a) ta‘riflashga o‗xshash usullardan biri tushunchani unga qarama-qarshi bo‗lgan tushuncha orqali
ta‘riflashdir. Bu usul bilan odatda kategoriyalar mazmuni ochib beriladi. Masalan, «Ong
materiyaning miyamizdagi in‘ikosidir»;
v) tasvirlashda tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba‘zi tashqi belgilarini
ko‗rsatish orqali aniqlanadi. Badiiy asarlarda tabiat manzaralarini, personajlarning portretlarini
chizish, sodir bo‗lgan birorta voqeaning bayon etilishi tasvirlashga misol bo‗ladi;
s) tavsiflash yordamida predmetning ba‘zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari ko‗rsatiladi.
Bunga misol qilib birorta shaxsga berilgan tavsifnomani ko‗rsatish mumkin.
Tafovutlash, ostensiv ta‘riflash kabi usullar ham mavjuddir. Ta‘riflash bilishda katta ahamiyatga
egadir. U qisqa holda predmet haqida yaxlit fikr, tasavvur hosil qilishga imkon beradi. Lekin
predmet haqida fikr yuritganda u bilan cheklanib qolish mumkin emas. U, albatta, bilish
jarayonida boshqa bilimlar yordamida konkretlashtirilishi, chuqurlashtirilishi zarur. Ana
shundagina tushuncha ifoda etuvchi predmet haqidagi tasavvur aniq, to‗laroq bo‗ladi.
Sinflar va kichik sinflar.
Tushunchaning hajmida ma‘lum bir umumiy belgiga ega bo‗lgan predmetlar to‗plami–sinf aks
etadi. Sinfni tashkil etuvchi predmetlar sinfning elementlari deb ataladi.Sinf elementlari
cheklangan va cheksiz,noaniq yoki bo‗sh bo‗ladi.Sinf faqat bir elementdan ham tashkil topishi
mumkin.
Sinflar bilan mantiqiy amallarni bajarganda sinf elementlari haqida aytilganda fikr umuman
sinfga taaluqli deb ko‗rsatilsa va aksincha sinfga xos belgi uning elementlariga ko‗chirilsa
mantiqiy xatoga yo‗l qo‗yiladi.
Matematik mantiqda sinf tushunchasi to‗plam deb ataladi. Sinflar (to‗plamlar) kichik sinflar
(kichik to‗plam)ni o‗z ichiga olishi mumkin. Masalan; kvadratlar to‗rtburchaklar to‗plamiga
kiruvchi kichik to‗plamdir.
Dostları ilə paylaş: