3. Elektromexanik mashinalar davri 19 asr oxiridan 20 asr o`rtalarigacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Elektrotexnikaning rivojlanishi hisoblash mashinalarida inson jismoniy mehnati o`rniga elektr energiyani qo`llashga olib keldi. Elektromexanik mashinalar bilan bir vaqtda yangi mashina turlari, hisoblash - analitik mashinalari paydo bo`lib, ularda hisoblash operatsiyalari bajarilib, avtomatik usulda natijalar taqqoslanilib, taxlil qilinish imkoni yaratildi. Bunday mashinalardan eng birinchisi 1888 yil AQShda G.Gollerit tomonidan yaratilib, unga "tabulyator" nomi berildi. Bu mashinalarda axborot tashuvchilar sifatida perfokartalar xizmat kilgan. Bizning Vatanimizda hisoblovchi – analitik mashinalar asrimizning 20-chi yillaridan boshlab ishlatila boshlandi. Bu mashinalar perfokartada axborot tayyorlovchi qurilmalar (perforatorlar),perforatsiyani nazorat qilish (kontrolьniklar), saralash, ma’lum sistemaga keltirish mashinalari (reproduktorlar) bilan birgalikda kompleks bo`lib ishlatilardi. Hisoblash natijalarini tabulyator jadval ko`rinishida chop etib berar edi.
4. EHMlar davri asrimizning 40-yillari o`rtalaridan boshlanib to hozirgi kungacha bo`lgan davrni o`z ichiga oladi. Bu davr elektronikaning rivojlanish davri bilan bog`liq bo`lib, uning asosida hisoblash mashinalarining yangidan-yangi turlari va modellari dunyoga keldi. Birinchi EHM 1945 yil AQSH da olimlar Dj. Mougli va D.Ekkert tomonidan yaratilib, unga ENIAK nomi berildi. Bu EHM 18000 elektron lampadan tuzilgan bo`lib, asosiy element bazasi elektromagnitli relelarga asoslangan edi. Sobiq SSSR da esa birinchi elektron lampaga asoslangan KEHM (kichik elektron hisoblash mashinasi) 1951 yil akademik S.A.Lebedev rahbarligida yaratilgan. 1952 yili yana shu olim rahbarligida katta elektron hisoblash mashinasi (KEHM-2) yaratilib, uni 1954 yili qayta ishlab takomillashtirilib, uning ish unumdorligi o`sha vaqt uchun juda katta bo`lgan hisoblash tezligi sekundiga 10000 operatsiyaga yetkazildi.