarishi mumkin.

  • Gipertermiya.

Tana haroratining o`ta yuqori darajada ko`tarilishi gipertermiya deyilib, bunda quyosh nuri ta’siri va lixoratkaga farqlanadi. Tana meyoriy harorati 1 oC dan ortiq darajada ko`tarilganda ushbu holat yuz beradi. Lixoratka asosini bakterial toksinlar va leykositlar tashkil qiladigan pirogen moddasi ta’siri natijasida temoregulyatsiya mexanizmi izdan chiqqanda yuz beradi. Quyosh nuri natijasida issiq urishi organizmda issiqlik ishlab chiqarish mexanizmi buzilganda yoki faol jismoniy harakat natijasida belgilangan me’yordan oshiq issiqlik ajralganda sodir bo`ladi.

  • Gipotermiya.

Tana harorati odatdagi meyordan past, ya’ni 35 oC atrofida tebranib turadigan holat. U qarilik quvvatsizligi yoki organizmning umumiy quvvatsizlikda, yetarli ovqatlanmaslikda, qalqonsimon bez faoliyati buzilganda yuzaga keladi.

  • Lixoratka tiplari.

Lixoratka tiplari kasallik natijasida yuzaga kelgan xavfli lixoratkaning rivojlanish darajasini ko`rsatadi. tana haroratining pasayishi va me’yoriy haroratining qayta tiklanishi hariorat tushishi deb ataladi. Lxoratkaning quyidagi tiplari farqlanadi:

    1. Doimiy lixoratka (zotiljam va qorin tifida kuzatiladi, yuqori harorat, sutkalik farq 1 oC atrofida bo`ladi)

    2. Ko`chuvchi lixoratka (sil, sepsis kuzatiladi, sutkalik farq 1 oC dan ko`p)

    3. Qaytalovchi lixoratka (qaytalovchi tif, malyariyada kuzatiladi, ma’lum bir vaqt mobaynida tana harorati ba’zan ko`tarilib, ba’zan tushadi)

Haroratning pasayishi quyidagi turlarga bo`lnadi:

  1. Krizis (yuqori harorat bir necha soat davomida me’yorga keladi, bu jarayon davomida bemorda terlash kuzatiladi)

  2. Lizis (Harorat bir necha kun davom etib asta sekin pasayadi)

(4) Haroratni o`lchash vositalari va joylari.

  • O`lchov asboblari.

To`g`ri ichakda, qo`ltiq tagida, og`iz bo`shlig`ida va eshituv yo`lida haroratni o`lchash uchun rtutli termometr, elektron termometrlar farqlanadi. Aniq belgilash uslubi, taxminan aniqlash uslubi farqlanadi.

  • O`lchash joylari.

Og`iz bo`shlig`i, qo`ltiq tagi, to`g`ri ichaktana ichki haroratini ko`rsatadi.

  • Termometrlardan foydalanganda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etish.

Termometrlardan foydalanganda texnika xavfsizligiga rioya etish lozim.

    • Bemor uxlayotganda termometrni qo`ymaslik kerak. Uxlash jarayonida bemor ag`darilishi va termometrni cindirib qo`yish umkin. Bu esa juda xavfli, chunki termometr ichidagi mavjud rtut moddasi organizm uchun o`ta xavfli hisoblanadi.

    • Termometrni silkitishda (bunda ko`rsatgich 36 oC dan past bo`lishi kerak) atrofida o`tkir, qattiq (stol, stul, tumocka) bo`lmasligi kerak. Chunki termometr ularga tegib sinishi mumkin.

    • O`lchash usullari.

Qo`ltiq tagi harorati: agar bemor terlagan bo`lsa sochiq bilan qo`ltiq tagini yaxshilab artish kerak. Agar bemor harakatsiz bo`lsa o`lchashni sog`lom tomonda amalga oshiriladi. Termometrni qo`ltiq tagi arteriyalarining anatomik joylashuviga asosan pastdan yuqoriga yo`nalishida qo`yish kerak. Bemordan o`lchash amalga oshirilayotgan qo`l kaftini tepaga qaratib qo`yishni, qaram-qarshi qo`l bilan esa yelkani ushlab turishni so`raladip. Tana haroratini aniq o`lchash uchun 10 daqiq, taxminan o`lchash uchun 1-2 daqiqa (elektron signalgacha) kerak bo`ladi. qayt etganda o`lchangan joyni ham ko`rsatish kerak.
Og`iz bo`shlig`i harorati: termometrning uchini og`izga, tilning yon tomoniga joylashtirib, so`ngra og`zini mahkam yopish kerak. Bunda tanang aniq haroratini o`lchash uchun 5 minut, taxminiy harorotini o`lchash uchun 1-2 minut (elektron signalgacha) kerak bo`ladi.
Eshitish yo`lidagi harorat: Kiritiladigan uchiga maxsus g`ilofga kiydizilganligini tekshirish. Termometrni qo`shish va uni quloqqa joylashtirib, “start” knopkasini bosish. O`lchash elektron signaldan keyin to`xtatiladi.Yosh bolalar qulog`iga termometrni kiritayotatgan, ular qimirlamasligiga e`tibor qaratish.

  1. Talvasa (lixoradka), gipertermiya , gipotermiyada, hamshiralik parvarishi.


  • Talvasada hamshiralik parvarishi

      1. davr- issiq odeyalo, issiq ichimlik(ko`k choy, na`matak qaynatmasi, limonli choy), grelka.

      2. Davr- qat`iy to`shak rejimi, alohida hamshiralik posti, muzli quti, 3 litrgacha suyuqlik, dieta 15-stol, suyuq yoki yarim suyuq tez hazm bo`luvchi ovqat, og`iz bi`shlig`i quriganda va lab yorilgan suv bilan artishi, yoriqlarga vazelin yoki f) bolalar kremi surtish, bemorning ahvoli yomonlashganda tezda vrachga xabar berish.

      3. Bemor tanasini artish, oqliklarni artish, arterial qon bosimini o`lchash, issiq odeyala berish, issiq shirin suyuqlik berish(choy, qahva)




  • Gipotermiyada hamshiralik parvarishi. Tana harorating keskin pasayishida qon tomirlarining kengayishi kuzatilib bu esa o`z navbatida puls tezlashib va arterial qon bosimining tushishiga olib keladi. Bemorlar bu holatni juda og`ir qabul qilishadi: holsizlanish, ko`p terlash,rang oqarishi, tanani sovuq ter qoplashi, bug`imlar sovushi. Bunday hollarda bemoaga zudlik bilan yordam ko`rsatish talab etiladi.

Tana harorati kaskin pasayishi natijasida yuz beradigan aarterial qon bosimi bosimi tushishida:

  • Krovatning oyoq tomoni 30-40sm ga ko`tarish, yostiqni boshdan olib qo`yish.

  • Shifokorni chaqirish.

  • Bemor tanasiga grelka qo`yish, ustini yopish, issiq shirin choy berish.

  • 10% li kofein – benzoat natriy (shifokor ko`rsatmasiga binoan), 10% sulfakomfakain suyuqliklarini kiritishga tayyorlash.

  • Bemor tanasini quruq qilib artish, oqlik va choyshablarni almashtirish(bemor holati yaxshilanganda).

3) Puls.
(1) Puls fiziologiyasi.
Agarda barmoqlar uchi bilan uyqu va o`q arteriya sohalariga tegilsa ulardagi pulsasiyanisezish mumkin. Bu puls ataladi. Yurak qisqarishi natijasida qon, qon tomirlariga haydaladi va qon devorlari elastik xususiyatlatiga ega bo`lgani uchun kengayishi puksni hosil qiladi. Puls siklik xarakterga ega bo`lib yurak qisqarganda aniqlanadi.
Uyqu va o`q arteriyalaridagi shovqinlar qon tomirlarining o`lchami, qon hajmi, qon tomirlari devorining qalinligiga bog`liq bo`ladi. Bundan tashqari pulsdagi o`zgarishlarga qarilik belgisi sifatida ham qaraladi.
(2) Pulsni tekshirib qo`yidagilarni aniqlash mumkin.
a. Aritmiya paydo bo`lganda yurakning naos faoliyatini baholash mumkin.
b. Qoning butun tana bo`ylab aylanayotganini bilish.
Aritmiya paydo bo`lganda puls ritmi va chastotasini kuzatish.Puls chastotasi buzilganda bradikardiya 60 p/m dan kam) va taxikardiya ( 100 p/m dan ortiq) holatlarini kuzatish mumkin. Puls ritmi buzilganda ekstrasistola va absolyut aritmiya (nafas olishda kuzatiladigan fiziologik aritmiya ham mavjud) holatlari yuz berishi mumkin. Puls chastotatisining o`zgarishiga ovqatlanish, vanna qabul qilish, jismoniy faoliyat (mehnat), xastaliklar, harorat ko`tarilishi, tana holati, ruhiy holat va boshqalar sabab bo`lishi mumkin. Ko`pincha aritmiyaning og`ir shaklarrida chastota va ritmining birvarakayiga buzilishi kuzatiladi. Shuningdek, qon aylanishi qon tomirlari torayishi yoki tiqinlar natijasida buzilishida kislorod ochligi yuz berib, moddala ta`minoti yomonshadi va bu o`z navbatida jismoniy faollikning susayishi va teri, to`qimalar nekroziga olib keladi. Qon aylanishi buzilishi tez yuzaga kelishi va xronik shaklga o`tish mumkin. Bundan tashqari tananing alohida sohalaida yoki umumiy qon aylanishibuzilishi farqlanadi.
3) Ekstrasistola 2 turga bo`linadi:
1. To`xtab-to`xtab, so`ng oldingi ritmga qaytuvchi.
2. Ozining nomuntazam ritmini saqlagan holda qaytariluvchi.
Absolyut aritmiya tizimlashmagan ritm va turli intensivlikka ega.
(2) O`q arteriyasini kuzatish.
a) Qo`l va barmoqlarning sovushi, sianozni kuzatish.
b) Kapilyarlarning to`lish vaqtini o`lchash. Barmoqlar bilan tirnoqni bosish va tezda olib qancha vaqtda qon aylanishi tiklanishi (3 sek davomida) o`lchash, o`ng va chap tomonlarni taqqoslash .
s) Katta uyqu arteriyasini kuzatish: 2, 3, 4 barmoqlar yordamida o`q arteriyasini ikki tomonlama palpatsiya qilish, o`ng va chap tomon o`rtasidagi farqni kuzatish.
d) Pulsning kuchayishi va pasayishi, rutmi, arteriya devorlari holatini (quvvati, to`lishi) kuzatish.
e) 1 daqiqa davomida puls chastotasini o`lchash va ritm mavjudligini tekshirish.
j) Agarda tinch holatda 120 p/m ko`p chastotali taxikardiya yoki 40 p/m dankam chastotali bradikardiya aniqlangan bo`lsa, unda shifokor tekshiruvi o`tkazilishi zarur. Shuningdek, yurak urishi, bosh aylanishi, ko`ngil aynishi, sovuq ter chiqishi, xxushdan ketish kabi birgalikda kuzatiladigan holatlarga ham e`tibor qaratish lozim.
(3) Asosiy arteriyalardagi pulsni tekshirish nuqtalari.
Pulsni tekshirishning 8 ta nuqtasl mavjud.

  1. Chakka arteriyasi,

  2. Uyqu arteriyasi (pulsni o`lchash oson, chunki arteriya yurakka yaqin joyda joylashgan, tiriklik belgilari bor yo`qligini bilish aniqlanadi).

  3. O`rta arteriya.

  4. O`q arteriya.

  5. Bel arteriya.

  6. Tizza osti arteriyasi.

  7. Katta orqa arteriya.

  8. Ichki tovon arteriyasi.

Ichki tovon arteriyasi periferik va oson palpatsiya qilinadigan arteriya hisoblanib pulsni tekshirishga qulay hamda qon aylanish holatni tahlil qilishda asosiy ko`rsatgichlardan biri sifatida xizmat qiladi. Puls to`liqligi (yelka va o`q arteriyalarida bir vaqtda o`lchash: agarda ateroskleroz natijasida arteriya devolari qotib qolgan bo`lsa unda yuqorida ko`rsatilgan arteriya larda puls bir vaqtda tekshitriladi.
4) Nafas olish.
(1) Fiziologik nafas olish.
Nafas olish bu-tirik organizmning kundalik faoliyati uchun zaruriy jarayon bo`lib unda tashqi muhitdan zaruriy darajadagi kislorod yutilib, organizmda modda almashinuvi jarayonida paydo bo`ladigan uglerod gazi chiqaradiladi. Nafas olish jarayoni bir nechta qismlardan tashkil topgan:
Nafas olish a’zolari orqali tashqi muhitdan o`pka alveologiyalariga havo tushishi (ventilyatsiya)

  • Alveolalar va o`pka kapilyarlari o`rtasida gaz almashinuvi (tashqi nafas)

  • Kislorod va uglerodning o`pka va boshqa to`qimalarga tashilishi.

  • Har bir to`qima hujayralari va organizm kapilyarlari o`rtasidagi gaz almashinuvi.

Quyidagi materialda faqat 1- va 2- bandlar haqiida so`z boradi.
nnnnnnnnnnnnnnnnnnnnnnnnn
(2-3) Nafas olishni kuzatish.

  • Nafas olish chastotasi va asosiy xususiyatlarni kuzatish.

Tinch holatdagi tabiiy nafas olishda nafas olish chastotasi va asosiy xususiyatlarni kuzatish. Voyaga yetgan sog`lom kishi uchun nafas olish chastotasi minutiga 12-16 martani tashkl etadi. Agarda ko`krak qafasi harakatini kuzatishning imkoni bo`lmasa, bemorni oldindan ogohlantirgan holda qo`llarini unuing ko`kragiga qo`yiladi va qo`llar harakati kuzatiladi. Nafas olish olish parametrlarini kuzatishda nafas olish ritmi va chuqurligiga e’tibor berish zarur.

  • Ko`krak qafasi harakatini kuzatish. 2 la qo`lni bemor o`pkasi pastykli qismi sohasiga ko`proq joyini qamrab olgan holda qo`yiladi va undan chuqur nafas olish so`raladi. Shu tarzda ko`krak qafasi o`lcham va shakli, qoviurg`alar kengayishi, to`g`ri va tekisligini tekshirish mumkin.

(3) Nafas olishning buzilishi.

  • Nafas olish chuqurligi va chastotasi buzilishi, tez nafas olish, sekin Nafas olish, giperpnoe, gipopnoe, nafas olmaslik.

  • Nafas olish ritmining buzilishi: Kussmaulcha, Cheyn-Stoks, Biot nafas olishlar.

5) Arterial qon bosimi.
(1) Arterial qon bosimi fiziologiyasi.
Yurak o`pka va butun organizmga qon haydovchi nasos vazifasini bajaradi. Yurakning ichki a’zolar va to`qimalar bilan bog`lab turuvchi qon tomirlarida doimo bosim mavjud bo`lib, u arterial qon bosimi deyiladi. Arterial qon bosimining saqlanishiga bir nechta faktorlar ta’sir ko`rsatadi:

  • Yurakning haydovchanlik kuchi.

  • Periferik qon tomirlar qarshiligi.

  • Arterial qon tomir tizimidagi qon m,iqdori.

  • Qonning yopishqoqligi.

  • Qon tomirlari devori elastikligi.

Sistolik vadiastoli arterial qon bosimilari hamda pulsli va o`rtacha arterial qon bosimlari haqioda tushuncha berish.
(2) Arterial qon bosimiga ta’sir ko`rsatuvchi faktorlar.
Arterial qon bosimi organizm jismoniy kuchlanish olganda u yoki bu tomonga o`zgaradi: uyqu, ishtaha ochilishi, tabiiy ehtiyojni qondirilishi, harakatlar shular jumlasidandir. Shuningdek, arterial qon bosimi tanaing holatiga qarab ham o`zgarishi mumkin (turgan, o`tirgan, yotgan holatlarda bo`lishi). Kayfiyat, hayajon, siqilish, charchash, stress, alkogol iste’mol qilish, chekish, tashqi muhit ta’sirlari (havo harorati, shovqin, tebranish) ham arterial qon bosimi ko`rsatgichlariga ta’sir qilishi mumkin.
(3) Tonometr.

  • Turlari: simobli tanometr, aneroid tanometr, elektron tanometr

(4) Arterial qon bosimini o`lchash (yelka arteriyasi auskultasiyasi metodi).

  • Manjetkani tanlash: manjetkani tanlashda uning o`zi emas, balki ichki manjetkaning uzunligi va eni ahamiyatga ega. Uning eni qo`ltiq sohasidan tirsak chuqurchasigacha bo`lgan masofaning 2/3 qismini tashkil etishi, uzunligi esa yelka o`rtasining 80-100 % ni tashkil etishi lozim.

  • O`lchash shartlari: o`lchash vaqtigacha 5-15 daqiqa mobaynida tinch holatda bo`lish.

  • Jihozlarni joylashtirish va nol nuqtasini tekshirish: hamshiraning ko`rish burchagi va manometr bir xil balandlikda bo`lishini ta`minlash. Nol nuqtani tekshirish.

  • O`lchash: bosim berilayotgan soha yurak bilan bir darajada bo`lishini ta`minlash. Manjet qo`yiladigan soha, fonendoskop joylashuvi va manjetani bog`lash kuchini to`g`ri tanlash. O`q arteriyada puls yo`qolgan paytda kuzatiladigan bosim sistolik bosim deb hisoblanadi. Shundan keyin manjetadagi bosimni 20-30 mm Hg ko`paytirish, so`ngra Korotkov tovushlari paydo bo`lgunga qadar puls bir zarbasida 2 mm Hg tezligda bosimni pasaytirish zarur. Korotkov tovushlari paydo bo`lishi bilan sistolik vadiastolik bosimni aniqlash mumkin.

(5) Arterial qon bosim turlari.
Butunjahon sog`liqni saqlash tashkiloti va gipertoniya bo`yicha Xalqaro kengash qarorlariga ko`ra 130 mm Hg sistolik bosimga 85 mm Hg diastolik bosim me’yoriy qon bosimi deb qabul qilingan.
Arterial qon osimning ko`tarilishi deb – sistolik bosim 140 mm Hg dan, diastolik bosim 90 mm Hg dan baland bo`lgan holatlarga aytiladi. Boshqa holatlar chegara doirasida deb hisoblanadi va ularni belgilash uchun ma’lum ko`rsatgihlardan foydalaniladi.
6) Onglilik darajasi.
(1) Ong fiziologiyasi.
Inson tevarak atrofidagi narsa, voqealarni va tashqi muhit ta’sirlarini seza olish inglilik deyiladi. Ko`rish, eshitish, anglash yordamida sensor kanallar orqali yuboriladigan impul;s natijasida bosh miyaga signal beriladi va o`zg`alish kuchayadi. Bu retikulyar faollik tizmini paydo bo`lishi deyiladi. Gipotalamus faolligi tizimining faoliyati gumoral faktorlar, ichki a’zolar signallari, og`riq signallariyordamida amalga oshdi. Ong buzilishi faollik tizimi ishining buzilishi va bosh miya faoliyati buzilishi natijaida sodir bo`ladi.
(2) Onglilik darajasi klassifikatsiyasi (O`zbekistonda qo`llanilayotgan baholah shkalasidan foydalanish mumkin).
Mayo Cinik klassifikatsiaysi: uyqu, polukoma, koma va h.k.
CCS klasifikatsiyasi: ko`zni ochish reaksiyasi, jismoniy harakatlar yordamida baholanadi.
(3) Muhim ahamiyatga ega belgilari:

  • Bosh mushaklari rigidligi: meningial qobiq ta’sirlanishi belgilari.

  • Qo`l va oyoq bo`g`imlarining alohida holati: dekortikatsion va deserebratsion rigidligi.

  • Tananing yarmining falajlanishi belgilari.

(4) Ko`zni tekshirish.

  • Ko`z qorachiqlari: o`lchami, shakli, bir xilligi. Agr qorachiqning o`lhami 2 mm dan kam bo`lsa, bu mioz deyilai. Agar qorachiq o`lchami 5 mm dan ko`p bo`lsa, bu midriaz deyiladi.

  • Kon’yugatsiyadagi o`zgarishlar: tana yarmining falajligida, qon quyilishida, ko`pincha qorachiql;ar falajlangan tomonga qarab turadi. Bunday holatlar talamus qon quyilishida va o`rta miya faoliyati buzilishida kuzatiladi. Qorachiqlarning tepaga qarab qolishi uyqu vaqtida yuzaga keladi, shuningdek epilepsiya holatida, nafas olish to`xtaganda, hushdan ketishda vaqtincha paydo bo`lishi mumkin.

  • Diagonal buzilishlar: falajlangan tomondagi qorachiqning ickariga va pastga, ikinchi qorachiqning tashqariga va tepaga siljishi. Bazilyar arteriya qon bilan ta’minlayotgan joyda insult yoki infarkt yuz berganda.

  • Qorachiqlar funksiyasining buzilishida: bitta qorachiqning kengayishi ko`zni harakatlantiruvchi asab tolalarining shikastylanganligidan xabar beradi. Ikkala qorachiqning keskin torayishi miyaga qon quyilishidan nishonadir.

  • Yorug`lik ta’siriga reaksiya: bemorga ko`rsatmasdan uning ko`zlariga tezlik bilan yorug`lik olib kelish va qorachiqning torayganligini tekshirish (bevosita reaksiya). Shuningdek, qarama-qarshi tomondagi qorachiqning torayganligini ham tekshirish(o`zlashtirma reaksiy). Shunga asosan yorug`lik tutilgan ko`zdagi ko`rish asab tolalari faoliyati buzilganligi, shunindek, o`rta miya ko`zni harakatlantiruvchi asab tolalari va uning yadrosi faoiyatida o`zgarishlar borligini aniqlash mumkin.

  • Retikulospinal reaksiya: bo`yin sohasini siqish va shu og`riqli ta’sir natijasida qorachiqlar kengayganligini tekshiish. Agarda ikkala qorachiq 1-2 mm kengaysa bu me’yoriy holat hisoblanadi.

Yüklə 93,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin