Mavzu: mantiq bilish nazariyasining tadqiqot obekti



Yüklə 319,72 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix13.03.2023
ölçüsü319,72 Kb.
#87631
  1   2   3   4   5


MAVZU: MANTIQ BILISH NAZARIYASINING TADQIQOT OBEKTI. 
Reja: 
1. Mantiq fanining predmeti va ahamiyati.
2. Tafakkurning mantiqiy shakllari va qonunlari
3.To‗g‗ri muhokama yuritishning mantiqiy tamoyillari: fikrning aniqligi, izchilligi va etarli 
asosga ega bo‗lishi.
4.Mantiqilmining fanlar tizimidagi o‗rni..
5.Tushunchalarning shakllanish va qo‗llanishi. 
Tayanch iboralar: Predmet belgisi, predmetlar sinfi, tushuncha, tushunchaning mazmuni, 
tushunchaning xajmi, tushunchaning turlari, tushunchalar o‗rtasidagi munosabatlar, tushunchani 
chegaralash, tushunchani umumlashtirish, tariflash, tasniflash,tushunchani bo‗lish.
Kelib chiqishiga ko‗ra arabcha bo‗lgan ―mantiq‖ (grekcha–logos) atamasi «fikr», «so‗z», 
«aql», «qonuniyat» kabi ma‘nolarga ega. Uning ko‗pma‘noligi turli xil narsalarni ifoda qilishda 
o‗z aksini topadi. Xususan, mantiq so‗zi, birinchidan, ob‘ektiv olam qonuniyatlarini (masalan, 
«ob‘ektiv mantiq», «narsalar mantig‗i» kabi iboralarda), ikkinchidan, tafakkurning mavjud 
bo‗lish shakllari va taraqqiyotini, shu jumladan, fikrlar o‗rtasidagi aloqadorlikni xarakterlaydigan 
qonun-qoidalar yig‗indisini (masalan, «sub‘ektiv mantiq» iborasida) va uchinchidan, tafakkur 
shakllari va qonunlarini o‗rganuvchi fanni ifoda etishda ishlatiladi.
Mantiq ilmining o‗rganish ob‘ektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» ham arabcha so‗z bo‗lib, 
o‗zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so‗zlarining sinonimi sifatida qo‗llaniladi. Tafakkur 
bilishning yuqori bosqichidir. Uning mohiyatini yaxshiroq tushunish uchun bilish jarayonida 
tutgan o‗rni, bilishning boshqa shakllari bilan bo‗lgan munosabatini aniqlab olish zarur.
Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub‘ektiv, ideal obrazlar 
shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil 
etadi. Barcha hollarda bilish insonning hayotiy faoliyati bilan u yoki bu darajada bog‗liq bo‗lgan, 
uning ma‘lum bir ehtiyojini qondirishi mumkin bo‗lgan narsalarni tushunib etishga 
bo‗ysundirilgan bo‗ladi. Bilish jarayonini amalga oshirar ekan, kishilar o‗z oldilariga ma‘lum bir 
maqsadni qo‗yadilar. Ular o‗rganilishi lozim bo‗lgan predmetlar doirasi, tadqiqot yo‗nalishi, 
shakllari va metodlarini belgilab beradi.
Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. 
Uning dastlabki bosqichini hissiy bilish – insonning sezgi organlari yordamida bilishi tashkil 
etadi. Bu bosqichda predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari, ya‘ni 
ularning tashqi tomonida bevosita namoyon bo‗ladigan va shuning uchun ham inson bevosita 
seza oladigan belgilari haqida ma‘lumotlar olinadi.
Hissiy bilishning barcha shakllariga xos bo‗lgan xususiyatlari qatoriga quyidagilar kiradi:
Birinchidan, hissiy bilish ob‘ektning (predmetning yoki uning birorta xususiyatining) sub‘ektga 
(individga, to‗g‗rirog‗i, uning sezgi organlariga) bevosita ta‘sir etishini taqozo etadi. Tasavvur 
ham bundan istisno emas. Unda obrazi qayta hosil etilayotgan (yoki yaratilayotgan) predmet 
emas, u bilan bog‗liq bo‗lgan boshqa predmet–signal ta‘sir etadi.
Ikkinchidan, hissiy bilish shakllari: sezgi, idrok va tasavvur predmetning tashqi xususiyatlari va 
munosabatlarini aks ettiradi.
Uchinchidan, hissiy bilish shakli predmetning yaqqol obrazidan iborat.
To‗rtinchidan, hissiy bilish konkret individlar tomonidan amalga oshirilganligi uchun ham har 
bir alohida holda konkret insonning sezish qobiliyati bilan bog‗liq tarzda o‗ziga xos xususiyatga 
ega bo‗ladi.
Beshinchidan, hissiy bilish bilishning dastlabki va zaruriy bosqichi hisoblanadi. Usiz bilish 
mavjud bo‗la olmaydi. Chunki inson tashqi olam bilan o‗zining sezgi organlari orqali 
bog‗langan. Bilishning keyingi bosqichi, boshqa barcha shakllari sezgilarimiz bergan 
ma‘lumotlarga tayanadi.


Bundan kelib chiqadigan xulosa shuki, hissiy bilish tafakkur bilan uzviy bog‗liq. Xususan, 
nazariy bilimlarning chinligi oxir-oqibatda empirik talqin qilish yo‗li bilan, ya‘ni tajribada 
bunday bilimlarning ob‘ektini qayd etish orqali asoslanadi. O‗z navbatida, hissiy bilish, umuman 
olganda, aql tomonidan boshqarilib turadi, bilish oldida turgan vazifalarni bajarishga 
yo‗naltiriladi, ijodiy fantaziya elementlari bilan boyitiladi. Masalan, guvohlarning bergan 
ko‗rsatmalari asosida jinoyatchining portreti (kompyuter yordamida fotoroboti yaratiladi yaqqol 
his qilinadi va qidiriladi.
Lekin, shunga qaramasdan, hissiy bilish o‗z imkoniyatlari chegarasiga ega. U bizga alohida 
olingan predmetlar (yoki predmetlar to‗plami), ularning tashqi belgilari haqida ma‘lumot beradi. 
Unda mavjud predmetlar o‗rtasidagi aloqadorlik (masalan, muz bilan havoning harorati 
o‗rtasidagi bog‗lanish) o‗rganilmaydi, predmetlarning umumiy va individual, muhim va 
nomuhim, zaruriy va tasodifiy xususiyatlari farq qilinmaydi.
Predmet va hodisalarning mohiyatini tushunishga tafakkur yordamida erishiladi. Tafakkur 
bilishning yuqori-ratsional (lotincha ratio – aql) bilish bosqichi bo‗lib, unda predmet va 
hodisalarning umumiy, muhim xususiyatlari aniqlanadi, ular o‗rtasidagi ichki, zaruriy aloqalar, 
ya‘ni qonuniy bog‗lanishlar aks ettiriladi. Tafakkur quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
Tafakkurda voqelik mavhumlashgan va umumlashgan holda in‘ikos qilinadi. Hissiy bilishdan 
farqli o‗laroq, tafakkur bizga predmetning nomuhim, ikkinchi darajali (bu odatda bilish oldida 
turgan vazifa bilan belgilanadi) belgilaridan fikran chetlashgan, mavhumlashgan holda, 
e‘tiborimizni uning umumiy, muhim, takrorlanib turuvchi xususiyatlariga va munosabatlariga 
qaratishimizga imkon beradi. Xususan, turli kishilarga xos individual belgilarni (xulq-atvor, 
temperament, qiziqish va shu kabilar) e‘tibordan chetda qoldirgan holda, ular uchun umumiy, 
muhim belgilarni, masalan, ongga ega bo‗lish, maqsadga muvofiq holda mehnat qilish, ijtimoiy 
munosabatlarga kirishish kabi xislatlarni ajratib olib, «inson» tushunchasini hosil qilish mumkin. 
Umumiy belgilarni aniqlash predmetlar o‗rtasidagi munosabatlarni, bog‗lanish usullarini 
o‗rnatishni taqozo etadi. Turli xil predmetlar fikrlash jarayonida o‗xshash va muhim belgilariga 
ko‗ra sinflarga birlashtiriladi va shu tariqa ularning mohiyatini tushunish, ularni xarakterlaydigan 
qonuniyatlarni bilish imkoniyati tug‗iladi. Masalan, yuqorida keltirilgan «inson» tushunchasida 
barcha kishilar bitta mantiqiy sinfga birlashtirilib, ular o‗rtasidagi muhim bog‗lanishlar (masalan, 
ijtimoiy munosabatlar) bilib olinadi.
Tafakkur borliqni nafaqat bevosita, balki bilvosita tarzda ham aks ettira oladi. Unda yangi 
bilimlar tajribaga har safar bevosita murojaat etmasdan, mavjud bilimlarga tayangan holda hosil 
qilishi mumkin. Fikrlash bunda predmet va hodisalar o‗rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. 
Masalan, bolaning xulq-atvoriga qarab uning qanday muhitda tarbiya olganligi haqida fikr 
yuritish mumkin. Tafakkurning mazkur xususiyati, ayniqsa, xulosaviy fikr hosil qilishda aniq 
namoyon bo‗ladi.
Tafakkur insonning ijodiy faoliyatidan iborat. Unda bilish jarayoni borliqda real analogiga ega 
bo‗lmagan narsalar – yuqori darajada ideallashgan ob‘ektlar (masalan, absolyut qattiq jism, ideal 
gaz kabi tushunchalar)ni yaratish, turli xil formal sistemalarni qurish bilan kechadi. Ular 
yordamida predmet va hodisalarning eng murakkab xususiyatlarini o‗rganish, hodisalarni 
oldindan ko‗rish, bashoratlar qilish imkoniyati vujudga keladi.
Tafakkur til bilan uzviy aloqada mavjud. Fikr ideal hodisadir. U faqat tilda – moddiy hodisada 
(tovush to‗lqinlarida, grafik chiziqlarda) reallashadi, boshqa kishilar bevosita qabul qila 
oladigan, his etadigan shaklga kiradi va odamlarning o‗zaro fikr almashish vositasiga aylanadi. 
Boshqacha aytganda, til fikrning bevosita voqe bo‗lish shaklidir.
Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish shaklida mavjud.
Tafakkur shakli fikrning mazmunini tashkil etuvchi elementlarning bog‗lanish usuli, uning 
strukturasi (tuzilishi)dir. Fikrlash elementlari deganda, predmetning fikrda ifoda qilingan 
belgilari haqidagi axborotlar tushuniladi. Tafakkur shaklining tabiatini konkret misollar 
yordamida ko‗rib chiqamiz.
Ma‘lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (to‗plami) kishilar tafakkurida turli xil mazmunga 
ega bo‗lgan tushunchalarda aks ettiriladi. Masalan, «davlat» tushunchasida o‗zining maydoniga, 


aholisiga, boshqaruv vositalariga ega bo‗lgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi. ―Milliy g‗oya‖ 
tushunchasida esa millatning, xalqning kelajak bilan bog‗liq orzu-havaslari, maqsadlari, tub 
manfaatlari ifoda etiladi. Mazmun jihatidan turli xil bo‗lgan bu tushunchalar mantiqiy shakliga 
ko‗ra bir xildir: har ikkalasida predmet uning muhim belgilari orqali fikr qilingan. Xususan, «o‗z 
maydoniga egaligi», «aholisining mavjudligi», «boshqaruv vositalarining bor ekanligi», «siyosiy 
tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim xususiyatlari hisoblanadi. Xuddi shuningdek, 
«millatning orzu-havaslari, maqsadlarini aks ettirishi», «uning tub manfaatlarini ifoda etishi» 
milliy g‗oyaning muhim belgilaridir. Agar tushuncha aks ettirayotgan predmetni A bilan, unda 
fikr qilinayotgan muhim belgilarni, ya‘ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak, 
tushunchaning mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash mumkin.
Hukmlarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar o‗rtasidagi munosabatlar, predmetning 
mavjud bo‗lish yoki bo‗lmaslik fakti haqidagi fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. 
Masalan, «Yuksak ma‘naviyat-engilmas kuch» degan hukmda predmet (yuksak ma‘naviyat) 
bilan uning xossasi (engilmas kuch) o‗rtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq huquq bilan 
uzviy aloqada» degan hukmda ikkita predmet (axloq va huquq) o‗rtasidagi munosabat qayd 
etilgan. Mazmun jihatdan turli xil bo‗lgan bu hukmlar tuzilishiga ko‗ra bir xildir: ularda predmet 
haqidagi tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) o‗rtasidagi munosabat qayd 
etilgan, ya‘ni R ning S ga xosligi tasdiqlangan. Umumiy holda hukmning mantiqiy strukturasini 
(shaklini) S—R formulasi yordamida ifoda etish mumkin. Xulosa chiqarishda ham yuqoridagiga 
o‗xshash hollarni kuzatish mumkin. Masalan,
―Daraxt – o‗simlik‖.
―Terak – daraxt‖.
Demak, ―Terak – o‗simlik‖.
yoki
―Har bir kimyoviy element o‗z atom og‗irligiga ega‖.
―Mis – kimyoviy element‖.
Demak, ―Mis o‗z atom og‗irligiga ega‖ kabilar.
Bu xulosa chiqarish hollari mazmuni bo‗yicha turlicha bo‗lishiga qaramasdan, bir xil mantiqiy 
strukturaga ega. Har ikkalasida xulosani tashkil etuvchi tushunchalar xulosa chiqarish uchun 
asos bo‗lib xizmat qilayotgan hukmlarda uchinchi bir tushuncha (birinchi misolda – «daraxt», 
ikkinchi misolda – «kimyoviy element» tushunchasi) orqali bog‗langan.
Yuqoridagi keltirilgan misollardan tafakkur shakli fikrning konkret mazmunidan nisbatan 
mustaqil holda mavjud bo‗lishi va, demak, o‗ziga xos qonuniyatlarga egaligi ma‘lum bo‗ldi. 
Shuning uchun ham mantiqda uni alohida o‗rganish predmeti sifatida olib qarash mumkin.
Tushuncha, hukm (mulohaza) va xulosa chiqarish tafakkurning universal mantiqiy shakllari, 
uning asosiy strukturaviy elementlari hisoblanadi. Muhokama yuritish ana shular va ularning 
o‗zaro aloqalarga kirishishi natijasida vujudga keladigan boshqa mantiqiy strukturalar (masalan, 
muammo, gipoteza, nazariya, g‗oya va shu kabilar) da amalga oshadi.
Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy shartlari qatoriga fikrning chin 
bo‗lishi va formal jihatdan to‗g‗ri qurilishi kiradi. Chin fikr o‗zi ifoda qilayotgan predmetga 
muvofiq keluvchi fikr hisoblanadi (masalan, «temir – metall»). Xato fikr predmetga mos 
kelmaydigan fikrdir (masalan, «temir – metall emas»). Fikrning chin yoki xato bo‗lishi uning 
mazmuniga tegishli xususiyatlaridir.
Fikrning chin bo‗lishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti bo‗lsa-da, o‗z holicha etarli emas. 
Fikr muhokama yuritish jarayonida formal jihatdan to‗g‗ri qurilgan ham bo‗lishi kerak. Bu 
xususiyat fikrning shakliga taalluqli bo‗lib, tafakkurda hosil bo‗ladigan turli xil mantiqiy 
strukturalarda sodir bo‗ladigan har xil mantiqiy amallarda o‗z aksini topadi.
Fikrni to‗g‗ri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina erishish mumkin. 
Tafakkur qonuni muhokama yuritish jarayonida qatnashayotgan fikrlar (fikrlash elementlari) 
o‗rtasidagi mavjud zaruriy aloqalardan iborat. Tafakkur qonunlari mazmunidan kelib chiqadigan, 
muhokamani to‗g‗ri qurish uchun zarur bo‗lgan talablar fikrning aniq, izchil, etarli darajada 
asoslangan bo‗lishidan iborat.


Muhokamani to‗g‗ri qurish bilan bog‗liq talablar haqida gapirganda, birinchi navbatda, ularning 
muayyan prinsiplar, qoidalar tarzida, ya‘ni to‗g‗ri tafakkur prinsiplari sifatida amal qilishiga 
e‘tibor berish zarur. Mazkur qoidalarning buzilishi muhokamaning noto‗g‗ri qurilishiga sabab 
bo‗ladi. Bunda, xususan, chin fikrlardan xato xulosa chiqishi (masalan, «Qonun – rioya qilish 
zarur bo‗lgan huquqiy hujjat», «Buyruq – qonun emas», demak, «Buyruq – rioya qilish zarur 
bo‗lgan huquqiy hujjat emas») yoki xato qurilgan muhokamadan chin xulosa chiqishi (masalan, 
«Barcha moddiy jismlar – kimyoviy elementlar», «Temir – moddiy jism», demak, «Temir – 
kimyoviy element») mumkin. Tafakkur ko‗p qirrali jarayon bo‗lib, uni turli xil tomonidan, 
xususan, mazmuni va shakli (strukturasi) bo‗yicha, tayyor holida yoki kelib chiqishi va 
taraqqiyotida olib o‗rganish mumkin. Bularning barchasi mantiq ilmining vazifasini tashkil etadi, 
uning turlicha metodlardan foydalanishiga, har xil yo‗nalishlarga ajralishiga sabab bo‗ladi.
Formal mantiq to‗g‗ri tafakkur shakllari va qonunlarini o‗rganuvchi fan sifatida
Mantiq keng ma‘noda olamdagi qonuniy, zaruriy bog‗lanish va aloqalar, tartib va izchillik, 
tafakkurimizning ichki aloqadorligi, tadrijiy rivojlanishi, turli fikrlar o‗rtasidagi mantiqiy 
bog‗lanishlarni ifodalaydi. Tafakkur voqelikni umumlashtirib va mavhumlashtirib, muayyan 
mantiqiy shakllarda, ya‘ni tushuncha, hukm va hulosa chiqarish hamda ular o‗rtasidagi aloqalar 
shaklida aks ettirib, ma‘lum mantiqiy qonun – qoidalarni vujudga keltiradiki, to‗g‗ri, aniq, izchil, 
ziddiyatlardan holi fikrlash ana shu qonun – qoidalarga amal qilishni taqoza etadi. Bu qonun-
qoidalar amaliyotda vujudga kelgan bilimlarni isbotlashga yoki rad etishga, ularning to‗g‗riligi 
yoki xatoligini tasdiqlashga yoki inkor etishga xizmat qiladi.
Tafakkurni mantiq fanidan tashqari falsafa, fiziologiya, psixologiya, dialektika, kibernetika 
fanlari ham o‗z predmeti nuqtai nazaridan o‗rganadi. Grammatika mantiq faniga yaqin. 
Tushuncha va hukmlarning ifodalanish strukturasini aniqlashda grammatikaning roli katta. Biroq 
yuqorida tilga olingan fanlarning har biri tafakkurga o‗z nuqtai nazaridan yondoshadi, uning turli 
qirralarini 
ochib 
beradi. 
Hozirgi 
kunda 
mantiq 
ilmining 
o‗zining ham turli 
yo‗nalishlari,tarmoqlari mavjud, ular orasida inson tafakkurini eng oddiy qonun – qoidalar bilan 
qurollantiradigan, uni to‗g‗ri fikrlashning tamoyillari bilan tanishtiradigan muhim tarmog‗i 
formal mantiq bo‗lib, u tarixiy kelib chiqishini e‘tiborga olgan holda an‘anaviy mantiq, 
ommaviyligi nuqtai nazaridan esa, umumiy mantiq deb ham yuritiladi.
Mantiq fani inson tafakkurining eng umumiy shakllari, qonunlari va fikrlash usullarini o‗rganadi. 
Mantiq fani tafakkurni rivojlantiradi, insonda umumiy tushunchalar, kategoriyalar bilan ish 
ko‗rish ko‗nikmalarini hosil qiladi. Bu esa, bugungi fan texnika rivoji jadallashgan sharoitda 
ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy – nazariy ma‘lumotlarni samarali tahlil qilishda muhim 
rol o‗ynaydi.
Formal va dialektik mantiq fanlari
Falsafiy adabiyotlarda dialektik mantiq bilan formal mantiq mavjudligi ta‘kidlanadi. Bularning 
birinchisi tafakkur shakllarini ularning rivojlanishida olib qarasa, ikkinchisi ularni shakllangan 
fikrlar sifatida o‗rganadi. Shuningdek, dialektik mantiq tafakkurni uning mazmuni va shakli 
birligida olib o‗rgansa, formal mantiq fikrning shaklini uning konkret mazmunidan chetlashgan 
hamda nisbatan mustaqil holda olib tadqiq etadi. Shuning uchun dialektik mantiq fikrlarimizning 
taraqqiyoti, rivojlanishini, formal mantiq esa nisbiy turg‗unligini aks ettiradi. Dialektika 
fikrlashning formal mantiq qonun – qoidalariga amal qilishni taqazo etadi. Dialektika ham, 
formal mantiq ham hamma vaqt falsafa tarkibida rivojlanib kelgan.
Dialektika esa rivojlanish jarayonida aynanlik, tafovutlar va qarama – qarshiliklar darajasiga 
ko‗tariladi, nozidlik taraqqiyot manbai bo‗lmay, balki ular o‗rtasidagi qarama – qarshilik 
taraqqiyotni ta‘minlaydi, deb ko‗rsatadi. Formal mantiq va dialektik mantiq bir – biriga muqobil 
metodlarga asoslanadi. Ular mustaqil ta‘limot hisoblanadi. Dialektik mantiq falsafiy metod 
sifatida, falsafaning muhim tarkibiy qismi sifatida mavjud bo‗lsa, formal mantiq mustaqil fan 
sifatida shakllangan ta‘limotdir.
Matematik mantiq fani
Matematik mantiq – fikrlash jarayonini turli simvollar yordamida, matematik usul asosida 
o‗rganadi. Bu ta‘limot mantiq fanining rivojlanishidagi yangi bosqich hisoblanadi. Ammo 


matematik mantiqning matematikaning o‗zidan ham, mantiq ilmidan ham farqli tomonlari bor. 
Shuning uchun matematikaning barcha tomonlarini bu mantiq qonunlari bilan izohlab bo‗lmaydi. 
Shuningdek, mantiqiy qonun va shakllarining hammasini ham matematik usul bilan hal qilib 
bo‗lmaydi. Shunga qaramasdan matematik usul mantiq faniga singib bormoqda, uning ajralmas 
qismi bo‗lib takomillashmoqda. Hozirgi zamon mantiq ilmini simvollarsiz, matematik 
mavhumiyliksiz tasavvur qilib bo‗lmaydi. Shuning uchun mantiq ilmi mutaxassislari matematik 
mantiq asoslari bilan tanish bo‗lishlari zarur.
Mantiq jarayonini turli simvollar bilan ifodalashga intilish Arastu asarlaridayoq ko‗zga 
tashlanadi. XVI – XVII asrlarga kelib, mexaniqa va matematika fani rivojlanishi bilan matematik 
metodni mantiqqa tadbiq etish imkoniyati kengaya bordi. Nemis faylasufi Leybnits har xil 
masalalarni echishga imkon beruvchi mantiqiy matematik metod yaratishga intilib, mantiqni 
matematiklashtirishga asos soldi.
Mantiqiy jarayonni matematik usullar yordamida ifodalash asosan XIX asrlarga kelib rivojlana 
boshladi. Bu davrda yashagan rus olimi I. S. Poretskiy, nemis va ingliz olimlari J. Bul, Fure, 
Morgan, Shryoder kabilar o‗zlarining asarlarida bu masalaga oid muhim fikrlarni ilgari surishdi. 
Hozirgi vaqtda matematik mantiq metodlari fan va texnikada, kibernetikada tarjimon 
mashinalarda va boshqa ko‗p halq xo‗jaligi sohalarida qo‗llanilmoqda.
Mantiq fanining yo‗nalishlari
Formal mantiq - fikrlashning tuzilishi va uning qonunlari haqidagi fandir. Formal mantiq 
fikrlashning rivojlanishini, uning takomillashish jarayonini o‗rganishni o‗zidan soqit qiladi. U 
fikrlashning mantiqiy tuzilishini, shaklini o‗rganadi. Insonning fikrlash shakli, tuzilishi turli 
qonunlarga asoslanadi va ularni keltirib ham chiqaradi. Mantiqiy shakllarni simvollar yordamida 
ifoda etish mumkin. Masalan, «Hamma ziyolilar aqliy mehnat bilan shug‗ullanadilar», «Hamma 
kapalaklar hasharotdir» degan fikrlarning mazmuni turlicha bo‗lsada, ularning tuzilishi, shakli 
bir xildir. Shuning uchun ularni «Hamma S – R dir» yoki «Hamma a – v dir», deb ifodalash 
mumkin.Formal mantiq va klassik mantiq tushunchalari sinonim tushunchalar bo‗lib,unda 
muloxazalar ikki qiymatli, ya‘ni chin yoki xato bo‗ladi.
Klassik mantiqdan farq qiluvchi hozirgi zamon mantig‗i turli yo‗nalishlardan iborat bo‗lib, ular 
birgalikda noklassik mantiq deb nomlanadi.
Ko‗p ma‘noli mantiq hozirgi zamon noklassik mantig‗ining bir tarmog‗i bo‗lib, fikrlashni 
«chin», «xato», «qisman chin», «qisman xato», kabi tushunchalar orqali ifodalaydi. Agar 
umumiy formal mantiqda mulohazalar ikki qiymatli (chin yoki xato) bo‗lsa, ko‗p ma‘noli 
mantiqda mulohazalar uch va undan ortiq qiymatlidir. Shuning uchun bu mantiq «ko‗p ma‘noli 
mantiq» deb yuritiladi. Bu mantiqda eng oddiy sistema uch ma‘nolidir. Masalan, Siz ―inson 
huquqlari deklaratsiyasi‖ni bilasizmi? -degan savolga ―ha‖, ―yo‗q‖, ―ozgina bilaman ‖ kabi 
javoblarni olish mumkin.
Induktiv mantiq (lot. Intuitio – dikqat bilan e‘tibor berish, diqqat bilan kuzatish) – Hozirgi 
zamon noklassik mantig‗i tarmog‗i bo‗lib, matematik intuitsiya prinsiplaridan kelib chiqadi. Bu 
prinsiplar XX asr olimlari L. E. Brauer va A. Geytinglar tomonidan ishlab chiqilgan. Ma‘lumki, 
nemis olimi Kantor ishlab chikqan to‗plam nazariyasi bir necha hal qilib bo‗lmaydigan 
paradokslarga uchragandan so‗ng, bu krizisdan qutilish uchun logitsizm, formalizm, 
konstruktivizm, intuitsionizm kabi oqimlar paydo bo‗ladi. Bular bunday ziddiyatni formal 
mantiq asosida hal qilishga harakat qildilar.
XA (x) ifoda quyidagicha o‗qiladi: «Hamma X A xossasiga ega». Klassik mantikqa ko‗ra, agar 
bu ifodalar arifmetika aksiomalariga mos kelsa, to‗g‗ri (chin) deb qabul qilinadi. Matematika 
uchta musbat sonlarning bir butuni h dan tuzilgan, uni 
Klassik mantiqqa asoslangan 
matematikada
v) chin (to‗g‗ri) hisoblanadi. A (h)ning tashkil topish usuli qiziqtirmaydi. Intuitiv mantiqda bu 
sonning tuzilish usuli ma‘lum bo‗lgandagina AxA (X) ifodasi chin (to‗g‗ri) hisoblanadi. A ning 
to‗g‗riligidan (chinligidan) V ning to‗g‗riligini bevosita keltirib chiqarish metodi ishlab 
chiqilgandagina, implikatsiya (a Konsruktiv mantiq – hozirgi zamondagi matematik mantiqning 
asosiy oqimlaridan biri. Bu mantiq konstruktiv matematikaga asoslanib, intuitiv mantiq 


qoidalarini tanqidiy o‗rganish asosida paydo bo‗lgan. Mantiqdagi bu oqim ham Kantor to‗plam 
nazariyasidagi paradoksni hal qilishga urinish asosida paydo bo‗ldi. Konstruktiv mantiq real 
voqelikda mavjud bo‗lmagan ham, lekin fikrda qurish mumkin bo‗lgan ob‘ektlarni mantiqiy 
taxlil qiladi. Xususan, Sokrat mayovtika usulini, Demokrit ―Kanon‖da (kanon – mezon, qoida) 
tayyor bilimlarning chin yoki xatoligini aniqlaydigan usullarni ishlab chiqqan, Arastu 
―Organon‖ida (organon – bilim quroli) fikrni mantiqan to‗g‗ri qo‗rish va bilimlarni hosil qilish 
vositalarini tadqiq etadi. Keyinchalik mantiq kanonmi yoki organonmi ? degan savol mantiqda 
keng muhokama kilingan.
Logitsizm – bu oqim ham Kantor to‗plam nazariyasidagi paradokslarni hal qilishga intilish 
asosida vujudga kelgan. Logitsizm ham noklassik mantiqning tarmog‗i bo‗lib, mantiq ilmini 
matematikadan ustun qo‗yishga intilgan oqimdir. Bu tarmoq vakillari matematika va mantiq ikki 
xil fan emas, balki bitta yagona fandir, deb ta‘kidlaydilar. Matematikani mantiq doirasiga 
to‗laligicha kiritish mumkin, buning uchun xech qanday qo‗shimcha tushunchalar talab 
qilinmaydi deb ko‗rsatadilar. Bu fikr matematik haqiqatni aniqlashda juda katta ahamiyatga ega 
edi. Matematika rivoji uchun boshqa fanlarga nisbatan mantiq juda katta ahamiyat kasb etadi. 
Undagi teoremalar, aksiomalar kuchli mantiqiy asosga ega. Matematika qadimdan mantiqan 
izchil fan deb hisoblangan. Biroq matematikani mantiq ilmi bilangina izohlash mumkin 
emasligini ko‗pchilik matematik va mantiqshunoslar tan olishadi.
Logitsizmni XVIII asr nemis faylasufi Leybnits boshlab bergan bo‗lib, uni XX asr ingliz 
faylasufi B. Rassel nixoyasiga etkazdi. G. Frege, D. A. Bochvar, A. Chyorch kabi matematik va 
mantiqshunoslar B. Rassel karashini keskin tanqid qildilar va noklassik mantiqni boshqa 
yo‗nalishlarda rivojlantirdilar.
Mantiq bilish, to‗g‗ri fikrlash metodlarini o‗rganuvchi fandir. Ilmiy bilish jarayonida metod 
muammosi qadimgi davr falsafasida qo‗yilgan.Xususan, Sokrat maevtika usulini, Demokrit 
―Kanon‖larda (kanon-mezon, qoida) tayyor bilimlarning chin yoki xatoligini aniqlaydigan 
usullarni ishlab chiqqan. Aristotel ―Organon‖ida (organon-bilish quroli) fikrni mantiqan to‗g‗ri 
qurish va chin bilim hosil qilish vositalarini tadqiq etgan. Keyinchalik mantiq kanonmi yoki 
organonmi? degan savol mantiqda keng muhokama qilingan.
Yangi davrda F. Bekon birinchilardan bo‗lib metod muammosini mantiq fani doirasida taxlil 
qilgan. R. Dekart va I. Kantlar ham bu masalaga alohida e‘tibor qaratganlar. Gegel metodologiya 
rivojiga muhim xissa qo‗shdi. Albatta, ilmiy bilish jarayonida har bir fan konkret tadqiqot 
ob‘ektiga ega ekan, o‗zining maxsus tadqiqot usullarini ishlab chiqishi zarur. Masalan, fizikaga 
N.Bor qo‗shimcha qilish prinsipini kiritgan.
Ba‘zi bir fanlar tadqiqot ob‘ektlari bo‗yicha bir – biriga yaqin bo‗lgani uchun, ularning 
tushunchalari, qonunlari va metodlari ham bir – biriga yaqindir. Xususan, bilishda xususiylik va 
umumiylik vazifasini bajaruvchi usullar mavjuddir. Ko‗pchilik fanlarda qo‗llaniladigan usullar 
umumiy usul deyiladi. Umumiy usul qo‗llanilishi doirasiga ko‗ra umumiy bo‗lgani bilan o‗z 
maxsus vazifasiga ega. Bunga misol qilib mantiq fanidagi tushuncha hosil bo‗lishining analiz va 
sintez, umumlashtirish va mavhumlashtirish kabi usullarini, shuningdek induksiya va deduksiya, 
qiyoslash va modellashtirishni ko‗rsatish mumkin. Bular bilishning umummantiqiy metodlari 
bo‗lib hisoblanadi Dialektika barcha fanlar uchun eng umumiy metod vazifasini bajaradi.
Shunday qilib, bilish jarayonida ilmiy tadqiqotning xususiy, umumiy va eng umumiy usullari 
mavjud bo‗lib, ular o‗zaro bir – biriga bog‗liq.
Ilmiy bilish metodlarining nazariy asosi rivojlanib borayotgan fanning extiyojlari taqozasi bilan 
yuzaga kelgan bo‗lib, u tabiat, jamiyat va inson ongining murakkab hodisalarini to‗g‗ri ob‘ektiv 
talqin etishga, fanning tabiiy aloqalarini ochishga imkon beradi. Hozirgi davrda ilmiy bilish 
faoliyatining takomillashgan shakllari va usullari, tartib qoidalari, mantig‗i va tuzilmalari fanda 
yangi – yangi yutuqlarni qo‗lga kiritish imkonini yaratmoqda.
Tafakkur shakllari va qonunlarini o‗rganish, ulardan ongli ravishda foydalanish fikrlash 
madaniyatini o‗stiradi, xususan, fikrni to‗g‗ri qurish malakasini rivojlantiradi, bahs yuritishda 
o‗zining va boshqalarning fikriga tankidiy munosabatda bo‗lishga, suhbatdoshining 


mulohazalaridagi xatolarni aniqlashga, argumentlashdagi zaif bo‗g‗inlarni ochib tashlashga 
yordam beradi.
Muhokamani to‗g‗ri qurish, formal ziddiyatlar, xatolarga yo‗l qo‗ymaslikka erishish, aytish 
mumkinki, o‗ziga xos san‘at-mantiq san‘ati hisoblanadi. Bu san‘atning nazariy asoslarini chuqur 
egallagan kishigina uning imkoniyatlarini amaliy muhokama yuritishda namoyish qila oladi. Shu 
o‗rinda buyuk mutafakkir Farobiyning mantiq ilmining ahamiyati haqida bildirgan quyidagi 
fikrlarining alohida e‘tiborga loyik ekanligini ta‘kidlash zarur. U shunday yozadi: ―Bizning 
maqsadimiz aqlni, xatoga yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan barcha xollarda, to‗g‗ri tafakkurga 
etaklaydigan, uning yordamida har safar hulosa chikarayotganda adashishga qarshi ehtiyot 
choralarni ko‗radigan san‘atni-mantiq san‘atini o‗rganishdir. Uning asosiy qonun-qoidalarining 
aqlga bo‗lgan munosabati grammatika san‘ati qoidalarining tilga bo‗lgan munosabatiga 
o‗xshash; xuddi grammatika kishilarning tilini to‗g‗rilash ehtiyoji sababli yaratilgani, unga 
xizmat qilishi zarur bo‗lgani singari, mantiq ham tafakkur jarayonini yaxshi amalga oshirish 
maqsadida xatoga yo‗l qo‗yish mumkin bo‗lgan barcha hollarda aklni to‗g‗rilab turadi‖ .
Mantiq ilmining ta‘lim sohasidagi vazifalari ham jiddiydir. O‗quv jarayonining samaradorligi 
ma‘lum bir darajada ishlatiladigan tushunchalarning, terminlarning aniq bo‗lishiga, 
muammolarning mantiqan to‗g‗ri qo‗yilishi va hal qilinishiga, mavjud gipotezalar strukturasini 
to‗g‗ri tahlil qila olishga, argumentlash qoidalaridan to‗g‗ri foydalanishga bog‗liq.
Fan uchun formal mantiq murakkab muammolarni echish vositasini beradi. Bunday vositalar, 
odatda, ilmiy nazariyaning strukturasini o‗rganishda, unda ishlatiladigan formalizmning 
mohiyatini tushuntirib berishda, formal ziddiyatlar bo‗lsa, ularni aniqlashda muhim ahamiyatga 
ega.
Zamonamiz fanlarining barchasiga inson qadr – qimmati, uning axloqi, madaniyati nuqtai 
nazaridan qarash kerak. Mantiq fani ham bundan istisno emas. Inson muammosining xal 
qilinishi, uning turmush tarzi, moddiy, ma‘naviy, axloqiy nuqtai nazardan takomillashishiga 
bog‗liq.
Insoniylik muammosini hal qilishda mantiq ilmi, ma‘naviy madaniyatning tarkibiy qismi 
sifatida, alohida ahamiyat kasb etadi. Chunonchi, hozirgi zamon fanida yuksak kashfiyotlar, 
ijtimoiy hayotda murakkab munosabatlar yuz bermoqda, bularni tahlil qilish uchun esa mantiqiy 
fikrlash madaniyati kerak. Fan yordamida inson faoliyati rivojlandi, uning oyoq, qo‗li va boshqa 
organlarining o‗rnini bosadigan mashinalar paydo bo‗ldi. Mantiq ilmini tadbiq etish natijasida 
inson intellektini rejalashtiruvchi «aqliy mashina» lar vujudga keldi, binobarin, sun‘iy aql 
vujudga kelmoqda.
Bularning barchasi insonning aqliy va jismoniy mehnatini bajaradigan mashina yaratishning 
chegarasi bormi?, Agar chegarasi bo‗lmasa, insonning o‗zi kelajakda qanday axvolga tushib 
qoladi?, kabi savollarni keltirib chiqarmoqda va ularga javob berishni taqozo etadi. Bu hozirgi 
davrda hal qilinishi zarur bo‗lgan dolzarb muammolardan biridir. Shuning uchun har qanday fan, 
shu jumladan mantiq ilmi, inson hayotining tabiiy va ijtimoiy tomonlarini mutanosib saqlash va 
takomillashtirishga alohida ahamiyat berishi kerak.
Mantiq fanining ilmiy ishonch – e‘tiqodning shakllanishida tutgan o‗rni
Faktlar va boshqa dalillarga tayanib yuritiladigan fikr yuksak ishontirish kuchiga ega bo‗ladi, 
kishilarda ishonch-e‘tikodni mustahkamlaydi. Bilishning maqsadi ilmiy asosga ega bo‗lgan 
e‘tiqodni yaratishdan iborat. Ana shuning uchun ham yoshlarda ilmiy asosga ega ishonch-
e‘tiqodni yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.Argumentlash ishonch-e‘tiqodni shakllantirish 
vositasidir. Ishonch-e‘tiqod esa, insonning komillik mezonlaridan biri bo‗lib hisoblanadi.
Ishonch –e‘tiqod- bu kishillarning xulq-atvori va hatti –harakatini belgilab beradigan qarashlari 
va tasavvurlaridir.
Vatanimizning gullab-yashnashi, barqaror rivojlanishi ma‘lum bir darajada yoshlarning chuqur 
bilimga, mustahkam ishonch-e‘tiqodga va, umuman, komil inson bo‗lishlariga bog‗liq. Bu haqda 
O‗zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I. A. Karimov shunday deb ta‘kidlagan: «Komil 
inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‗zgalarga 
ibrat bo‗la oladigan, bilimli, ma‘rifatli kishilarni tushunamiz. Ongli, bilimli odamlarni oldi-


qochdi gaplar bilan aldab bo‗lmaydi. U har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko‗radi. O‗z 
fikr-o‗yi, xulosasini mantiq asosida qurgan kishi etuk odam bo‗ladi».
Chuqur tahlilga, mantiqqa asoslanmagan bir yoqlama fikr odamlarni chalg‗itadi. Faqat bahs-
munozara, tahlilga asoslangan to‗g‗ri xulosalargina haqiqatni bilishga yo‗l ochadi. Bahs, 
munozara yuritishning, chin fikrlarni isbotlay bilishning, xato fikrlarni rad etishning o‗ziga xos 
qonun-qoidalari mavjud. Bu qoidalarni bilish har bir insonga, shu jumladan, talabalarga chin 
fikrni xato fikrdan ajrata bilish, to‗g‗ri tafakkurlash madaniyatini shakllantirish imkonini beradi.
Mantiq ilmining fan va texnika taraqqiyoti uchun ahamiyati
Mantiqiy kategoriyalarning universal harakterga ega bo‗lishi ularni bilishda, ishlab chiqarish 
jarayonlarida, texnika tarmoqlarida ixtisoslashtirilgan holda tadbiq etish imkoniyatini tug‗diradi. 
Bu esa, mantiqdan turli fanlarning konkret masalalarini hal qilishda foydalanishning keng 
imkoniyatlarini vujudga keltiradi.
Fanning tobora rivojlanib borishi, borliqning murakkab qonunlarining kashf etilishi ilmiy bilish 
metodi va mantiq apparatini shunga moslashtirishni, tafakkurning har bir konkret masala xaqida 
aniq, xatosiz, tez hulosalar bera olishini talab qiladi.
Ilmiy va texnik jarayonning bunday talabi natijasida turli fanlarga ixtisoslashgan mantiq 
tarmoqlari vujudga keldi.
Fan qadriyatlar tizimida o‗ziga xos o‗ringa ega. U katta ilmiy saloxiyatni, ijodiy kuch – quvvatni 
birlashtiradi, millat dunyoqarashini shakllantiradi, ta‘lim – tarbiya, axloq me‘yorlarini vujudga 
keltiradi, ma‘naviy barkamol insonni tarbiyalaydi, mamlakatda qudratli ilmiy potensialni 
yaratishga xizmat qiladi.
Mantiqni bilish, ayniqsa, ilm fan bilan shug‗ullanish, ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borish, 
borgan sari ko‗payib borayotgan ilmiy axborotlarni tartibli ravishda o‗zlashtirish, ilmiy 
masalalarning tuzilishini tez bilib olish uchun ham muhim rol o‗ynaydi. Mantiqning ilmiy – 
nazariy ishlar hamda insonning amaliy faoliyati uchun bo‗lgan ahamiyatini alohida uqtirish bilan 
birga, chin hulosa chiqarishning hal qiluvchi sharti – hayotni chuqur o‗rganish, har bir 
voqelikdagi hollarni mantiq talablari asosida bilish zarur.

Yüklə 319,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin