Hinduiylikdagi uchlik xudolari



Yüklə 17,59 Kb.
tarix25.05.2022
ölçüsü17,59 Kb.
#59424
Hinduiylikdagi uchlik xudolari


HINDUIYLIKDAGI UCHLIK XUDOLARI.

Hinduiylik, hinduizm -dunyoda keng tarqalgan dinlardan biri. Hinduiylikka eʼtiqod qiluvchilar asosan Hindistonda (95% ga yaqini) yashaydi, Pokiston, Bangladesh, Nepal, Shri Lankada, shuningdek, Janubiy Afrikada, sharqiy Osiyoda ham uchraydi. Hinduiylikka 780 mln. kishi eʼtiqod qiladi (2003). Milodning 1-ming yilligida shakllangan. Hinduiylik veda dini va brahmanizm rivojlanishi va unga keyinchalik xalq eʼtiqodi, urf-odatlari, marosimlari singib ketishi jarayonida paydo bo'lgan. O'rta asrlarda hukmron mafkuraga aylangan.
Hinduiylikning asosida jonning yangi shaklga kirishi (sansara) haqidagi taʼlimot yotadi. Unga ko'ra, kishi o'lgandan keyin joni (ruhi) yangi o'simlik, hayvon yoki inson tanasiga kirib oladi va qayta tug'iladi. Yangi ruhning qay darajada bo'lishi karma qonuniga, yaʼni kishining hayot davridagi xulq-atvori, xatti-harakatiga bog'liq. Hinduiylikning asosiy maqsadi — insonni mana shu qayta tug'ilish zanjiridan, azob-uqubatidan halos qilish, yaʼni mokshaga erishish. Hinduiylikdagi turli diniy-falsafiy taʼlimotlar mokshaga erishishning yo'llari va vositalarini ishlab chiqdilar. Xususan, vedanta Hinduiylikka falsafiy asos bo'lib xizmat qildi. Hinduiylikka eʼtiqod qiluvchilar qaysi kastaga mansubligiga qarab diniy rasm-rusumlarni bajarishda farqlanadi. Ular vafot etganlarida yerga koʻmilmaydi, balki olovda kuydiriladi. H.ga koʻra shunday qilinsa marh-um poklanadi, gunohlari bu dunyoda qoladi. Olov u dunyoga gunohlardan xoli boʻlgan jonning oʻzini olib ketadi. Bu dinning aqidalariga koʻra, odamzot yaratilishidayoq ijtimoiy jihatdan tengsiz yaratilgan. Shuning uchun bu tengsizlikni real hayotda tugatishning iloji yoʻq. Chunki unga taʼsir etishga qodir boʻlgan kuchning oʻzi yoʻq. H.da ajdodlar ruhiga topinish alohida oʻrin tutadi. Vafot etgan ajdod xudoga tenglashtiriladi. Ajdodlar ruhi bu dunyoda yashayotgan qarindosh-urugʻlarini qoʻriqlaydi, ularning oilasi va hayotini muhofaza qiladi.
H.ning muqaddas kitobi vedalar, "Mahobxarata" (ayniqsa uning "Bahagavadgita" va "Ramayana" qismlari) va boshqa H.da asosiy xudolar — Shiva, Vishnu, Brahmaga sigʻiniladi. Ularning koʻrinishi sifatida koʻplab mahalliy xudolar eʼtirof etiladi. H.da togʻlar, daryolar (xususan, Gang), oʻsimlik (mas, nilufar), hayvonlar (maymun, fil, ilon va ayniqsa, sigir) muqaddas sanaladi va ularga topiniladi. turli gʻayritabiiy hodisalar ham sigʻinish obʼyekti hisoblanadi. Diniy marosimlar ibodatxonalarda, uylardagi mehroblar yonida, muqaddas joylarda ado etiladi. Hozirgi H. 2 oqim — vishnuizm va shivaizm shaklida mavjud.
Insoniyat jamiyati tarixiy taraqqiyotida urug’- qabila dinlari ibtidoiy jamiyatda vujudga kelib, asosan tabiat kuchlarini ilohiylashtirib ularga sig’inishdan iborat bo’lsa, milliy davlat dinlari jamiyatda mehnat unumdorligi o’sib, ortiqcha mahsulot, xususiy mulkchilik, jamiyatda ijtimoiy guruh va tabaqalar paydo bo’lishi sharoitida vujudga kelib, milliy davlat dinlarining ham jahon dinlari kabi bir qator o’ziga xos jihatlari mavjud edi. Eng avvalo diniy ta’limotning asosiy talablari, aqidalari, falsafiy va axloqiy meyorlari ishlab chiqildi.
Diniy ta’limotda olamning uch bosqichdan iborat ekanligi, jannat, do’zax va odamlar yashaydigan dunyoning mavjudligi to’grisidagi qarashlar ilgari surildi. Ibodatxonalar qurilib, vazifasi faqat dinga xizmat qilishdan iborat bo’lgan ijtimoiy guruh, ruhoniylar guruhi tashkil topdi. Diniy ibodat va marosimlarning muayyan tizimi ishlab chiqilib, kundalik hayotda ularga amal qilina boshlandi.
Milliy davlat dinlarining o’ziga xos xususiyati bu dinlarning bir yoki bir necha milllatga taalluqli ekanligidir. Milliy davlat dinlaridan xinduizm, jaynizm, sinxizm xindlarning, daosizm va konfusiychilik xitoylarning, sintoizm yaponlarning, iudaizm yaxudiylarning milliy davlat dini bo’lib hisoblanadi. Zardushtiylik dini o’z davrida ko’plab xalqlar, davlatlar hududida tarqalgan din bo’lib, bugungi kunda Sharqiy Eron va Shimoli - g’arbiy Hindiston hududidagi narslar o’rtasida e’tiqod qilinib kelinayotganligi uchun ham milliy davlat dinlari qatorida e’tirof etiladi. Milliy davlat dinlari muayyan xalqning urf-odati, an’analari, turmush tarzi va milliy o’ziga xosligi bilan bog’liq ravishda shakllanib borgan.
Hinduizm.Hinduizm juda murakkab din bo’lib u kastachilik asosida tashkil etilgan. Hindistonda qadimgi davrlardan boshlab, Braxmanizm, Veydizm kabi diniy ta’limotlarga e’tiqod qilinib, eramizdan avvalgi VI asrda Hindistonda Buddaviylik dini vujudga keldi. Buddaviylik Braxmanizmdagi bir necha jihatlarni qabul qilgan bo’lsada, kasta ta’limotini inkor etdi. O’sha davrda Hindistonda kasta tuzumini saqlab qolishga, Braxmanizm dinini isloh qilib, qayta tiklashga qaratilgan harakat boshlandiki, bu harakat Braxmanizm bilan Buddaviylik o’rtasidagi kurashni ifodalovchi Hinduizm dini edi.
Hinduizm dini xindlarning milliy davlat dini bo’lib, Hindiston aholisining 83 foizi, yani 650 mln. kishi Hinduizmga e’tiqod qiladi. Hinduizmga e’tiqod qiluvchilar soni jihatidan jahonda uchinchi o’rinda turib, barcha Hinduizmga e’tiqod qiluvchilarning soni 700 mln kishini tashkil etadi. Hinduizmga e’tiqod qiluvchilarning yirik jamoalari boshqa mamlakatlarda ham mavjud bo’lib, Bangladeshda 12 mln, Indoneziyada 3.6 mln, Shri Lankada 3 mln, Pokistonda 1.5 mln, Malayziyada 1 mln, AQShda 0.5 mln, Butanda 0.3 mln kishi Hinduizmga e’tiqod qiladi. Hinduizmni qabul qilmoqchi bo’lganlarga qo’yiladigan birinchi va asosiy shart bu Hindistondagi kasta tuzimini qabul qilishdir.
Hinduizm o’zining asosi hisoblangan Braxmanizm va Veydizmdan farqlanib, unda yangi Braxmanizm dinlari, bu dindagi oqimlar mujassamdir.
Hinduizmga eski hind dinlaridan qabul qilingan asosiy talablar quyidagilardan iboratdir.
1. Tushuncha va qonunlarning asl manbai bo’lgan vedalarning muqaddasligi;
2. Guru ya’ni pir, ustozning tan olinishi;
3. Muqaddas joylarga ziyoratga borish;
4. Sanskritning muqaddas til ekanligini tan olish;
5. Sigirning muqaddas hayvon sifatida tan olinishi.
Bu besh qoida yoki aqida ko’pchilk tomonidan tan olingan bo’lsada, ko’psonli e’tiqod qiluvchilar orasida o’ziga yarasha farqli va umumiy bo’lgan jihatlariga egadir.
Hinduizmda eng avvalo vedalar muqaddas bo’lib hisoblanadi.Undan keyin “Maxabxarata” singari xalq og’zaki ijodi namunalari ham muqaddas yozuvlar qatoriga qo’shiladi.Hinduizm dinida braxmanlar asosiy, imtiyozli kasta bo’lib hisoblanadi.Hinduizmga taalluqli bo’lgan adabiyotlarning ko’pchiligi braxmanlar tomonidan yaratilgan.Braxmanlar Hinduizmni zamon talablariga moslashtirib, yangi qonun- qoidalarni ishlab chiqib turli oqimlarni yuzaga keltirdilar. Hinduizmga e’tiqod qiluvchi braxmanlar turli yo’llar bilan kasta, varna tizimini tan olmagan va inkor etgan o’z raqiblari bo’lgan buddaviylarga qarshi kurash olib borganlar. Shu bilan birgalikda Hinduizmning Braxmanizmdan farqli jihatlari ham mavjud bo’lib, Braxmanizm braxmanlarning kelib chiqishi faqat oliy tabaqa vakillaridan iborat deb hisoblasa, Hinduizm ta’limotiga ko’ra braxmanlar nafaqat oliy tabaqa vakillaridan, balki oddiy xalq ichidan, hatto ayollardan ham bo’lishi mumkindeb hisoblanadi.
Hinduizmda e’tiqod qilinuvchi asosiy xudolar trimurti ya’ni uchlikdan iborat bo’lib, unga Braxma, Vishnu, Shiva xudolari kiradi. Bu uch xudodan eng kattasi dunyoni yaratgan xudo Braxma bo’lib hisoblanadi.Braxma dunyoni yaratgan asosiy xudo bo’lib hisoblansada, Hinduizmda qolgan ikki xudo, Vishnu va Shivaga sig’inadilar. Shunga asosan Hinduizm ikki asosiy oqim Shivaga sig’inuvchilar va Vinshnuga sig’inuchilarga bo’linadi. Shiva oddiy xalq ommasi - kambag’allarning ilohi bo’lib hisoblanib, u Rigvedaning birinchi nusxalarida Rudra nomi bilan zikr etilgan.Atxarvavedada Rudraning roli oshib borib, Yajurvedada Rudra Agni timsolida berilgan.Shiva xalq orasida turli nomlar bilan atalib, bu nomlarga Ishana, Ishvara, Maxadeva ya’ni buyuk xudo kabilar taalluqlidir.
Hindistonda Shivaizmning o’n uchga yaqin asosiy oqimlari mavjud bo’lib, shivachilar orasida asosiy oqim sifatida tridandinalar (uch tayoqlilar) va smartlar ( smriti- haqqoniy rivoyat) oqimlari e’tirof etilgan. Tridandinalarning markazi Varanasi bo’lib, unda tarkidunyochilikda hayot kechiradilar. Smartlarning bir qismi rohiblikda, yana bir qismi- dunyoviylik holatida yashaydilar. Ushbu oqimlarning har ikkalasi ham faqat braxmanlarni o’z saflariga qabul qiladi. Dandilar, ya’ni zohidlar diniy oqimga kirayotgan paytda oyoqlarining pastki qismidan qon chiqaradilar.Dandilar o’lganlarni yerga dafn qiladilar yoki muqaddas daryolardan biriga topshiradilar.Shivaizmda lingachilar degan oqim ham mavjud bo’lib, ular bo’yinlariga linga osib yuradilar, ibodat paytida esa uni chap qo’llarida tutib turadilar.Shivaizmdagi Shaktra yoki Shakta oqimida hayvon yoki odamlarni qurbon qilish an’anasi mavjud.Yoglar esa Shivaizmdagi tarkidunyochilik yo’nalishi bo’lib, ular uzoq vaqt nafas olmay o’zlaridan ketadilar, bu vaqtda ular Shiva bilan yolg’iz qoladilar.Yoglar jismoniy mashqlar yordamida o’z ruhlarini poklab hattoki o’z tanalaridagi a’zolarini boshqarish imkoniyatiga ega bo’ladilar.Yogo’z yurak urishini tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi, odamlar oldida havoga ko’tarilishi mumkin.Hindiston xalqi orasida Shivaning 1008 ta nomi bor.
Vishnu Hindistondagi xudolar panteonida birinchilik uchun kurashayotgan ikkinchi iloh bo’lib, Rigvedada tabiatga jon ado etuvchi quyosh xudosi Vishnu birinchi darajali va o’ta sahiy iloh sifatida tasvirlangan. Ibodat paytida Vishnuni Savitar, Roxita, Surya,Adita nomlari bilan ham ataydilar. U butun koinotni uch qadamda bosib o’tishi va havoda muallaq yura olishi xususiiyati bilan tariflanadi.Hindlarning tasavvuriga ko’ra, yarim inson, yarim hudo shaklidagi qahramon Krishna Vishnuga qo’shilib ketgan, deb tasavvur qilinadi.
Hind dostonlari Maxabxarata va Ramayanada avatara, ya’ni insonning Vishnuga qo’shilib ketishi haqida so’z boradi. Hindlarning tasavvuriga ko’ra, Vishnu gohida to’rt qo’lli qilib tasvirlanadi.Vishnuizmda inson yoki hayvonni qurbonlik qilish talab qilinmaydi.Hindlarning afsona va dostonlarida Krishna jangovar, yengilmas qahramon sifatida ta’riflanadi. Krishna urushda ham, sevgida ham yengilmas bahodir, ammo juda ayyor tabiatga ega bo’lib, xalq orasida u erotik iloh hisoblanadi.Krishnaga sig’inuvchilar Mattra shahri va uning atrofida yashaydilar.
Vishnuizm bayramlari turli tuman bo’lib, ba’zilari umumiy, ba’zilari esa tabaqalarga ajratilgan holda o’tkaziladi.Vishnuizm bayramlarida duolar o’qilib, ta’zim bajo keltiriladi. Ommaviy diniy marosimlarda qatnashiladi, turli hadya va qurbonliklar qilinadi, ibodatxona yaqinida yoki ichidagi muqaddas xovuzda cho’milinadi va bu tadbir majburiy bo’lib hisoblanadi. Marosimlar ba’zida bir necha kunga cho’zilib, bu marosimlarda xudolar hamda ruhoniylarga hadyalar ataladi. Qurbonliklar turli gullar, xushbo’y narsalar, ovqatlar, xudolar nomiga atab ozod qilinadigan va so’yiladigan hayvonlardan iborat bo’ladi. Qadimgi davrlardan boshlab sigir hindlar e’tiqodidagi muqaddas hayvonlardan biri bo’lib hisoblanib, sigirni qurbonlik qilish yoki boshqa maqsadlarda o’ldirish katta gunoh hisoblangan. Sigirning besh mahsulotidan tayyorlangan panchagavyam hinduiylar e’tiqodiga ko’ra odamlarni va uylarni poklashda alohida kuchga egadir. Hinduizmda sigir muqaddas hayvon hisoblanganligi uchun u xudolar bilan bir qatorda ehtirom qilinadi.Vishnuizmdagi muqaddas hayvon esa maymundir. Ramayana dostonida maymun- xudo Xanuman va uning dostonning boshqahramoni Ramga ko’rsatgan yordami tasvirlangan. Hindlarning diniy e’tiqodi Hinduizmda ilon, sher, fil, ba’zi qushlar ham ilohiylashtirilgan bo’lib, Hindistonda mavjud bo’lgan ko’pgina hayvonlar xudo yoki xudoning hamrohi deb e’lon qilinib, ularga e’tiqod qilinadi.
Hinduizmda bir qator bayramlar bo’lib, Krishnaning tug’ilgan kuni avgustda va Shivaning tug’ilgan kuni fevralda nishonlanadi. Hindistondagi dinlarda muqaddas joylarni sig’inish masalasiga katta e’tibor qaratiladi va bu narsa Hinduizmga ham taalluqlidir. Maxabxaratada Hindistonning shimolida joylashgan bir necha muqaddas ziyoratgohlar ko’rsatib o’tilgan.
Hinduizm hamma vaqt boshqa dinlarga murosalidinligi bilan ajralib turgan.Bu din ayni paytda boshqa xalqlar dinlaridagi zarur deb hisoblangan tomonlarni o’z ta’limotiga singdira olish xususiyatiga ham ega dindir.
Yüklə 17,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin