"Himoyaga ruxsat etilsin"



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə11/15
tarix02.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#124123
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
DURDONA BMI 2023 (2)

-birinchidan, talabalarning jismoniy madaniyat qadriyatlarini ijodiy rivojlantirish omillariga e’tibor qaratish;
-ikkinchidan, talaba shaxsida jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojlarini shakllantirishda xizmat qiluvchi birlamchi sport amaliyotlarini ta’lim tizimiga olib kirish va uni mezonlarini belgilash;
-uchinchidan, talaba jismoniy imkoniyatlarini aniqlash, sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlashga qaratilgan hamda organizmni har tomonlama rivojlanishiga qaratilgan sport mashqlari kombinatsiyasini ta’lim tizimiga olib kirish;
-to‘rtinchidan, talabaning jismoniy tayyorgarlik darajasini oshirish va muhim individual xususiyatlarini tarbiyalash hamda psixomotorik qobiliyatni rivojlantirish;
-beshinchidan, talabani sog‘lom turmush tarzi hamda jismoniy chiniqish bilan bog‘liq manbalar bilan pedagogik texnologiyaning zamonaviy metodikalari orqali ta’sirchan va motivatsion yo‘naltirish;
- oltinchidan, talabaga jismoniy chiniqish va sport mashg‘ulotlari bilan ongli ravishda shug‘ullanish hamda o‘zini o‘zi kamol toptirish tushunchasini dasturlash;
-yettinchidan, talaba shaxsida jismoniy chiniqish barqarorligiga bo‘lgan ehtiyoj bo‘sh vaqtni maqsadli va samarali tashkil etish, har qanday faoliyat turidan ko‘ra ko‘piroq foydali koeffitsentga egaligini singdirish;
-sakkizinchidan, talaba faoliyati muvaffaqiyatining asosida, jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojning shakllanishi yotishini anglatish.
Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari asosida talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojini shakllantirish metodikasi ustuda ish olib borish bugungi kunda pedagogik, jismoniy tarbiya ta’limi, sport va sog‘lomlashtirish markazlari tomonidan keng va har tomonlama o‘rganilayotgan dolazarb masalalardan bo‘lib qolmoqda.
Bu masalada innovatsion pedagogik texnologiyaning samarali metodlarini aniqlash, uning diagnostika va korreksion jihatlariga e’tibor qaratish, o‘quv maqsadlari hamda vazifalarni belgilash ta’lim tizimining barcha bug‘inida jismoniy chiniqish barqarorligini yuzaga chiqarish amaliyotining tizimli dasturiga ega bo‘lishi ustuvor masalalardan bo‘lib qolmoqda. Masala mohiyati va uning qanchalik dolzarb ekanligiga e’tibor qaratgan holda talabalarning jismoniy chiniqishga barqarorligini shakllantirish metodikasini innovatsion pedagogik texnologiya negizida ko‘rib chiqish hamda an’anaviy ta’limdan ajratib tahlil etish orqali uning bir qator xususiyatlari metodik yondashuvini tavsiya etish mumkin:
-birinchi metodik yondashuv - bu strukturaviy yaxlitlik. Bunda talabalarning jismoniy chiniqishga barqarorligini shakllantirishda ta’sir etuvchi konstruktiv elementlarning doimiy to‘plamiga e’tibor qaratilgan holda, jismoniy chiniqishga ta’sir etuvchi strukturaviy element omillari, ularning individual texnik jihatlari, ijtimoiy ta’minoti, fazoviy shart-sharoitlari (yashash joyi, qulylik, iqlim sharoiti, shahar va qishloq, ekologik omillar va boshqa), ruhiy va jismoniy tayyorgarligi masalalariga e’tibor qaratiladi;
-ikkinchi metodik yondashuv – bu kafolatlangan samaradorlik. Bunda talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantirishga ta’sir etuvchi omillarni qanchalik amaliyotda o‘zini oqlaganligi, uning bir nechta muqobil variantlarining mavjudligi, turmush tarzini yaxshilanishiga yo‘nalganligi, individual rivojlanishiga ijobiy ta’siri, ruhiy jihatdan barqarorlikni ta’minlashi, o‘zini o‘zi tarbiyalashga yo‘naltirilganligi hamda motivatsion jihatlar bilan boyitilganligiga e’tibor qaratiladi;
-uchinchi metodik yondashuv - bu ijodiy takror ishlab chiqarish. Bunda talabalarda jismoniy chiniqishga barqaror ehtiyojni shakllantirishga ta’sir etuvchi texnologiyani ommaviy amaliyotga joriy etishda shaxsga xos bo‘lgan individual xususiyatni, ya’ni yashirin va ochiq formadagi enersiyani faollashtirish, sarflangan energiyani o‘rnini to‘ldirish, muqobil varantlar bilan optimallashtirish, boshqarish hamda ma’naviy omillar bilan muvofiqlashtirish orqali yangi imkoniyatlarni qo‘lga kiritish;

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin