Hisoblash texnikasi yaratilishining qisqacha tarixi, avlodlari, sinflari va xalq xo’jaligidagi roli


Maktab kompyuterlarining tuzilishi, imkoniyatlari, rivojlanish istiqbollari, ishlash tartib qoidalari



Yüklə 102,5 Kb.
səhifə2/3
tarix16.05.2023
ölçüsü102,5 Kb.
#114041
1   2   3
Ehmlarning yaratilish tarixi, avlodlari, ishlash mexanizmi.

Maktab kompyuterlarining tuzilishi, imkoniyatlari, rivojlanish istiqbollari, ishlash tartib qoidalari.
Kompyuterlarning umumiy xarakteristikasi.
Kompyuter deganda, turli hajmdagi har xil ko’rinishdagi axborotlarni tezlik bilan ishlab berishni ta’minlovchi universal avtomatik qurilmani tushunish mumkin.
Kompyuterlar imkoniyatlarining takomillashuvi xamda ishlab chikarish va xayotning turli soxalariga intensiv tarzda kirib borishi mos fan soxasini jumladan, informatika fani predmetining bir necha bor tubdan yangilanishiga olib kelgan. Hozirgi kunda kompyuter va unga mos dasturiy ta’minot bazasi imkoniyatlari bu fanni o’qitishda xar bir soha mutaxassislariga muayyan bilim va ko’nikmalar majmuasini berish imkonini beradi va taqozo qiladi. Bu yo’sindagi majburiylik kompyuter unga ulanadigan qurilmalar majmuasi hamda mavjud amaliy dasturlar zahirasi katta bo’lgani uchun bir kishi tomonidan to’laqonli o’zlashtirilishi nihoyatda mushkul masala ekanligidan kelib chiqadi. Shuning uchun ushbu texnikaning bajara oladigan imkoniyatlari, vazifalari va tashkil qiluvchilari bilan to’liq tanish bo’lishimiz lozim. Quyida kompyuter haqida umumiy ma’lumotlarni keltiramiz.
Kampyuter – inglizcha so’z bo’lib, u «hisoblovchi» degan ma’noni bildiradi. U hozirda faqat hisoblovchi bo’lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma’lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan, hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma’lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko’pchilikning tushunchasida go’yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor, xolos. Bunga, albatta, sabablar ko’p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari, ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo’lsa, ikkinchi tomondan, ko’p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir. Hozirda kompyuter termini ko’p uchrasa-da, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko’p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli-analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko’rsatkichlari yuqori bo’lgani uchun ulardan ko’prok foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo’llanilmoqda.
Kompyuterlarni xotirasining hajmi, bir sekundda bajaradigan amallar tezligi, ma’lumotlarning razryad turida (yacheykalarda) tasvirlanishiga qarab besh guruhga bo’lish mumkin:
– super kompyuterlar (Super Computer);
– katta kompyuterlar (Manframe Computer);
– mini kompyuterlar (Minicomputer);
– shaxsiy kompyuterlar (RS-Rersonal Computer);
– bloknot (noutbook) kompyuterlar.
Hozirgi kunda umumta’lim maktablariga joylashtirilayotgan kompyuterlar sinfi Shaxsiy kompyuterlardan tashkil topgan bo’lib, 11 dona yoki 13 dona kompyuterlardan iborat.

2.Kompyuterning texnik ta’minoti.


Kompyuterning ishlash printsipini birinchi bo’lib ingliz olimi Charlz Bebich va uning g`oyasini mukammalashgan ko’rinishini Djon Fon Neyman taklif qilgan. Uning printsipi dastur asosida boshqariladigan avtomatik ravishda ketma-ket ishlash g`oyasidan iborat. Hozirda deyarli barcha rusumli kompyuterlar shu g`oya asosida ishlaydi. Lekin keyinchalik ko’p protsessorli kompyuterlar, ya’ni bir vaqtda dasturning bo’laklarini ketma-ket emas, parallel bajaradigan, kompyuterlar ham yaratilganligini esalatib o’tish joizdir.
Kompyuterlar ishlashi uchun zaruriy shart – dasturlarning mavjudligidir. Dastur ta’minoti 2 ta guruhdan iborat:
–sistemaning ishlashi bilan bog`liq sistema dasturlari – operatsion sistemalar;
–mavjud sistemada foydalanuvchi ishlashi uchun amaliy dasturlar.
Ushbulardan kelib chiqqan holda Kompyuterning avvaldan tuzilgan dastur asosida ishlaydigan texnik qurilma ekanligini tushunib olishimiz kerak. Kompyuterlarni boshqaruvchi dasturlar uning xotira qurilmasiga kiritib qo’yiladi. Xotirada turgan dastur asosida dasturni tashkil etuvchi har bir operator ishni ketma-ket bajaradi.
Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o’rnatadi va uning bajarilishini ta’minlaydi. Amal (arifmetik- mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi. Dastur ishlash natijasi to’g`ridan-to’g`ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada ko’rilishi mumkin. Odatda kompyuter ikki qismdan: Hardware (kompyuterning tashkil etuvchilari – qattiq qismlari) va Software (kompyuterning dastur ta’minoti – kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi. Kompyuterning qattiq qismlari bilan tanishamiz.

3.Kompyuterning asosiy qurilmalari va ularning vazifalari.


Maktab kompyuterlari quyidagi qurilmalar (qattiq qismlardan) tashkil topgan:
Asosiy qurilmalar:
1) tizimli qism; 2)monitor; 3)klaviatura
Qo’shimcha qurilmalar:
4)«sichqoncha», 5)printer, 6)skaner, 7)disketalar.
Tizimli qism: odatda yassi yoki minora ko’rinishda ishlab chiqariladi. Kompyuternning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo’lib, ular quyidagilardir: Tezkor xotira, mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari (ya’ni kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai bilan ta’minlash bloki), yumshoq disk qurilmasi, qattiq disk qurilmasi, faqat o’qish uchun mo’ljallangan lazer disk qurilmasi, shinalar, multimediya, tarmoq kartasi, sistema platasi, modem va boshqa qurilmalar. Tizimli qismga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko’plab tashqi qurilmalarni ulash mumkin.
Xotira qurilmasi – kompyuterda dasturlar va berilganlarni, amal natijalarini saqlaydigan qurilma hisoblanib, u quyidagilardan tashkil topgan: tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar.
Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo’lib, protsessor undan amallarni bajarish uchun dastur, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, kompyuter o’chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan dasturlar va foydalanuvchi tomonidan berilganlar yo’q bo’lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab qolish kerak.
Doimiy xotira. Kompyuterda berilganlarni unga avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS – Basic Input – Output System – kiritish chiqarishning asosiy sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat o’qish mumkin. Shuning uchun ham u ROM deb ataladi. Bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion sistemaning boshlang`ich yuklanishini ta’minlash, qurilmalarga xizmat ko’rsatishning asosiy funktsiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.
Kesh xotira. Kompyuter ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo’lib, uning yordamida amallar bajarish tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi.
Videoxotira. Videoxotira monitor ekranida video ma’lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish uchun ishlatiladi. Shuni aytish lozimki, videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko’p joy egallaydi. Shuning uchun video xotira hajmi qancha katta bo’lsa, shuncha yaxshi bo’ladi.
Mikroprotsessor. Mikroprotsessor kompyuterning amal bajariladigan qismi bo’lib, u ma’lumotlarni berilgan dastur asosida qayta ishlaydi.
Hozirgi zamonaviy kompyuterlarda PENTIUM protsessorlari ishlatilmoqda.
Sistema platasi. Kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor, tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo’ladi. Bundan tashqari, unda ba’zi qurilmalar, ishni boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo’ladi.
Modem. Kompyuter telefon tarmog`i orqali axborot almashish maqsadida ishlatilayotganda, telefon tarmog`idan olingan signalni qabul qila oluvchi va uni raqamli axborotga aylantiruvchi qurilma modem qurilmasidir.
Modemning ikki turi mavjud: ichki va tashqi modem. Ichki modem plata ko’rinishida kompyuter ichiga maxsus sistema platasiga o’rnatiladi.
Monitor qurilmasi – bu foydalanuvchiga kompyuterda ma’lumotlarni ekranda tasvirlab turish vazifasini bajaruvchi – chiqarish qurilmasi hisoblanadi.
Klaviatura qurilmasi – bu foydalanuvchi bilan kompyuter muloqatini o’rnatuvchi – kiritish qurilmasi hisoblanadi.

4.Qurilmalardan foydalanish qoidalari.


Maktab kompyuter sinfidagi kompyuterlardan foydalanishning sanitariya-gigiyena qoidalari va texnika xavfsizlik qoidalariga to’la rioya qilgan holda foydalanish tavsiya etiladi. Bu qoidalar har bir o’quvchi yoki foydalanuvchi uchun umumiy bo’lib, u maktab kompyuter sinfxonasida alohida stend tarzida eslatma shaklida chiqarib qo’yilgan bo’lishi zarur. Ushbu qoidalarga rioya qilgandagina o’quvchilarning kompyuterlardan musitaqil foydalanishini yo’lga qo’yishimiz mumkin.
Bundan tashqari kompyuterning har bir qurilmasidan foydalanish uchun alohida qoidalar o’quvchilarga tushuntirilishi zarur bo’ladi.
Masalan, kompyuterni elektr tokiga ulab ishga tushirish va ish yakunida elektr tokidan ajratish qoidasi:
–elektr tokiga maxsus kabelni ulang;
–agar kompyuter, maxsus transformator yoki stabilizator orqali tokka ulanadigan bo’lsa, uni yoqing;
–agar sizga printer qurilmasi zarur bo’lsa, oldin printerni yoqing;
–monitorning tokka ulagich tugmasi bosing;
–sistemalar blokini yoqing.
–kompyuter ishga tayyor bo’lguncha (operatsion sistema yuklanguncha) 2-3 minut kutib turing.
–­­­­­­o’zingizga zarur bo’lgan amaliy dasturdan foydalanib, ishingizni bajaring;
–kiritgan axborotlar yoki o’zgarishlarni kompyuter xotirasiga saqlash buyrug`ini bering;
–ishlagan dasturingizdan qoidasi asosida chiqing;
–agar kompyuterda Windows operatsion sistemasida ishlagan bo’lsangiz ishchi stolidagi «Pusk» tugmasidan ishni tugatish haqidagi buyruqni bering;
–Ekranni o’chiring;
–printer yoqilgan bo’lsa, uni o’chiring;
–Sitemali blokni o’chiring;
–transformatorni o’chiring;
–maxsus kabelni elektr tokidan ajrating.
Bundan tashqari har bir qurilmadan foydalanishda ham ushbu shakldagi algoritm asosida ishni tashkil qilish shart. Agarda qoidalarga rioya qilmasak, kompyuterimizda ko’pgina bajarayotgan ishimiz to’g`ri natija bermaydi yoki xatoliklar paydo bo’ladi.

5.KOMPYuTER SINFIDA KOMPYuTERLARNI JOYLAS’HTIRIS’H TARTIBI (SXEMASI).


Maktab kompyuter sinfxonasida kompyuterlarni quyidagi usullardan joylashtirishimiz mumkin:
1.Sinf xonaning devorlari bo’ylab, foydalanuvchilar devorga qarab ishlaydigan holatda – «G» -harfi shaklida.

2.Sinfxonaning devorlari bo’ylab – «P» shaklida.


3.Sinfxonada kompyuterlarni bir to’plam ikki tomonlama ishlashga mo’ljallab joylashtirish:




Kompyuter sinfxonalarida kompyuterlarni joylashtirish – o’quvchilar bilan muloqatda bo’lish jihatidan ahamiyatlidir.


1-2-holatlarda joylashtirilsa, o’quvchilar bilan nazariy mashg`ulotlarni o’tkazish ham amaliy mashg`ulotlar davomida muloqatda bo’lish jarayonida ularning bajarayotgan amallarini to’g`ridan-to’g`ri nazorat qilib turish imkoniyatini beradi. Bir o’quvchiga tushuntirish qilinayotganda qolgan o’quvchilar ham monitordagi bajarilayotgan amallarni kuzatib turish mumkin bo’ladi.

6.Server (boshqaruvchi) kompyuterning asosiy vazifasi.


IXTA fan kabinetida joylashtirilgan kompyuterlar guruhi lokal tarmoq bilan ishlashga mo’ljallangandir. Bu lokal tarmoq kompyuterlarining dasturiy va texnik ta’minoti ikki xil bo’lishi mumkin.
1.Faqat bosh (server) kompyuter orqali boshqariladigan lokal tarmoq.
Bu tarmoqlardagi kompyuterlar faqat bosh kompyuterdagi operatsion sistema bilan boshqariladi. O’quvchilar kompyuterlari mustaqil qattiq diskka ega emas. Ular mustaqil o’zi disksiz (OS li disk) ishlamaydi, qachonki bosh kompyuter ishga tushirilsa, o’quvchilar kompyuterida amallar bajarish mumkin.
2.Har bir kompyuter Shaxsiy kompyuter bo’lib, ular ham o’zaro lokal tarmoq tashkil qilingan kompyuterlar sinfi.
Bu tarmoqdagi kompyuterlar alohida bosh kompyuter vazifasini ham bajarish mumkin. Ular alohida amallar bajarish uchun mo’ljallangan bo’lib, mustaqil qattiq diskka ega. Alohida kiritilgan axborotlarni o’zida saqlab turishi mumkin. Bu kompyuterlar bosh kompyutersiz ham o’zaro aloqa qilishi (axborotlar almashishi) mumkin.
Informatika darsini samarali tashkil qilish uchun alohida fan kabineti va unda kompyuterlar joylashtirilgan bo’lishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu sinfxonasida kompyuterlarni joylashtirish va ularning imkoniyatiga ham ma’lum darajada bog`liqdir.

Mavzu bo’yicha testlar


1. Elektron xotiraga ega bo’lgan birinchi hisoblash texnikasi loyixasini yaratgan olim kim?


A. Bebbidj V. Paskal G. Lebedev
D. Atanasov E. Ada Lavlays
2. Printerlarning necha turi mavjud?
A. ignali, lazerli
V. lazerli, purkagichli, lentali
G. matritsali (ignali), purkagichli, lazerli
D. suyuqlik bilan harf teruvchi, qattiq bo’yoq bilan harf teruvchi
E. to’g’ri javob ko’rsatilmagan.
3. Skaner qurilmasining vazifasi nimadan iborat?
A. Axborotlarni o’zida saqlab turadi
V. Axborotlarni qog’ozga chiqarib berishni ta’minlaydi
G. Qog’ozdagi tasvir va yozuvlarning elektron nusxasini kompyuterda yaratadi
D. Axborotlarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga o’tkazadi
E. To’g’ri javob ko’rsatilmagan
4. Sichqoncha qurilmasi. . .
A. Foydalanuvchi bilan kompyuter o’rtasidagi muloqotni yengillashtiradi
V. Axborotlarni o’zida saqlab turadi
G. Qog’ozdagi tasvir va yozuvlarning elektron nusxasini kompyuterda yaratadi
D. Axborotlarni bir kompyuterdan ikkinchi kompyuterga o’tkazadi
E. To’g’ri javob ko’rsatilmagan
5. Egiluvchan magnit disklari . .
A. Dastur, hujjat, matn kabi axborotlarni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish va saqlab qo’yish uchun xizmat qiladi.
V. Qog’ozdagi tasvir va yozuvlarning elektron nusxasini kompyuterda yaratadi
G. Axborotlarni vaqtincha saqlab turadi.
D. B va V javoblar to’g’ri
E. To’g’ri javob ko’rsatilmagan
6.Maktab kompyuter xonasidagi kompyuterlar necha xil turda lokal tarmoqqa ulangan bo’ladi?
A)2 xil V)3 xil S)1 xil D)lokal tarmoq bo’lmaydi
E)to’g`ri javob ko’rsatilmagan.
7.Maktab kompyuter sinfida kompyuterlarni necha xil usulda joylashtirish mumkin?
A)2 xil V)3 xil S)1 xil D)lokal tarmoq bo’lmaydi
E)to’g`ri javob ko’rsatilmagan.
8.«Kompyuter» so’zi qanday ma’noni bildiradi?
A)mashina degan ma’noni
V)avtomatik qurilma degan ma’noni
S)hisoblash mashinasi degan ma’noni
D)hisobchi degan ma’noni
E)elektron hisoblash mashinasi degan ma’noni
9.Nima uchun kompyuter hisoblash mashinasi deb yuritiladi?
A)chunki, bu texnika faqat hisoblashni bajara oladi.
V)chunki, bu qurilma birinchi marta hisoblash vositasi sifatida ixtiro qilingan edi.
S)hisoblashlarni tez bajargani uchun.
D)faqat aniq fanlar sohasida qo’llanilgani uchun
E)Kompyuter so’zi hisobchi ma’nosini bildirgani uchun.
10.Bitta shaxsiy kompyuterda qanday xotira qurilmalari bo’lishi mumkin?
A)doimiy xotira, disklar
V)doimiy xotira, tezkor xotira, qattiq disk, kesh xotira, videoxotira
S)tezkor xotira, qattiq disk
D)tezkor xotira, protsessor, kesh xotira, videoxotira
E)doimiy xotira, qattiq disk, kesh xotira
11.Printerlarning necha turi mavjud?
A)matritsali (ignali), purkagichli, lazerli
V)ignali, lazerli
S)lazerli, purkagichli, lentali
D)suyuqlik bilan harf teruvchi, qattiq bo’yoq bilan harf teruvchi
E)to’g`ri javob ko’rsatilmagan.



Yüklə 102,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin