Hisob va audit fakulteti "audit" kafedrasi tursunov qaxramon to


 Auditorlik faoliyatini tashkil etishning maqsadi, iqtisodiyotni



Yüklə 0,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/21
tarix02.01.2022
ölçüsü0,56 Mb.
#41329
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
auditorlik faoliyatining rivojlanish bosqichlari

 

3. Auditorlik faoliyatini tashkil etishning maqsadi, iqtisodiyotni 

rivojlantirishda uning tutgan o’rni va ahamiyati 

 

Bozor iqtisodiyoti talablaridagi infratuzilmalar faoliyati yo’lga qo’yilganligi 

xorijiy  mamlakatlar  sarmoyalarining  kirib  kelishiga  zamin  bo’lib  ko’plab  yangi 

mahsulotlar ishlab chiqarishga va ish joylari tashkil etilishiga asos bo’lmoqda. Shu 

bilan  birga,  bu  kapitalni  O’zbekiston  iqtisodiyotiga  joylashtirmoqchi  bo’layotgan 

xorijiy  investorlar  oldida  ishonchli  sherik  tanlash  va  ularning  moliyaviy  holatini 

aniq baholash kabi jihatlari muammoli bo’lib turibdi. 

Ma’lumki,  har  qanday  voqea,  hodisa,  buyum  qaysi  zamonda  va  makonda 

paydo bo’lishidan qat’iy nazar ma’lum zaruriyat tufayli yuzaga keladi. Auditga oid 

manbalarda

3

 ta’kidlanishicha, uni quyidagi shart-sharoitlar keltirib chiqargan:  



 

 axborot  etkazib  beruvchilar  (ma’muriyat)  bilan  axborotlardan 



foydalanuvchilar 

(davlat 


organlari, 

banklar, 

aktsiyadorlar, 

kreditorlar) 

manfaatlarining  mos  kelmasligi,  natijada,  ular  o’rtasida  ziddiyatli  vaziyatlar 

yuzaga kelganida ma’muriyat tomonidan noto’g’ri ma’lumotlar berilishi; 

                  

 

3



 Fayziev Sh., Avloqulov A. Audit fanidan ma’ruza matnlari. Toshkent moliya instituti, 2008. – B. 3-4.  


19 

 



 noto’g’ri  axborotlarga  asoslangan  holda  xo’jalik  qarorlarining  qabul 

qilinishi  natijasida  noqulay  iqtisodiy  ahvolga  tushib  qolinishi  yoki  inqirozga  yuz 

tutilishi; 

 



 iqtisodiy  axborotlarning  haqqoniyligini  tasdiqlash  uchun  zarur 

maxsus bilimlarga ehtiyoj; 

 

 axborotlardan foydalanuvchilarda ma’lumotlarni bevosita baholash va 



sifatini  aniqlash  uchun  maxsus  malaka,  vaqt  va  materiallarning  etishmasligi  kabi 

masalalardir. 

Ushbu  muammolarni  hal  qilishga  yordam  beradigan  auditorlik  xizmatlari 

shakllana  boshlagan.  Uning  asosiy  vazifasi  axborotlardan  foydalanuvchilarga 

taqdim  qilinadigan  hisobotlar  to’g’risida  xolis  fikr-mulohazalar  bildirishni  taqozo 

etgan.  Auditorlar  etarli  bilim  va  tajribaga,  shuningdek,  buxgalteriya  hisobi 

hujjatlari va asoslovchi ma’lumotlarni olish huquqiga ega bo’lganliklari uchun bu 

vazifani  malakali  darajada  bajarganlar.  Bundan  tashqari,  ular  korxona 

ma’muriyatiga bo’ysunmaydigan va uning tazyiqlaridan holi faoliyat yuritganlar. 

Rivojlangan mamlakatlarda mustaqil auditorlik tashqi moliyaviy nazoratning 

asosiy shakli bo’lib hisoblanadi va u keng profilli taftishchilar tomonidan amalga 

oshiriladi.  

Turli mamlakatlarda auditni tashkil qilish bilan bog’liq qoidalarni o’rganish 

shuni  ko’rsatadiki, ularda bir-biriga o’xshashliklar mavjud( 1-chizma) 

 

 

 



 

 

 



 

 

 




Yüklə 0,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin