24
So’nggi yillarda dunyoning ko’pgina mamlakatlarida audit sohasi moliyaviy
bozorning muhim elementlaridan biri sifatida jiddiy ravishda isloh qilinmoqda.
Bizning fikrimizcha, ushbu hodisaga tadbirkorlik tizimlarining faoliyat yuritishi va
rivojlanishining ob’ektiv sharoitlarining o’zgarishi, xususan kelgusida global
dolzarb vazifalarni echish doirasida integratsiya jarayonlarining faollashuvi,
auditorlik faoliyatining dunyoning iqtisodiyoti ko’proq modernizatsiyalashgan
mamlakatlari hamda hududiy va xalqaro iqtisodiy birlashmalarni shakllantirishga
intilishi, so’nggi yillarda biznes faoliyatini rivojlantirishning intellektual
omillarining kuchayishi, zamonaviy informatsion texnologiyalaridan foydalanish
va boshqalar sezilarli ta’sir ko’rsatmoqda. Ma’lumki, O’zbekiston jahon xo’jalik
tizimining teng huquqli a’zosi bo’lib borar ekan, mamlakatimiz audit tizimining
rivojlanishiga xalqaro tajriba yanada kattaroq ta’sir ko’rsatmoqda.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida bozor munosabatlarining
shakllanishi va rivojlanishining juda qisqa davri ichida audit sohasi mustaqil
professional
tadbirkorlik
faoliyati
va
milliy
iqtisodiyot
moliyaviy
infratuzilmasining ajralmas elementi sifatida o’z o’rnini topdi.
O’zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini me’yoriy tartibga solish
tizimi hukmatning yuqori organlari tomonidan ishlab chiqilgan me’yoriy-normativ
qonun hujjatlari asosida tartibga solinadi va u quyidagicha ko’rinishga ega (4-
chizmaga qarang). Bunga muvofiq auditorlik faoliyatini tartibga solishda bosh
qomusimiz Respublika Kostituttsiyasi va undan so’ng “Auditorlik faoliyati
to’g’risida”gi qonun hamda Oliy majlis palatalarining qarorlari va boshqa me’yoriy
hujjatlari muhim ahamiyatga kasb etadi.
O’zbekiston Respublikasining iqtisodiyotida bozor munosabatlarining
shakllanishi va rivojlanishining juda qisqa davri ichida audit sohasi mustaqil
professional
tadbirkorlik
faoliyati
va
milliy
iqtisodiyot
moliyaviy
infratuzilmasining ajralmas elementi sifatida o’z o’rnini topdi.