№ 1 - «²isob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi
milliy standartiga muvofiq hisob siyosati xo‘jalik yurituvchi sub’ekt rahbari tomonidan buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hiso-botni tayyorlash hamda tuzish uchun foydalaniladigan maxsus tamoyillar, qoidalar va amaliy yondashuvlar to‘plamini ifodalaydi.
SHuningdek, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning hisob siyosati korxona rahbari tomonidan №1 B²MS asosida tuzilib, xo‘jalik yurituvchi sub’ektning turli yillar uchun taqdim qi-lingan moliyaviy hisobotlaridagi ko‘rsatkichlar taqqoslanuv-chan, hamda boshqa aloqador B²MS lar asosida shakllantirilgan bo‘lishi lozim.
²isob siyosatini shakllantirish va unga rioya qilinishi masalalari auditning ahamiyatli sohalaridan bo‘lib, buxgalteriya hisobotlarining ishonchliligiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. SHu boisdan hisob siyosati buxgalteriya hisobi va hisobotlarini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning barcha bosqichlarida - auditni rejalashtirishdan to auditorlik xulosasini tuzgunga qadar muhim tekshiruv ob’ekti bo‘lib hisoblanadi.
²ozirgi paytgacha ishlab chiqilgan auditorlik faoliyatining milliy standartlaridan ko‘pchiligida tekshiriladigan korxona faoliyatini tartibga soladigan, asosiy hujjatlardan biri sifatida hisob siyosati to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Buxgalteriya hisobi va hisobotning tashkil etilishini tekshirish chog‘ida hisob siyosati bilan tanishishning maqsadi buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosiy tamoillarini va tekshiriladigan korxonaning hujjatlar aylanishi grafigini o‘rganish hamda baholashdan iborat. Bunda hisob siyosatini belgilaydigan farmoyish hujjatlarining mavjudligi va tarkibi aniqlanadi.
²isob siyosatining mazmunini ifodalaydigan ma’lumot manbalari quyidagilardan iborat:
tekshiriladigan korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish);
buxgalteriya hisobining ishchi schyotlar rejasi;
tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari va ichki buxgalteriya hisobotlari uchun hujjatlar shakllarining ro‘yxati;
hujjatlar aylanish reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyalari;
ayrim ko‘rsatkichlarni hisobga olish bo‘yicha tasdiqlangan uslubiyot va tekshiriladigan korxona hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruqqa boshqa ilovalar;
quyidagi masalalarni bayon qiladigan (ochib beradigan) tushuntirish xati.
Korxonaning hisob siyosatiga taalluqli ma’lumotlar:
hisob siyosatini shakllantirishda tanlab olinadigan, o‘tgan yilgidan farq qiladigan buxgalteriya hisobini yuritish usullari;
hisobot yilida yoki hisobot yilidan keyingi davrlarda buxgalteriya hisobotlaridan foydalanuvchilarning baholash va qaror qabul qilishiga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadigan hisob siyosatidagi o‘zgarishlar;
hisobot sanasidan keyin sodir bo‘lgan hodisalar va xo‘-jalik faoliyatining shartli faktlari, muomalalarni to‘xta-tish, bitta aksiyaga yoki 1 so‘mlik payga to‘g‘ri keladigan foyda.
Ushbu ma’lumot manbalarini o‘rganish va tahlil qilish natijasida mijoz-korxona ma’muriyatining hisob siyosatini shakllantirish hamda uni bajarishga yuzaki yondashmayotganligini aniqlash (baholash) zarur. ²isob siyosati to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) va uning bilan bog‘liq bo‘lgan, o‘z vaqtida chiqarilgan va to‘g‘ri rasmiylashtirilgan farmoyish hujjat-larining mavjudligi - hisob siyosatidan korxonani boshqa-rish mexanizmi sifatida foydalanilayotganligi haqida etarli darajada guvohlik bera olmaydi.
Masalan, har xil foyda solig‘i stavkalarini qo‘llaydigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanadigan korxonalar ushbu soliqni eng yuqori stavka bo‘yicha hisob-kitob qilgan. Ushbu holat hisob siyosatini shakllantirish masalasiga korxonada yuzaki yondashilayotganligidan dalolat beradi. CHunki, bunda hisob siyosatining uslubiy jihatlaridagi imkoniyatlaridan foydalanilmaydi. ²ar xil stavkalarda soliqqa tortiladigan faoliyatlar turlari bo‘yicha xarajatlarni alohida hisobga olish uslubini ishlab chiqish va tasdiqlash soliq yukini engillatishga imkon bergan bo‘lar edi. Auditor tomonidan korxona ma’muriyatining hisob siyosatiga munosabatini baholashni korxonada ichki nazoratning ahvolini umumiy baholashda e’tiborga olish zarur. CHunki hisob siyosati o‘z-o‘zidan ichki nazorat tizimining muhim unsurlaridan biri hisoblanadi.
²isob siyosatini auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishning maqsadi - «²isob siyosati va moliyaviy hisobot» nomli №1 B²MS talablaridan kelib chiqqan holda korxona buxgalteriya hisobotining ishonchliligi to‘g‘risida xulosa tuzishdan iborat bo‘lib, hisob siyosati №1 B²MSga muvofiq ularni bajarishni ta’minlashi lozim. SHuningdek, buxgalteriya hisobo-tining ishonchliligi to‘g‘risida fikr shakllantirishda quyi-dagi holatlar ham inobatga olinishi zarur:
korxonalarning mulkiy holisligi;
hisob siyosatini qo‘llashning izchilligi;
xo‘jalik faoliyati faktlarining aniqligi.
Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishda quyidagilarni ham aniqlash zarur:
hisob siyosatiga doir farmoyish hujjatlarining mavjudligi va ularning tarkibi;
hisob siyosatiga doir hujjatlar shakllari va qabul qilish muddatlarining me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiqligi;
me’yoriy hujjatlar bilan belgilangan hisob usullaridan farq qiladigan, lekin korxonaning mulkiy holatini va moliyaviy natijalarini ishonarli aks ettirishga imkon beradigan usullar mavjudligi;
hisob siyosatini shakllantirish chog‘ida tanlangan, buxgalteriya hisobotlaridan foydalanuvchilar tomonidan korxona moliyaviy holatini baholash va qaror qabul qilishga sezilarli ta’sir ko‘rsatadigan buxgalteriya hisobini yuritish usullarining mohiyati to‘liq ochib berilganligi;
hisob siyosatiga rioya qilish.
Auditor №1 B²MS da belgilangan, hisob siyosatini qabul qilish tartibiga rioya qilinayotganligini tekshirishi lozim:
hisob siyosatini qabul qilish to‘g‘risida korxona rahbarining buyrug‘i (farmoyishi) chiqarilganligi) (№1 B²MS 55 bandi).
SHuningdek, yangidan tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tanlagan hisob yuritish siyosatini moliyaviy hisobotini birinchi marta e’lon qilgunga qadar, lekin yuridik shaxs huquqini olgan (davlat ro‘yxatidan o‘tgan) kundan boshlab 90 kundan kechikmasdan rasmiylashtirishi lozim. Korxona tomonidan tanlangan hisob siyosati yuridik shaxs huquqini olgan (davlat ro‘yxatidan o‘tgan) kundan boshlab qo‘llanuvchan hisoblanadi.
ishchi schyotlar rejasi, namunaviy qabul qilinmagan dast-labki hujjatlar shakllari, hujjatlar aylanishi reja-grafigi va hisob axborotlariga ishlov berish texnologiyasi, inventarizatsiya o‘tkazish va xo‘jalik muomalalarini nazorat qilish tartibi va boshqalar tasdiqlanganligi.
hisob siyosatiga kiritiladigan qo‘shimcha va o‘zgartishlar to‘g‘risida buyruq chiqarilganligi (№1 B²MS 56. 1, 56. 2, 56. 3, 56. 4 bandlari).
№1 B²MS 56 bandiga muvofiq hisob siyosati kalendar yili davomida o‘zgartirilmaydi. Faqat xo‘jalik yurituvchi sub’ektni qayta tashkil etilish (birlashish, bo‘linish, qo‘-shib olish), mulkdorlar almashishi, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi yoki O‘zbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobining o‘zgarishi va buxgalteriya hisobining yangi uslublari ishlab chiqilgan hollarda hisob siyosati o‘zgartirilishi mumkin (№1 B²MS 56. 1, 56. 2, 56. 3, 56. 4).
²isob siyosatiga kiritilgan o‘zgartishlar asoslangan bo‘lishi va tegishli tartibda rasmiylashtirilishi lozim (№1 B²MS 55 bandiga muvofiq). O‘zbekiston Respublikasi qo-nunchiligining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan hisob siyosatidagi o‘zgartishlar oqibatlari xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan buxgalteriya hisobining o‘zgartirilgan uslublari qo‘llanilib boshlanadigan sanaga (oyning birinchi sanasiga) tekshirilgan ma’lumotlar asosida qiymat ifodasida baholangan bo‘lishi lozim.
²isob siyosati to‘g‘risidagi buyruqni tahlil qilish chog‘ida auditor quyidagilarni aniqlaydi:
haqiqatan ham buyruqning barcha bandlari hisob siyosatiga taalluqli ekanligi;
hisob siyosatining barcha jihatlari (tashkiliy-texnik, uslubiy, soliqchilikka doir) buyruqda aks ettirilganligi.
Ushbu maqsadda hisob siyosati to‘g‘risidagi taqdim etilgan buyruq (farmoyish) test sinovidan o‘tkaziladi. Buning uchun auditor tekshiriladigan korxona rahbariga taxminan quyidagi mazmundagi anketani to‘lg‘azishni tavsiya qiladi (2-jadval).
²isob siyosati to‘g‘risidagi buyruqlarni auditorlar tomonidan test sinovidan o‘tkazish amaliyoti shuni ko‘rsatmoqda-ki, ayrim xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar bu hujjatga hisob siyosatiga taalluqli bo‘lmagan narsalarni ham kirita-dilar. Masalan, xodimlarga ish haqi berish muddatlari, ta’tillar davomiyligi, me’yoridan oshiq xizmat safari xara-jatlari va hokazo. Bunday axborotlar korxonaning boshqa ichki hujjatlarida aks ettiriladi. Ayrim korxonalar bux-galteriya hisobining barcha mumkin bo‘lgan unsurlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi uslublarini, ular oldin qo‘llanganligi va keyinchalik qo‘llanishi zarurligiga qaramasdan buyruqqa kiritishlari oqibatida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘yadilar.
Bunday tartibda test sinovi o‘tkazish auditorga eng avvalo, hisob siyosatining qaysi jihatlari to‘liq yoritilmagan-ligi va qamrab olinmaganligi to‘g‘risida xulosa qilishga yordam beradi. Ko‘p hollarda quyidagi masalalar hisob siyosatida o‘z aksini topmaydi:
I. Tashkiliy - texnik masalalar.
hujjatlar aylanish qoidalari va reja - grafigi;
ichki hisobot (tarkibi, shakllari, davriyligi, tuzish va taqdim qilish muddatlari, foydalanuvchilar);
ichki nazorat tizimi (ichki audit xizmati, mutaxassis, shaxsan rahbarning o‘zi, taftish komissiyasi);
buxgalteriya (yoki moliya-hisob markazi) to‘g‘risidagi Nizom va buxgalteriya yoki moliya hisob markazi(M²M) xodimlarining xizmat vazifalari taqsimoti;
inventarizatsiya o‘tkazish tartibi.
II. Uslubiy masalalar.
materiallar haqiqiy sarfining normadan chetga chiqishini nazorat qilish usullari;
umum ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa bilvosita xarajatlarni taqsimlash tartibi;
davr sarflarini hisobdan o‘chirish tartibi;
tugallanmagan ishlab chiqarishni aniqlash.
III. Soliqqa oid masalalar.
alohida hisob yuritishni tashkil etish tartibi (faoliyat turlari bo‘yicha, sotilgan tovarlar bo‘yicha, har xil stavkalarda ЌЌS solinadigan, ЌЌS solinmaydigan va hokazo);
ijtimoiy soha ob’ektlarini alohida hisobga olishni tashkil etish (mulklar imtiyoz berilgan va imtiyoz berilmagan ishlab chiqarishlarda birga qo‘shib ishlatilgan hollarda mulk solig‘i bo‘yicha imtiyozga huquq olish uchun).
