1.2.Ota-onalar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar
va ularning farzand tarbiyasiga ta’siri.
Musulmonchilikda erkak kishi zimmasiga oilani boshqarish uchun katta mas’uliyatlar yuklatilgan va shuning uchun erga tegishli vakolatlar berilgan.
Erkak oilaning boshlig’i ekan, oilada erkak xotini va farzandlari oldida rahbar vazifasini bajaradi. Shundan kelib chiqib Kur’onda so‘z boradi: «Erkaklar xotinlari ustida rahbardirlar. Bunga sabab Alloh ularning birodarini birodaridan (ya’ni erkaklarni ayollardan) ortiq qilgani va erkaklar (xotinlari va oilalari uchun) o‘z mol-mulklaridan sarf-xarajat qilganlaridir» (Niso surasi 4:34).
Erning xotin oldidagi burchi qoidasi. Ibn Umarning guvohlik berishicha Muhammad Payg’ambarning hayoti haqidagi Hadis kitobda batafsil ifodalangan: «Har biringiz sizning (oilada va jamiyatda) mavqeingiz bevosita majburiyatlarning himoyachisi va muhofaza hisoblanasiz va sizga tobelikda yoki naslingizda bo‘lganlarning harakatlari uchun javob beradi. Erkak o‘z uyida yashovchilar uchun targ’ib o‘rnatuvchi hisoblanadi. O‘z navbatida ayolning ham o‘z eri va bolalariga nisbatan haqi bor. Boshqacha aytganda xar biringiz o‘z urug’ingiz sarboni va o‘z qavmingiz uchun mas’ul hisoblanasiz»1.
Hakiqiy musulmon erkak kishi Muhammal Payg’ambarning fikricha kuyidagi koidalarga rioya kilishi kerak:
1. Xotini bilan hamisha yaxshi muomalada bo‘lishi.
2. Agar ular (xotini) juda bema’ni ish qilishmasa, ularga ozor bermaslik va mabodo noo‘rin ish qilgan taqdirda ularni beozor urish mumkinligi.
3. Har qanday holatda ham ayolga qarshi hech qanday ish qilmaslik.
4. Chunki erkakning xotinida va o‘z navbatida xotinni o‘z erida ham haki borligi. 5. Erga yoqmaydigan kishilarni uyga kiritmaslikni talab kilish.
6. Xotinni eridan o‘ziga nisbatan yaxshi boqishini va yaxshi kiyintirishini talab qilishga xaqli ekanligi
Bu borada erlarni xotini bilan yaxshi yashashi hakida Qur’oni Karimda shunday deyiladi: «Ular bilan tinch-totuv yashanglar. Agar ularni yomon ko‘rsangizlar ham (sabr kilib inoq holda yashayveringlar). Zero, sizlar yomon ko‘rgan narsada Alloh ko‘p yaxshiliklarni qilib qo‘ygan bo‘lishi mumkin» (Qur’on, Niso surasi ).
Haqiqiy musulmon kishi islom dini qadriyatlariga amal qilmasligi mumkin emas. Hatto uyga kirar ekan, u birinchi bo‘lib xotini va bolalariga salom berishi va ularga yaxshilik tilashi kerak. «...Qachon uylarga kirsangizlar bir-birlaringizga Alloh huzuridan bo‘lgan muborak pokiza salomni aytinglar (ya’ni «Assalom alaykum», denglar») (Nur surasi).
Erkak kishi tegishli ravishda o‘z oilasiga g’amxo‘rlik qiladi. Bunday g’amxo‘rlik erkak kishi zimmasiga muayyan majburiyatlarni yuklaydi. Boshqacha aytganda, erkak kishi o‘z oilasi va farzandlari uchun to‘liq javob beradi. Bu bir musulmon kishi his qiladigan javobgarlikdir Abu Hurayra guvohlik berishicha, Hadislardan biri oila uchun erkak kishining javobgarligi darajasini aniq belgilab beradi: «Tangri yo‘lida siz sarflaydigan dinorlardan, ya’ni qul sotib olishga sarflaydigan, qashshoklarga sadaqa sifatida beradigan, zavjangiz va bolalaringiz uchun sarflaydigan dinorlardan (Tangri) sizni taqdirlashda eng qimmatlisi, oilangiz uchun sarflaganingizdir»
Oilada ayol kishining roli ham katta ahamiyatga ega, chunki har bir musulmon ayoli alohida fazilatlarga ega bo‘lishi kerak:
... U eri yo‘qligida nomusi va mol-mulkni saqlaydi: «ibodat-itoatli va erlari yo‘qligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol-mulklarini va o‘z iffatlarini) saqlovchi xotinlar yaxshi xotinlardir» (Niso surasi).U sababsiz taloq so‘ramaydi. Hadislardan birida shunday deyiladi: «(Islomda) ruxsat berilganlardan Alloh eng xushlamaydigani taloqdir» va «sababsiz taloq so‘ragan ayol hatto jannat bo‘yini hidlamaydi».Ayol eriga biror zarar etkazishdan tiyiladi, doim uydan chiqishga, mehmon chaqirishga va boshqa muhim masalalar bo‘yicha eridan ruxsat so‘raydi.
Bolani chaqaloqlikda ko‘tarish, o‘stirish va unga g’amxo‘rlik qilish ayolning vazifasiga kiradi. Payg’ambar deganki: «o‘z erlariga yaxshi munosabatda bo‘lgan, bolalar tuqqan (agar tug’olsa) va doim o‘z erining ehtiyojlarini bajarishga yordam bergan ahli ayollaringiz jannatga kiradi...»
Bu nafakat buyuk, balki o‘ta muhim vazifa hamdir.Shohjahon Jamna daryosi bo‘yiga o‘z umr yo‘ldoshi Arjumandbonu begimga atab qurilgan Tojmahal maqbarasi buyuk insoniy muhabbat, sadoqatga qo‘yilgan haykaldir.Maqbara (arab, marqad, turbat) - biror mayitning jasadi joylashgan meʼmoriy inshoot yoki tosh tobut (daxma, sagʻana).
Shohjahon shu maqbaralarni tiklaganda jon bergan... Ko‘zi yumilmay ochiq qolgan. Erkaklar, ayollar o‘z umr yo‘ldoshiga mehribon, oqibatli, sadoqatli bo‘lgan, sevgini o‘z qalbida beg’ubor saqlashi shikast etkazmay, ma’naviy kamoloti darajasining ko‘rsatkichidir.
O‘zbeklar hamma vaqt farzand ko‘rishni baxt, farzandsizlikni baxtsizlik deb qadrlaganlar. «Bolali uy bozor». Bolalar tashvishi bilan bog’liq bo‘lgan ishlarni ham ota-onalar ichki bir mas’uliyat sifatida quvonch bilan, quvonch aralash tashvish bilan bajaradilar. Bolalarining tashvishi qanchalik ko‘p bo‘lsa ham ota -onalar hech vaqt buni o‘zlari uchun og’ir yuk deb bilmaydilar. Ba’zan ishdan charchab yoki biror narsadan ranjib qolganlarida bolalarning g’alvasi ortiqcha...
Ota-ona uchun ko‘p farzandlari o‘ynab yurgan uy hech vaqt tor bo‘lmaydi. Bolalarsiz huvillab qolgan, bahaybat xonadon tor ko‘rinadi. Bolalar oiladagi ma’naviy muhitnigina emas, balki er bilan xotin o‘rtasidagi munosabatni ham mustahkamlaydi. Farzandli oilalarda er bilan xotinlarning birbiriga bo‘lgan hurmati oshadi...
Bolalarning ko‘pchiligi ulg’aygani sari ota - onaning bir - biriga kerakliligi yanada oshadi. Farzand bo‘lmasa har qanday kuchli muhabbat ham darz keta boshlaydi, farzandsiz turmush bo‘lmaydi. U har qanday oila uchun ham fojeadir.Ota-ona hamda farzandlar o‘rtasidagi ishonch, xurmatga asoslangan munosabatlar - oila mustahkamlanganligining yana bir zaminidir.Shariatda oilaviy turmushning ma’naviy, huquqiy asoslari keng yoritib borilgan. Ulardan biri - har bir yigit o‘zi uylanadigan qizni, qiz esa yigitni ko‘rib, bilib olmog’idir.O‘zbekistonda istiqomat qiladigan barcha millat va elatlar xotin-qizlarga munosabatda Asosiy Qonunning xalqaro huquqqa mos qoidalariga amal qiladilar. O‘zbeklar ayolga, avvalo, Ona, mehribon opa-singil, ardoqli qiz deb qaraydilar.
Oilada ayolning o‘ziga xos mavqei va o‘rni bor. Xalqning boy madaniy merosi, adabiyoti, san’ati va falsafasi milliy g’oyasida aks etadi. Shuningdek ayollarining go‘zallik va nafosati, ularning vafo va sadoqati timsoli sifatida gavdalanadi.
Onaga bo‘lgan hurmat va sadoqat – eng oliy qadriyatdir. Shuning uchun Vatanga, milliy tilga nisbat berilganda Ona nomi qo‘shiladi. «Xalqimiz orasida Ona so‘zi muqaddasdir, uni tushunmaganlarning aqli pastdir», - degan xikmat mavjud.Ey mehribon ota-ona! Ehtiyot bo‘l! Shaytonning aldashiga, hiylasiga uchma! Nafsning so‘zlariga quloq solma!
Boyligim, qo‘sha-qo‘sha mashinam, dang’illama uy-joyim, mulkim, davlatim bor deb shaytonning befahm sherigi bo‘lmagin! O‘lar ekansan, dunyodan bir chaqa ham olib ketmaysan. O‘zingga kel, esingni yig’! Diningni sev, bola-chaqangni dinni sevadigan qilib tarbiya ber. Avlodni dinsiz etuvchi – otadir, muhitdir, yurtdir. Allohga shukmlar bo‘lsinki, mustaqil O‘zbekistonimizda – ona Vatanimizda diniy bilimlar olish sharoit yaratildi.
Ta’lim va tarbiya dinga, Alloh va Payg’ambarimiz (S.a.v.)ning amrlariga uyg’un bo‘lishi kerak.Jannat rayhonlari bo‘lmish farzandlarimizning faqat dunyoga havasi, moddiy ehtiyojlarinigina o‘ylab, ma’naviyatini unutmaylik.
Bir dono ota o‘z farzandiga shunday nasihat beribdi:
Ikki eahonda sadoqatli bo‘layin desang quyidagi pandu-nasihatlarga amal qil!– Ey farzand, vijdonli bo‘l! Haq Subhonahu va taolo rahmatidan noumid bo‘lma, qanchalik dono bo‘lsang ham o‘zingni shunchalik nodon deb tasavvur qil. Shunday qilsang yanada donoroq bo‘lasan. Ilmu donishing qanchalik ko‘p bo‘lsa ham yana ilm tahsil qilaver va bu ilmni o‘z joyida ishlat! Aytgan so‘zingni takrorlayvermaki, uni eshitish vaqtni bekorga o‘tkazishdir. Omi odamga omiyona, olimga olimlarcha tushintir, so‘zni har bir odamning fahmu-farosatiga muvofiq gapir. Gapiruvchining so‘zidan kimligini bilishni o‘rgan. Chunonchi, hazrati Ali – Alloh uning yuzini mukarram qilsin – aytadilar: “Kishiningziynati taylasoni (choponi)da emas, balki lisoni (tili)dadir”, - deydi.
Odamlardan biror narsa eshitsang, unga amal qilayotgan vaqtda ehtiyot bo‘lginki, xalq ichida da’vo va g’avg’o yuz bermasin. Har bir ishda o‘rtacha yur. Qanchalik mukammal bo‘lsang ham, o‘zingni kamroq his qil. Gavhar bilan emas, hunar bilan faxrlan. Ota fazilati bilan emas, o‘z fazilating bilan keril! Chunonchi hazrati Ali – Alloh undan rozi bo‘lsin – aytadi: “Insonning sharafi asli va nasli bilan emas, balki fazli va adabi bilandir”.Ey farzand! Yolg’ondek tuyuladigan rostni gapirishdan ehtiyot bo‘l!Sendan biror narsa haqida so‘rasalar, qanchalik mukammal mag’rurlanma. Dunyoda ranju-kulfat tortmayin desang, senga ishonib aytilgan sini oshkor qilma!
Ma’lumki, shu Sharqda, oila tushunchasi, oila qurish va uning mustahkamligi, farovonligi va barqarorligini ta’minlash insonning o‘z millati, avlod-ajdodlari, jamiyat oldidagi muqaddas burchi hisoblanadi.
Yurtboshimiz ta’biri bilan aytganda: “Bunda o‘zaro hurmat va qattiq tartib bo‘lmasa, oilaning barcha a’zolari o‘z burchlarini ado etmasa, bir-biriga nisbatan ezgulik bilan mehr-oqibat ko‘rsatmasa, yaxshi va munosib tarzda yashash mumkin emas. O‘zbeklarning aksariyati o‘zining shaxsiy farovonligi to‘g’risida emas, balki oilasining qarindosh urug’lari va yaqin odamlarining, qo‘shnilarining omon-esonligi to‘g’risida g’amho‘rlik qilishni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Bu esa eng oliy darajada ma’naviy qadriyat, inson qalbining gavharidir”.
Har bir oila ijtimoiy munosabatlarni o‘ziga xos tarzda aks ettiradi. Oilaviy munosabatlar alohida olingan har bir holatda o‘ziga xos tomonlarga ega bo‘ladi. Chunki, bu munosabatlar o‘ziga xos ma’naviy qiyofaga ega bo‘lgan kishilarning o‘zaro ta’sirining natijasidir. Shunga ko‘ra, oilaning bolaga ta’siri spetsifik, o‘ziga xos bo‘lgani uchun, uning ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishi ham o‘ziga xos va takrorlanmasdir.
Ikkinchidan, bola o‘z ota-onalarining xatti-harakatlari, butun hayotiy faoliyatlarini kuzatib yuradi. Shu tufayli narsa va hodisalarga ta’sir qilishga qodir bo‘lgan faoliyatning sub’ekti sifatida o‘z-o‘zini anglay boshlaydi.
Uchinchidan , oila o‘ziga xos hissiyotlar olamidan iborat bo‘lib, unda ijobiy va ba’zan salbiy his-tuyg’ular jamuljam bo‘ladi. Ana shu boisdan bola hissiyotini tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Agar oilada o‘zaro hurmat va ishonch bilan birga, yaxshi kayfiyat asosidagi sog’lom muhit qaror topgan bo‘lsa, bu bola ruhiyatiga, uning hissiyotiga ijobiy ta’sir etishi tabiiydir.
To‘rtinchidan, oila sharoitida bolalarda o‘zgalarga nisbatan hamdardlik tuyg’ulari ham tarbiyalanadi. Chunki bola yoshligidanoq hayotda g’am-tashvishlar bilan quvonch-sevinchlar birga yurishligini anglab borishi kerak. Ota-onalar bolalarida jamiyatda va oilada kerakli ekanliklarini ilk bor his qilishni uyg’ota olsalar, insondagi bebaho xislat bo‘lgan mehnat qilish quvonchidan bolani bahramand qilgan bo‘ladilar.
Beshinchidan, oiladagi maishiy turmushda bolaning ishtirok etishi ham axloqiy tarbiyaning muhim omili hisoblanadi. Chunki, bola hayoti asosan uy sharoitida o‘tadi. Oila a’zolari o‘rtasida muomala madaniyati oilaviy tarbiyada muhim o‘rin o‘ynaydi.
Ota-onalar ma’naviy jihatdan qanchalik boy bo‘lsa, ular o‘z farzandlariga nisbatan shu qadar jiddiy va mas’uliyatli munosabatda bo‘ladilar. O‘zlaridagi mavjud ma’naviy-axloqiy fazilatlarni farzandlari timsolida ko‘rishni har qanday ota-ona orzu qiladi.
Oilada milliy madaniyatni saqlash va rivojlantirish muhim rol o‘ynaydi. Agar ota-onalar jamiyatimiz tomonidan oilaga, o‘sib borayotgan avlod tarbiyasiga qo‘yiladigan talabni bilsa, axloqiy tarbiya samarali bo‘ladi; axloqiy tarbiyalash jarayonida bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda milliy o‘zbek an’analaridan foydalaniladi; ota-onalar pedagogika va psixologiyaning zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda va oilaviy tarbiya masalalari bo‘yicha Sharq mutafakkirlarining boy madaniy merosidan foydalangani holda o‘zining pedagogik ma’lumotini doimo oshirib boradi.«Farzandlarimizning ongi shakllanadigan maktab yoshigacha bo‘lgan davrda ota-bobolarimizdan qolgan urf-odatlar, go‘zal qadriyatlar va zamonaviy tarbiya usullariga amal kilgan holda tarbiyalash, ularni ko‘z o‘ngida ochilayotgan dunyo mo‘’jizalari bilan tanishtirib borish, - dedi
Oila va oilaviy tarbiya bugungi kunda dolzarb muammolardan biridir. Chunki, jamiyat uchun aqlan yetuk, axloqan pok, jismonan baquvvat, ruhan boy avlodni tarbiyalashdan manfaatdor. Bunday avlod, eng avvalo, ma’naviy-axloqiy jihatdan sog’lom va mustahkam oilada shakllanadi. Chunonchi oilani rivojlantirish va mustahkamlash uchun qilinadigan g’amxo‘rlik kelajak avlod taqdiri bilan bog’liqdir. Har qanday jamiyatda ham buyuk davlatning barpo etilishi yoshlar qanday bo‘lishlariga, ularning qanday tarbiya olishlariga bog’liq. Taniqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy «Tarbiya bizlar uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» deb yozgan edi2.
Milliy mafkuraning negizida yosh avlodni milliy mustaqillik ruhida tarbiyalash g’oyasi yotadi. Mustaqillik ruhida tarbiyalash yoshlarni milliy g’urur, milliy iftixor, Milliy ong va o‘z-o‘zini anglash, vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantirishni taqozo etadi.O’zbekiston respublikasining ―Ta‘lim to’g’risida‖gi Qonunida ta‘lim muassasalari oldida turgan asosiy masalalardan biri ―bola shaxsining to’laqonli rivojlanishida oila bilan o’zaro hamkorlik qilish‖ deb ko’rsatilgan. Bu ustuvor yo’nalish ta‘lim sohasida olib borilayotgan ishlarning barcha jabhalarini qamrab oladi.
Bolalarni tarbiyalash ota-onalarni pedagogik bilimlarini oshirish bilan chambarchas bog’liq. Ota-onalar tomonidan bolaning xarakteriga asos solinadi, uning atrofdagilar bilan o’zaro munosabatlari shakllanadi. Har bir oila farzandini o’zicha tarbiyalaydi, ammo har bir oila turli vaziyatlardan kelib chiqqan holda turli darajada malakali pedagogik yordamga muhtoj bo’ladi. Lekin, hamma ota-onalar ham bu yordamni qabul qilmaydilar. Bolani kuzatayotgan, uning muammolarini biladigan pedagogning vazifasi ota-onalarni hamkorlikka jalb qilish yoki ularni pedagogik tamoyillarni tushunish va bilishga yo’naltirishdi.
Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan farzand yashayotgan va tarbiyalanayotgan, maktabda o’qiyotgan oilalar turli bo’lib, bular oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarida, ota-onalarning ma‘lumoti, ularning tarbiya muammolari bo’yicha xabardorligida namoyon bo’ladi. Bolalar-va ota-onalar o’rtasidagi munosabatlarda muammolar, qiyinchiliklar kelib chiqadi.
A.S. Spivakovskayaning ma‘lumotlariga ko’ra ota-onalar o’tkasida o’tkazilgan so’rovnomalar ularning korreksiyalash masalalari bo’yicha pedagoglarga murojaat etmasliklarinig sabablarini ko’rsatgan. Bularga:
ota-onalar qiyinchiliklarga e‘tibor bermasliklari;
noqulay deb hioblashlari, chunki bu turdagi maslahatlar pedagogning vazifasiga kirmaydi;
pedagog bilan muloqot qilishda qiynaladilar;
-muammolarni o’zlari hal qilamiz deb hisoblaydilar;
pedagogning kasbiy kompetensiyasidan shubhalanadilar. Pedagoglarga bu muammoga boshqa tomondan qaraydilar:
ota-onalar indamasdan muammolarni tinglaydilar, lekin barcha ishlarni
o’zlaricha qiladilar;
Ota-onalar bilan gaplashish qiyin, chunki ular o’zlarini haq deb biladilar va farzandlarining tarbiyasiga boshqalar aralashishlarini istamaydilar;
ko’p ota-onalarning yoshi pedagognikidan katta va shuning uchun ularninge‘tiborini qozonish va bolasining tarbiyasi bo’yicha maslahatlar berish mushkul. Bularning barchasi yana bir bor oila bilan ishlashda defektolog uchun haletilmagan ko’plab masalalar mavjudligini ko’rsatadi. Maktabning pedagogik jamoasi rivojlanishida nuqsoni bo’lgan ota-onalarga yordam berishlari uchun avval maktab, muassasa xodimlari bilan tizimli va maqsadga yo’naltirilgan ishlarni, so’ngra esa pedagoglarning ota-onalar bilan asta-sekinlik, har tomonlamao’ylab ko’rilgan ishlarni olib borish lozim. Bolalar va ularning ota-onalari bilan obyektiv vaziyatni e‘tiborga olgan holda ishlashni o’rganigsh zarur. Chet el va respublikamizdagi olimlar maktab oilaning ehtiyojlarini faqat to’liq ravishda ―ochiq tizim‖ bo’lganida qondira olishini isbotlab berganlar.
Ota-onalar erkin, o’zlarining vaqtlaridan va istaklaridan kelib chiqqan holda maktab hayotiga kirib borib bolaning maktabdagi faoliyati, pedagogning bolalar bilan muloqot qilish usuli bilan tanishish imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak.
Ota-onalar uchun maktabning ochiqligi ularning pedagogik bilimlarini, kompetentligini oshirishga yordam berishi mumkin. Pedagoglar va ota-onalarning hamkorligi quyidagi tamoyillarga asoslanishi kerak:
-bolaning maktabda va oilada hissiy, ma‘naviy va jismoniy ehtiyojdarini qondirish;
-maktabda va oilada tarbiyalash va rivojlantirishda birdamlik;
-bola shaxsini ota-onalar va pedagoglar tomonidan hurmat qilinishi;
pedagoglar tomonidan oiladagi tarbiyani, ota-onalar tomonidan- jamiyatda tarbiyalash shartlarini e‘tiborga olinishi.
Maktab yo pedagogik dialog bilan kirib borib oila bolaning tarbiyasibo’yicha aniq bilimlarga ega bo’ladi, mutaxassislarning ish shakllari, usullari bilan tanishadi, oilada tarbiyalash mahoratiga ega bo’ladi.Hozirgi vaqtda ota-onalar bilan ishlash yangi darajada bo’lib, uning vazifasi rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolaning hayoti sifatini oshirish va maktab, oila sharoitida rivojlantirishdir
Pedagoglarning ota-onalar bilan hamkorligi pedagogning kasbiy mahoratining o’sib natijasidagina amalga oshadi. Korreksion pedagogika,psixologiya va boshqa sohalar bo’yicha bilimlar bilan qurollangan pedagog ota-onalarbilan bemalol muloqot qila oladi, ular bilan rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolani tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan muammolarni hal etishda sherikchilik iladi.
Bunga maktabning oila uchun ochiligi imkon yaratadi:
ota-onalar tomonidan maktabga tizimli ravishda qatnash;
bayramlarni birgalikda o’tkazish;
pedagoglar tomonidan tarbiyalanuvchilarining oilasiga tashrif buyurish va bunda ota-onalar bilan hamkorlik rejalarini tuzish;
Suhbatlar,o’tkazish, maslahat berish, bolalar faoliyatini ko’rish va hokazo. Oila ham pedagoglar tomonidan hurmat qilinishini talab etadi.
Hozirgi vaqtda korreksion ta‘lim bosqichida ota-onalar bilan sifatli ish olib borishning maqbul yo’nalishlariga quyidagilar kiradi:
Korreksion pedagogika va psixologiyaning ― klassik tizimi‖ining eng yaxshi tomonlarini amalda qo’llash. Oila bilan ishlashda buyruqbozlik, korreksion muassasaning ―yopiqligidan voz kechish.
Avvalgi eng yaxshi tajribalarni zamonaviy texnologiyalar korreksion pedagogika sohasidagi ishlanmalar bilan birlashtirish.
Ikkinchi yo’nalish. Ota-onalar bilan ishlash oilada tarbiyalashning tajribasi bilan tanishini nazarda tutadi, shu tarzda oiladagi tarbiya va jamoatdagi tarbiya yaqinlashadi. Oiladagi tarbiyaning eng yaxshi namunalaridan maktab sharoitida ham foydalanish zarur, maxsus muassasaning yutuqlari oila uchun kerakdir.
Maxsus muassasa va oilaning hamkorligini yangi shakliga rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tarbiyalash masalalari bo’yicha pedagogik adabiyotlar ko’rgazmasini tashkil qilish, ota-onalarga bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni tashxis qilish va korreksiyalashga, pedagogik taxminlar, psmixologik testlashga doir fandagi yutuqlar haqida ma‘lumot berish kiradi.
Pedagoglar va ota-onalarning o’zaro hamkorligi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi va uning vazifasiga ota-onalarning faol pedagogik pozitsiyasini shakllantirish kirishi lozim. To’g’ri tashkil etilgan ish ta‘limiy xarakterga ega bo’ladi. Pedagog oilada tarbiyaning ijobiy tajribalariga tayanishi, uni yoyishi kerak. Hamkorlikning eng birinchi va hal qiluvchi sharti pedagog va ota-onalar o’rtasidagi ishonchli munosabatlardir. Aloqa shunday bo’lishi kerakki, ota-onalarda tarbiyaviy va taxlimiy jarayonga nisbatan qiziqish uyg’onsin.Ikkinchi, yanada ahamiyatli bo’lgan vazifa – oilani pedagogik ko’nikma va bilimlar bilan qurollantirishdir.
Pedagogik hamkorlik jarayonini bunday tarzdatashkil etish natijasida ota-onalarning faqatgana o’zining farzandinitarbiyalashdagina ema, balki butun sinning tarbiyaviy ishlarida faol ishtirochkchiga aylanishini ko’rish mumkin. Pedagoglar va ota-onalar sherik sifatida bir-birlarini to’ldirib boradilar. Sherikchilik munosabatlari ikkala tomnning tengligini, o’zaro iliq munosabat va hurmatni nazarda tutadi.
Oila va maktabning hamkorligida quyidagilar nazarda tutiladi:
oilani uning bola tarbiyasidagi imkoniyatlarini aniqlash maqsadida o’rganish;
oilalarni bola tarbiyasidagi ahloqiy imkoniyatlari bo’yicha guruxlash;
pedagog va ota-onalarning birgalikdagi harakatlari bo’yicha dastur tuzish;
tarbiyaviy faoliyatning oraliq va yakuniy natijalarini taxlil qilish;
Hozirgi vaqtda barcha mutaxassislar ota-onalarni maktab ishiga jalb etishning zarurligini tan oladilar, ammo pedagog va ota-onalarning o’rtasidagi munosabatlarda ma‘lum bir disgarmoniya, muvofiq emaslik ham kuzatiladi. Bunday munosabatlarning rivojlanishiga shaxsiy hamda kasbiy omillar to’sqinlik qilishi mumkin: vaqtning yetishmasligi, o’ziga ishonmaslik, etnik stereotiplar, alam qilish hislari- bularning barchasi, shaxsiy va kasbiy qarashlar oilalarga bolalarining tarbiyasida faol ishtirokchi bo’lishiga to’sqinlik qiladi.
Shuning uchun pedagoglarning o’zlari tashabbus ko’rsatib har bir alohida oila bilan qanday hamkorlik qilishni tushunishlari kerak. Ota-onalarning ishtirokida individual yondoshish tamoyilidan foydalanib ko’pchilik oilalarni ishga jalb etishning turli-tuman usullarini ishlab chiqish mumkin.
Ota-onalarning ishtirokini 5 darajasi ajratiladi
bir martalik yordam ko’rsatish;
ota-onalarning qobiliyatlaridan ba‘zan mashg’ulotdar o’tishda
foydalaniladi;
ota-onalar doimiy ravishda yordam ko’rsatadigan ko’ngilli
yordamchilarga aylanadilar;
ota-onalar sinfda ishning asosiy yo’nalishlarini aniqlashga yordam
beradilar;
5) ota-onalar maktabning ishida yordam beradigan ko’p masalalarni
muhokama qilishda ishtirok etadilar;
Har bir variantda ota-onalarda tajriba almashishb, bir-biridan ma‘ulm bir malakalarni o’rganish imkoniyati mavjud. Shuning uchun ish davom etgan sari ota-onalar ishtirokining imkoniyatlari ko’payib boradi. Pedagog oila a‘zolarining qaysi biri sinfning ishida ishtirok etishidan fqat‘iy nazarmota-onalarga yordam berishga doimo tayyor bo’lishi kerak. Asta-sekinlik bilan berilgan yordam vaqo’llab-quvvatlash ota-onalarga o’zarini ancha dadil tutishga, mustaqil ishlashga imkon yaratadi.
Ota-onalarning kuchli tomonlari va ijobiy sifatlari e‘tiborga olish ishning muvaffaqiyatli bo’lishini ta‘minlaydi. O’zaro munosabatlarning rivojlanib borishi bilan ishonch mustahkamlanadi, ota-onalar rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolani tarbiyalashda ma‘lum bir ma‘suliyatga ega bo’ladilar.
Bolani har tomonlama rivojlantirishda maktab va oila hamkorligining mazmuni, shakl va metodlarini takomillashtirish juda muhim. Maxsus muassasa pedagogi bu vaziyatda bolalarning tarbiyachisi va ota-onalarning sherigi sifatida ish ko’radi. Pedagoglar va oila a‘zolari o’rtasidagi aloqaning xarakteri va samaraliligi maktabning oila bilan hamkorligidagi ishning metodlarini to’g’ri tanlashiga ham bog’liq bo’ladi.
Shunday qilib rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolani shakllanishida maktab va oilaning o’zaro hamkorligi muhim va ahamiyatlidir.Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarni tarbiyalashda maktab va oilaning hamkorligi muhim bo’lib uning samarali bo’lishi pedagog va ota-onalarning bir fikrdaligidan kelib chiqadi.Rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolaning shaxsni shakllanishida va rivojanishida ham pedagog va ota-onalarning hamkorligi zarur.
Ota-onalarning bola hayotida faqatgina uyda emas, balki maktabda ham ishtiroki:
dunyoni bolalar pozitsiyasida ko’rishga;
farzandiga o’ziga teng sifatida qarashga;
bolaning kuchli va kuchsiz tomonlarigi bilish va ularni e‘tiborga olish;
bolani hissiy o’llab-quvatlashga tayyor bo’lish;
-bola bilan ishonchli munosabatlar o’rnatish, uning ishlarida ishtirok etish, uning quvonchlari va g’amlarini birgalikda sezish imkonini beradi.
Zamonaviy tadqiqotlar bolaning tarbiyasida oilaning asos ekanligini ta‘kildaydi va oiladagi tarbiyaning kuchi va turg’unligini beglilaydigan omillarni ko’rsatib bergan. Bularga quyidagilar kiradi:
1. chuqur, hissiy xarakterga ega bo’lgan ota-onaning farzandga bo’lgan sevgisi va unga javob hislar;
II-BOB BOLA SHAXSINI OILADA TARBIYALASH.
Dostları ilə paylaş: |