Tizim xususiyati
|
An’anaviy ta’lim
|
Rivojlantiruvchi ta’lim
|
Ta’limning maqsadi
|
Bilim, ko‘nikma va malakalarni berish
|
Qobiliyatlarni rivojlantirish. Mavjud sharoitda mavzuni o‘rganish orqali o‘zini-o‘zi o‘zgartira oladigan qobiliyatlarni shakllantirish.
|
Ta’limni mazmuni
|
O‘qituvchi rejalashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalar
|
O‘quvchilarni izlanishi va amaliy ko‘nikmalarini mazmunli bo‘lishini ta’minlaydigan ilmiy tushunchalar tizimi
|
O‘qitish metodlari
|
Tushuntirish-namoyish etish metodi. Katta hajmdagi o‘quv axborotlarini aytib berish
|
O‘quv materiallarini o‘rganish uchun guruhlarga taqsimlash, topshiriqlar berish, topshiriqni bajarish jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi dialog
|
Integrallashgan nom
|
Xotira maktabi
|
Fikrlash maktabi, ochiq pedagogika
|
Pedagog shiori
|
Men kabi bajar
|
Qanday bajarishni o‘yla va bajar!
|
O‘qituvchi aqidasi
|
Men sizdan yuqoridamen
|
Men siz bilan birgamen
|
O‘qituvchi roli
|
Axborot tashuvchi, bilimlarni, urf-odatlar targ‘ibotchisi
|
O‘quv jarayonining boshqaruvchisi, maslahatchi, o‘quv jarayonini hamkorlikda tashkil etuvchisi
|
Pedagog vazifasi
|
Bilimlarni yetkazish
|
Shaxsni “o‘stirish”, rivojlantirish
|
O‘qitish usuli
|
Avtoritar
|
Demokratik
|
O‘qituvchi va o‘quvchining hamkorlik usuli
|
O‘qituvchi tomonidan monolog
|
Dialog-ikki tomonlama
|
O‘qitish metodini ustunligi
|
Axborotli
|
Muammoli-qidiruv
|
O‘quvchilar faoliyatini ustunligi
|
Eshitish, suhbatga qatnashish, yodlash, algoritm bo‘yicha ishlash
|
Mustaqil izlanuvchi, , ma’lumot beruvchi, turli ko‘rinishdagi ijodiy faoliyat
|
O‘quvchi vaziyati
|
Qiziqishi kam nisbatan passiv
|
Faol, tashabbuskor, qiziqishi yuqori
|
O‘qishga nisbatan motiv
|
Vaqti-vaqti bilan vujudga keltiriladi
|
Maqsadli, doimo vujudga keltiriladi
|
Darsning psixologik
faollik holati
|
Ba’zida, “o‘z-o‘zidan” faollik
|
Maqsadli, doimo faollik shakllantiriladi
|