²isob siyosati mazmunan to‘liq va to‘g‘riligini baholash uchun auditor hisob siyosatiga oid farmoyish hujjatlarida quyidagilarni asoslovchi axborotlar mavjudligiga ishonch hosil qilishi lozim:
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan buxgalteriya hisobi usullarini tanlash;
buxgalteriya hisobi va hisobotiga doir me’yoriy hujjat-larda belgilangan variantlar;
me’yoriy hujjatlarda keltirilmagan qoidalar bayoni;
qonunchilikdagi ziddiyatlar va takomillashmaganlikdan kelib chiqadigan holatlar;
xo‘jalik yuritish xususiyatlari, qaysi tarmoqqa qarashli-lik va boshqa shart-sharoitlardan kelib chiqadigan hisob yuritish uslublarini qo‘llash xususiyatlari.
Agar xo‘jalik yurituvchi sub’ekt buxgalteriya hisobining u yoki bu usullarini mustaqil ishlab chiqadigan bo‘lsa, u holda auditor ularning buxgalteriya hisobiga oid me’yoriy hujjatlarda belgilangan qoida va talablarga mos kelishini tek-shirishi lozim.
²isob siyosati to‘g‘risidagi buyruq (farmoyish) mazmunining amaldagi me’yoriy hujjatlarga nomuvofiqligini test sinovidan o‘tkazish yo‘li bilan aniqlash mumkin. Bunday nomuvofiqlikning sabablaridan biri me’yoriy hujjatlar o‘zga-rishi bilan bog‘liq tuzatishlarning o‘z vaqtida qilinmasligi hisoblanadi.
Ayrim hollarda nomuvofiqlik buyruq (farmoyish)ning matnidagi noaniqliklardan ham kelib chiqadi. CHunonchi, korxonaning tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasini tan olish shartlarini tanlashda tanlangan usulni buyruqda «jo‘natili-shiga qarab» yoki «to‘lanishiga qarab» degan jumlalar bilan ifodalash bilan chegaralanib qolinadi. Bunda uning «soliq-qa tortish maqsadida» tayinlanishi tushirib qoldiriladi.
«²isob siyosati va moliyaviy hisobot»nomli №1 B²MS ga muvofiq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan hisob siyosatini shakllantirish chog‘ida tanlangan buxgalteriya hisobi usullari tegishli tashkiliy-farmoyish hujjatlari rasmiylashtirilgan yildan keyingi yilning 1 yanvaridan qo‘llani-ladi. ²isobot yili davomida yangidan tashkil etilgan xo‘ja-lik yurituvchi sub’ektlar bundan mustasnodir.
²isob siyosatida ko‘rsatilgan buxgalteriya hisobini yuritish qoidalari xo‘jalik yurituvchi sub’ektning barcha tarkibiy bo‘linmalarida qo‘llaniladi.
№1-B²MS ning 55-bandiga muvofiq yangidan tashkil etilgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tuzilgan hisob siyosatini birinchi moliyaviy hisobotni e’lon qilgunga qadar, lekin yuridik shaxs huquqini olgan kundan boshlab 90 kundan kechikmasdan rasmiylashtirishi lozim. Sub’ekt tomonidan tanlangan hisob siyosati yuridik shaxs huquqini olgan kundan boshlab qo‘llaniladi.
Auditor xo‘jalik yurituvchi sub’ektda alohida ajralib chiqqan, mahsulotlarini mustaqil sotadigan, alohida balansga va bankda hisob-kitob schyotiga ega bo‘linmalar bo‘lganida, tanlangan hisob siyosatini izchil qo‘llash talablariga alohida e’tibor qaratishi lozim. Auditorlik tekshiruvlari tajribasi shuni ko‘rsatmoqda-ki, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan qabul qilingan hisob siyosati alohida ajralib chiqqan tarkibiy bo‘linmalarda yil davomida hamma vaqt ham izchil qo‘llanilmaydi.
²isob siyosati to‘g‘risidagi axborotlar, buxgalteriya hisobotiga beriladigan tushuntirishlarning muhim tarkibiy qismi sifatida auditorlik tekshiruvi ob’ektlaridan biri hisoblanadi.
Bir tomondan, audit jarayonida, tanlangan hisob yuritish siyosatining xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tavsifi va shart-sharoitlariga, shuningdek amaldagi qoidalar va umumqabul qilingan hisob yuritish amallariga mos kelishini aniqlash zarur. Auditor qo‘llanilayotgan buxgalteriya hisobi-ni yuritish qoidalarini, ular asosida hisob jarayonining oqilona va tejamli tashkil etilganligi, xo‘jalik yurituvchi sub’ekt mulkiy va moliyaviy ahvoli to‘g‘risida to‘la va ishonchli tasavvurni shakllantirishga ta’siri nuqtai nazaridan baholashi lozim. Bunda hisob siyosatini amalga oshirish xarajatlarining boshqaruv maqsadlari uchun korxona faoliyati to‘g‘risidagi zarur axborotlarga muvofiqligini baholash lozim.
Bunday tekshiruv natijalari butunligicha auditorlik hisobotning tahliliy qismida o‘z aksini topishi va maxfiy saqlanishi lozim. Sezilarli darajadagi nomuvofiqliklar va ularni bartarf qilish bo‘yicha auditorlik tashkilotining tavsiyalari auditorlik hisobotining xotima qismida aks ettirilishi lozim.
Boshqa tomondan, auditor buxgalteriya hisobotining ishonchliligi va uning korxonadagi haqiqiy ahvoliga mos kelishi haqida fikr-mulohazalar bildirishi zarur. ²isob siyosati aks ettirilishining ishonchliligi to‘g‘risida auditorning fikri korxona kontragentlari xulosalari va hatti-harakatlarining asosi hisoblanadi. Buxgalteriya hisobotla-ridan foydalanuvchilar nafaqat raqamlarning, balki ularga berilgan izohlarga ham ya’ni hisob siyosatining mohiyatini ochib beradigan axborotlarning ishonchliligiga ham ishonch hosil qilishi lozim. CHunki ularga asosan moliyaviy hisobot shakllantiriladi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan №486 – raqam bilan ro‘yxatga olingan №4 -«Tovar-moddiy zahiralarni hisobga olish» nomli B²MS ning 26 va 27 bandlariga muvofiq korxonaning moliyaviy hisobotida tovar-moddiy zahiralarni hisobga olishga doir axborotlar bayon qilinishi lozim.
Mablag‘larni asosiy vositalar qatoriga kiritishga doir tavsiyalardagidan farq qiladigan chegaralar belgilanish hol-lari mavjud bo‘lsa, korxona ularni hisob siyosatida ko‘rsa-tishi lozim. Arzon baho va tez eskiradigan buyumlar qatoriga kiradigan mulklar miqdori qanchalik ko‘p bo‘lsa, hisobot dav-ri sarflarining summasi shuncha yuqori va foyda kam bo‘ladi, mos ravishda to‘lanadigan soliq miqdori ham kamayadi.
Auditor yuqorida keltirilgan masalalar qanchalik ishonchli va to‘liq ochib berilganligini, shuningdek, faoliyat predmeti taqozo etadigan, daromad yoki operatsion daromad sifatida turkumlangan daromadlarni tan olish to‘g‘risidagi qarorlar nima bilan izohlanishini aniqlashi lozim. Bunda auditor korxonada hisob siyosatini qabul qilish chog‘ida «faoliyat predmeti» to‘g‘risidagi masalani hal etishda qabul qilingan omillarni (muhimlik, muntazamlik va shunga o‘xshash) e’tiborga oladi.
SHunday qilib, buxgalteriya hisobotining ishonchliligini tasdiqlovchi auditorlik xulosasi hisob siyosati to‘g‘ri-sidagi axborotlarga ham bir xilda taalluqli bo‘lishi lozim. Buxgalteriya hisobotiga berilgan tushuntirishlarning korxonadagi haqiqatan foydalanilayotgan buxgalteriya hisobini yuritish usullariga nomuvofiqligi aniqlanganida auditorlik hisobotining xotima qismida maxsus izohlar berilishi zarur.