Mavzuningdolzarbligi - Elektron pochta bu-(e-mail) internetdagi keng foydalaniladigan xizmatlardan biri
xisoblanadi.bunda axborotlarni jo’natish,o’qish,xatlarga javob berish va malumotlar uzatish jarayonlarini boshqarish ancha yengil bajariladi.
Mavzuning maqsadi - O`q1uvchilarga elektron pochta, Outlook Express dasturi haqida ma’lumot berish. O`quvchilarda elektron posish ko’nikmalarini tarbiyalash. O`quvchilarga iqtisodiy tejamkorlik tarbiyasi berish .O`quvchilarning mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.
Mavzuningvazifasi:
Elektron pochta haqida ma’lumotga ega bo’lish.
Elektron pochta imkonyatlari va kamchiliklarini o’rganish.
Elektron pochta bilan ishlashning qulayligi haqida malumotga ega bo’lish.
Amaliy elektron pochta ochishni o’rganish.
Elektron pochta yuborish va qabul qilib olish uchun alohida protokollar mavjud.
Pochtani yuborish uchun SMTP protokolidan foydalaniladi. Qabul qilib olish uchun esa POP3 yoki IMAP protokollari ishlatiladi
Elektron pochtaga 40 yil to‘ldi
Roppa-rsa 40 yil avval, 1971 yilning oktabrida birinchi email jo`natilgandi. Aynan o‘sha vaqtdan boshlab elektron xabarlar almashishning yangi davri boshlandi.
EMAIL QANDAY PAYDO BO`LGAN?
Ko`plab texnologik yangiliklar singari elektron pochta ham harbiy tadqiqotlar mahsuli hisoblanadi. 60-yillar yakunida Rey Tomlinson yangi tadqiqot ustida ish olib bordi. Olib borilayotgan ishning mazmun-mohiyati harbiy aloqa tarmog`i, internetning ilk shakli — ARPANET bilan bog`liq yangi texnologiyani yaratish edi. Rey EHM uchun fayllar uzatish dasturini yozdi.
Keyinroq fayllarni uzatish sohasida tajribaga ega Tomlinsonga SNDMSG nomli dasturni modifikatsiya qilish topshirildi. Amaldagi dasturda oddiy xabarlarni o`zaro almashish bitta komputerda amalga oshirilishi mumkin edi, xolos. Tomlinsonga yuklatilgan vazifa — xabarlarni bir komputerdan ikkinchisiga jo‘natishni ta`minlash edi.
azifa 1971 yilning oktabrida muvaffaqiyatli bajarildi. Yoddan chiqarmaslik kerak, bu davrda komputerlar juda qimmat bo`lib, oddiy aholi undan foydalanish imkoniga ega emasdi.
Bir necha yillar o`tib, Tomlinson The Times jurnaliga bergan intervusida ilk xabar qanday ko`rinishda bo‘lganini eslolmasligini aytadi, balki u shunchaki harflar yig`indisi, masalan, QWERTY shaklida bo`lgan bo`lishi mumkin.
Birinchi xatlar almashinuvi amalga oshirilgan ikki komputerning oralig`i bir metr edi. Xabar jo`natish uchun juda qisqa masofa, ammo aynan oddiygina shu tajriba insoniyat hayotini o`zgartira oldi.
Elektron pochta ixtirosidan tashqari, Tomlinson @ belgisini ham mashhur qilib yubordi. U tarmoqdagi komputer va elektron pochtani qabul qiluvchi uchun manzil o‘ylab topdi. Bu ikki turdagi axborotni ajratish uchun u aynan @ belgisini tanladi.
OMMAVIYLASHISHI - O`sha 1971 yildagi ilk xabardan so‘ng ARPANETda emaildan foydalanish ommalasha bordi.
Biroq, uning haqiqiy ommalashuvi o`tgan asrning 90-yillarida World Wide Webning dunyoga kelishi bilan bog‘liq.
O`shandan boshlab email millionlab insonlar mehnat faoliyatining ajralmas qismiga aylandi.
2001 yili Kaliforniya universiteti qoshidagi axborot tizimlari menejmenti maktabi bir kunda o`rtacha 31 milliard elektron xat jo`natilishini ma`lum qildi. 2008 yilga kelib, bu raqam kuniga 170 milliardga yetdi. Bu — bir soniyada 2 million email jo`natiladi degani. Elektron xat almashinuvlari miqdori kamaygani yo`q. Pingdomning statistikasiga ko`ra, 2010 yilga kelib bir kunda jo`natiladigan elektron xabarlar soni 294 milliardni tashkil etgan.
SPAM- Qulayligiga qaramay, oramizda elektron pochtadan jabr ko`rganlar ham topiladi. asosiy muammo, so‘zsiz, spam bilan bog‘liq.
Nucleus Researchning 2007 yilgi hisobotiga ko`ra, bitta xodim uchun korporativ elektron pochta tashkilotga yiliga 712 dollarga tushgan. Bu xarajat ichida xodimning keraksiz xabarlarni o`chirishga ketgan vaqti va antispam texnologiyalarining narxi bor.
Bugunga kelib, spamlarga to`siq qo`yuvchi tizimlar ishlab chiqilgan bo`lsa-da, muammo hamon dolzarbligicha qolmoqda. Pingdom ma`lumoticha, 2010 yili kuniga 262 mlrd. spam-xabarlar jo`natilgan.Bu bir kunda yuborilgan barcha elektron xatlarning 89,1 foizini tashkil etadi.
The Timesning 2008 yili tarqatgan xabarida xodimlar kuniga o`z pochtalarini tekshirish, undagi xabarlarni olish, o`qish uchun kuniga o`rtacha 49 daqiqa sarflashi ma`lum qilingan. O`tgan vaqt mobaynida elektron xabarlar soni ortganini hisobga olsak, bugunda bu vaqt sarfi yanada oshgani tayin.
ELEKTRON POCHTANING DAVRI O`TDIMI?
Messenjerlarning paydo bo`lishi bilan shu savol ham yuzaga keldi. Xabarlar almashish dasturlari va ijtimoiy tarmoqlar elektron pochtani yo`qqa chiqarishi mumkinmi?
Jamiyatda so`nggi yillarda yangi tendensiya vujudga keldi: yoshlar muloqot uchun pochtadan ko`ra boshqa muqobil usullarni ma`qul ko‘rmoqdalar. Masalan, Facebook yoki ICQ messenjer kabilar. ComScore 2010 yili AQShda tadqiqot o`tkazdi va 12dan 17 yoshgacha bo`lganlar orasida elektron pochtadan foydalanish yiliga 59 foizga kamayganini ma'lum qildi.
Nima uchun yoshlar elektron pochtadan boshqa uslublarni tanlamoqda? Facebook rahbari Mark Sukerberg: Maktab bolalari elektron pochtani ishlatmaydi, ular SMSdan foydalanishadi, degan edi. Haqiqatan ham insonlar bir-birlari bilan yanada osonroq usulda — SMS yoki messenjerlar vositasida muloqot qurishni afzal bilishmoqda.
Facebook kabi yetakchi tarmoqlar aynan muloqotning tezkor usullariga alohida e`tibor qaratishapti. Natijada 40 yillik evolyutsion yo`lni bosib o`tgan oddiy elektron xabarlar almashinuvi so`nggi yillarda multitizimga aylanib qoldi.
Esdan chiqarmaslik lozimki, elektron pochta biznesning muhim vositasi hisoblanadi va yaqin orada Facebook kabi yoki boshqa bir uslublar uning o‘rnini to`liq egallay olmaydi. Agar siz biror kishi bilan biznes-muloqotga kirishmoqchi bo`lsangiz, albatta, muloqot uchun ishonchliroq va universal hisoblangan elektron pochtani tanlaysiz.