Himoyaga ruxsat etildi


Mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona tarif setka



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/23
tarix14.12.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#178704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
bank

Mehnatga haq to’lash bo’yicha yagona tarif setka 
Mehnatga haq 
to’lash bo’yicha 
razryadlar 
Nolinchi razryadga 
nisbatan tarif 
koeffitsientlari 
Mehnatga haq 
to’lash bo’yicha 
razryadlar 
Nolinchi razryadga 
nisbatan tarif 
koeffitsientlari 










10 
11 
1,000 
2,181 
2,400 
2,641 
2,904 
3,181 
3,471 
3,773 
4,086 
4,401 
4,723 
5,050 
12 
13 
14 
15 
16 
17 
18 
19 
20 
21 
22 
5,386 
5,727 
6,071 
6,423 
6,779 
7,140 
7,505 
7,877 
8,253 
8,635 
9,019 
Xodimning mehnat haqi yoki oklad summasini aniqlash uchun nolinchi 
razryadning mehnatiga to’lanadigan summani mazkur xodimga belgilangan 
razryadning koeffitsientiga ko’paytirish kerak. Yuqorida keltirilgan yagona tarif 
setkasini byudjetdan moliyalashtiriladigan muassasalar, tashkilot va banklar 
qo’llashga majbur. 
3
Jo’raev N., Xolbekov R., Abduvaxidov F., Ilxomov I. Buxgalteriya xisobi, iktisodiy taxlil va audit. Darslik. -T.: 
2007 y 


11 
O’zining moliyaviy faoliyatini xo’jalik hisobi asosida yurituvchi barcha 
davlat, tijorat banklari va tashkilotlari mehnatga haq to’lashning yagona tarif 
setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy razryadlarini belgilashlari zarur. 
Tijorat banklarga yagona tarif setkasi asosida xodimlarning tarif-malakaviy 
setkasini belgilab olish tavsiya qilinadi. 
Tarif stavkalar va okladlar tizimini asosi bo’lgan nolinchi razryadning 
minimal ish haqisi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan 
belgilanadi. Xususan nolinchi razryadning minimal ish haqisiga va qonunchilik 
bilan belgilangan o’rtacha oy ish kunlarining uzunligiga (ish vaqtining o’rtacha oy 
fondi) qarab 1-razryadning soatlar tarif stavkalarining minimal o’lchami 
aniqlanadi. Chunonchi, nolinchi razryadning minimal ish haqisi 49735 so’m va 
(40 soatlik ish haftasida) ish vaqtining o’rtacha oylik fondi 169,2 soat bo’lgan 
taqdirda soatlik tarif stavkasining o’lchami 293,94 so’m bo’ladi (49735 :169,2). 
1-razryad stavkalarini mehnatga haq to’lash shakllari (ishbay xodimlar va 
vaqtbay xodimlar), shuningdek kasb guruhlari va ish turlari (uch guruh stavkalar) 
bo’yicha tabaqalashtirib bank mehnatga haq to’lash bo’yicha tarif setkasini ishlab 
chiqishi mumkin. Har bir bank moliyaviy imkoniyatlari va boshqa ishlab chiqarish 
ko’rsatkichlariga qarab o’zining tarif koeffitsientlarini ishlab chiqadi. 
Mehnatga haq to’lashni tashkil etishning asosiy elementi bo’lib, bajarilgan 
ish, ko’rsatilgan xizmat yoki ma’lum tashkiliy-texnik sharoitlarida berilgan ish 
hajmini bajarishga sarflanadigan mehnat o’lchamini belgilovchi, mehnatni 
normalashtirish hisoblanadi. 
Mehnatni normalash, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishning asosiy tarkibiy 
qismi sifatida, ishlab chiqarish normasini va vaqt normasini o’z ichiga oladi. 
Normal ish sharoitida belgilangan vaqt (soat, oy) birligida ishlab chiqarsa 
bo’ladigan normalashtiriluvchi mahsulot birligi (dona, metr, tonna)ning miqdori 
ishlab chiqarish normasi bilan belgilanadi. Vaqt normasi esa ma’lum tashkiliy-


12 
texnikaviy sharoitlarda ish bajarish uchun zarur bo’ladigan vaqtni (min., soat) 
nazarda tutadi.
4
Tijorat banklarida mehnatga haq to’lash shakl va tizimlarini mustaqil 
belgilash huquqi berilgan.
Mehnatga haq to’lashning ikkita shakli mavjud: ishbay va vaqtbay. Mehnatga 
ishbay shaklida haq to’langanda ish haqi, mahsulotning sifati, murakkabligi va ish 
sharoitini hisobga olgan holda, ishlab chiqarilgan mahsulot birligining miqdoriga 
bog’liq. 
Vaqtbay shaklida ish haqi, xodimlar malakasi va ish sharoitini hisobga olgan 
holda, sarflangan (xaqiqiy ishlagan) vaqtning miqdoriga bog’liq. 
Ishbay ish xaqi shakli xodimlarni, ilg’or tajribalardan foydalangan holda, 
mehnat unumdorligini oshirishga moddiy jixatdan qiziqtiradi. Mehnatga haq 
to’lashning bu shaklida ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini qat’iy tekshirish zarur. 
Mehnatga haq to’lashning ishbay shakli quyidagi mehnatga haq to’lash tizimlariga 
bo’linadi: to’g’ri ishbay, ishbay-mukofat, akkord, ishbay-progressiv, egri ishbay 
tizim. 
Mehnatga vaqtbay shaklida haq to’langanda ish haqi hisoblash bo’yicha asos 
qilib xodimning sarflagan vaqti va tarif stavkasi olinadi. 
Vaqtbay ish haqi shakli ikki tizimdan iborat: mehnatga haq to’lashning oddiy 
vaqtbay tizimi va vaqtbay-mukofat tizimi. Oddiy vaqtbay tizimida ish haqi 
bevosita ishlagan vaqt miqdoriga bog’liq. Vaqtbay-mukofat tizimida oddiy 
vaqtbay tizimi bo’yicha hisoblangan ish haqiga qo’shimcha qilib bajarilgan ishning 
sifati, material, yoqilg’ilarni, tejalishi bekor turishlarni qisqarishi, mashina va 
agregatlarni to’xtovsiz ishlashi va boshqa ko’rsatkichlarga qarab mukofat 
hisoblanadi. 
Mehnatni tashkil qilish shakliga qarab ishbay va vaqtbay shakllardagi 
mehnatga haq to’lashlar yakka va umumiy bo’lishi mumkin. Ish jarayonida 
kasblarni birga qo’shib olib borish, ijrochilarning birini ikkinchisiga bog’liqlik 
4
Jo’raev N., Bobojonov O., Abduvaxidov F., Sotvoldieva D. Moliyaviy va boshqaruv xisobi. Darslik. -T.: 2007 y 


13 
zaruriyati bo’lsa, mehnatga haq to’lash umumiy bo’lishi mumkin.
 
Tijorat banklarida u yoki bu dastlabki hujjatlar shaklini qo’llash faoliyat 
xarakteri, mehnatni tashkil etish va unga haq to’lash tizimiga, shuningdek xizmat 
sifatini nazorat qilish usuliga bog’liq. Ish haqini to’g’ri hisoblash uchun barcha 
hujjatlarda quyidagi ma’lumotlar keltirilishi kerak: ish joyi (uchastka, bo’lim); 
hisoblash davri (sana); familiyasi, ismi, otasining ismi; tabel nomeri va xodimning 
razryadi; ish birligiga belgilangan vaqt normasi va baho, ish haqi summasi; xizmat 
ko’rsatish bo’yicha norma-soat miqdori hisobi bo’yicha aks ettiradi. 

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin