2-Bob. OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq
to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob kitoblar hisobining tashkil qilish
........17
2.1 OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq to’lash
bo’yicha xodimlar bilan hisob kitoblar hisobini tashkil qilish ...............................17
2.2 OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq to’lash
hisobining sintetik hisobi........................................................................................19
2.3 OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida ish haqidan
ushlanadigan ajratma va to’lovlar hisobi.................................................................27
3-Bob. OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq
to’lash bo’yicha xodimlar bilan hisob kitoblar auditini tashkil qilish
…........38
3.1 OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq
to’lashning auditini tashkil qilishning maqsadi va vazifalari...............................38
3.2 OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq to’lash
bilan bog’liq operatsiyalari audit manbalari...........................................................47
3.3 OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida mehnatga haq
to’lashning auditini takomillashtirish.....................................................................50
Xulosa va takliflar...................................................................................................55
Foydalanilgan adabiyotlar.......................................................................................59
3
Kirish
Mavzusining
dolzarbligi.
Bu
yil
barchamiz
ona
yurtimiz,
O’zbekistonimizning yangi tarixidagi eng buyuk va qutlug’ sanalardan biri –
Vatanimiz mustaqilligining 20 yillik shonli bayramini keng nishonlaymiz.
Tabiiyki, bu bizdan barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirayotgan keng
ko’lamli islohotlarimizni atroflicha tahlil etib, kelgusi rejalarimizni aniq-ravshan
belgilab olishni talab etadi.
Ayni shu holatni hisobga olgan holda, biz Vazirlar Mahkamasining bugungi
kengaytirilgan majlisida ko’rib chiqiladigan asosiy vazifaning ijrosiga yanada katta
mas’uliyat bilan yondashmog’imiz kerak. Ya’ni, 2010 yilda mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini tanqidiy baholashimiz va shu asosda
2011 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo’nalishlarini
aniqlab olishimiz darkor.
Iqtisodiyotimizda 2010 yili yuqori o’sish sur’atlari ta’minlanib, aholining
real daromadlari 123,5 foizga oshdi, o’tgan yilda inflatsiya darajasi 2009 yildagi
7,4 foiz o’rniga 7,3 foizni tashkil qildi. Bu avvalambor qat’iy, shu bilan birga,
puxta o’ylangan pul-kredit siyosati va inqirozga qarshi ko’rilgan samarali chora-
tadbirlarimizning natijasidir.
Aytish kerakki, bunday iqtisodiy o’sish ko’p jihatdan iqtisodiyotda soliq
yukini pasaytirishga qaratilgan va izchil amalga oshirilayotgan siyosat bilan
bog’liq. Jumladan, 2010 yilda yuridik shaxslar uchun daromad solig’i 9 foizgacha,
miqrofirmalar va kichiq biznes uchun yagona to’lov 7 foizgacha tushirilgani
buning amaliy tasdig’idir. Shu borada o’tgan yili Davlat byudjeti yalpi ichki
mahsulotga nisbatan oshirib, Ya’ni 0,3 foiz profitsit bilan bajarilganini ta’kidlash
zarur.
Banklarning kredit va investitsiya faoliyatida ham ijobiy o’zgarishlar amalga
oshirilmoqda. 2010 yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo’naltirilgan kreditlarning
umumiy hajmi 35 foizga ko’paydi. Shunisi e’tiborga loyiqki, 2010 yilning
4
oxiridagi holat bo’yicha ichki manbalar hisobidan berilgan kreditlarning tijorat
banklari umumiy kredit portfelidagi yalpi ulushi 85,1 foizni tashkil etdi.
Tashqi qarzlar asosan uzoq muddatga, faqat iqtisodiyotning strategik
tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha investitsiya loyihalarini moliyalashtirish
uchun jalb qilindi.
Banklarning kredit portfeli tarkibida ham sifat o’zgarishlari ro’y bermoqda.
Umumiy kredit portfelida o’zoq muddatli, Ya’ni 3 yildan ortiq muddatga
beriladigan investitsiya kreditlarining ulushi 2000 yilning oxiridagi 35 foizdan
2010 yilning oxirida 75,2 foizga o’sdi
1
. Barcha reja va dasturlarimiz vatanimiz
taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi.
Demak, biz ushbu ustuvor vazifalarini respublikamiz tijorat banklardan biri
bo’lgan, OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning Chirchiq filialida buxgalteriya
hisobini to’g’ri yuritish zarur. OATB “O’zsanoatqurilishbank”ning faoliyatda
xizmat qilayotgan xodimlarning mehnatiga to’lanadigan mehnat haqlari va
moddiy rag’batlantirish borasidagi hisob-kitoblar bo’yicha buxgalteriya hisobini va
auditini tashkil etish hamda samarali tashkil qilish muhim ahamiyatga egadir.
Shu
boisdan,
ushbu
vazifa
va
maqsadlar
ayniqsa,
OATB
“O’zsanoatqurilishbank” faoliyatda mehnatga haq to’lash operatsiyalari hisobi va
auditini to’g’ri tashkil qilish dolzarb vazifa hisoblanadi. Chunki OATB
“O’zsanoatqurilishbank” xodimlari xizmatlari bo’yicha mehnat xaqlari hisobini
va auditini amaldagi tizmini amalga oshirilish tufayli olib borilayotgan mehnat
haqi hisob kitobi boshqaruv talablariga ayrim o’ziga xususiyatlarining o’zgarishlar
tufayli muvofiqlashtirish zarurdir. Shuningdek, yuqoridagi bayon etilgan
masalalarni ijobiy hal etish mazkur mavzu bo’yicha bitiruv malakaviy ilmiy
izlanishlar olib borishni taqozo etadi va bitiruv malakaviy ishda aynan ushbu
masalalarni yorish zaruriyatini belgilab beradi.
1
Prezident Islom Karimovning 2010 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga
mo’ljallangan eng muhim ustuvor yo’nalishlarga bag’ishlangan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
majlisidagi ma’ruzasi. (“Xalq so’zi” 2011 yil 22 yanvar’, № 16 (5183))
|