Hisoblash usullari



Yüklə 36,5 Kb.
tarix19.05.2022
ölçüsü36,5 Kb.
#58599
Saminjonov Sanjarbek Taqriz


FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI MATEMATIKA – INFORMATIKA FAKULTETI AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA YO’NALISHI 3 – KURS 19.06 – GURUH TALABASI SAMINJONOV SANJARBEK SAYDULLO OʻGʻLINING “HISOBLASH USULLARI” FANIDAN “CHIZIQLI ALGEBRAIK TENGLAMALAR SISTEMASINI ZEYDEL USULI BILAN YECHISH (ALGORITMI TAVSIFI, YAQINLASHISH SHARTLARI, AMALLAR MIQDORINI BAHOLASH, DASTUR VA HISOBLASH EKSPERIMENTLARI NATIJALARI)”
MAVZUSIDA BAJARILGAN KURS ISHIGA
TAQRIZ
1. Kurs ishining dolzarbligi: Oʻquvchilarni hisoblash usullari fanidan tayyorgarligini rivojlantirishda chiziqli tenglamalar sistemasini taqribiy usullar, xususan, Zeydel usuli bilan masalalari muhim ahamiyatga ega. Yechilish uslubiga koʻra bunday masalalar oʻquvchilarda algoritmlar oʻrtasidagi bogʻlanishlar oʻrnata olish ko’nikmalari shakllanadi. Shuningdek, bunday misollar oʻquvchilarda hisoblash texnikasini rivojlantiradi.
2. Ishning bo’limlariga tasnif: Ushbu kurs ishi kirish qism, ikkita bobdan iborat xulosa va adabiyotlar roʻyhatini o’z ichiga oladi.
3. Ishning ijobiy tomonlari chiziqli tenglamalar sistemasini iteratsion usullarda qanday yechim topishligi va qaysi sohalarda ishlatiladi, ularning qanday turlari bor, qanday obektlar bilan birga qoʻllaniladi, uning xarakteristikasi haiqda batafsil ma’lumot beradi.
4. Ishning kamchiliklari: Kursishida ba’zi kamchiliklarga yoʻl qo’yilgan. Masalan, imlo xatolarga yoʻl qoʻyilgan, tushuntirish xatining ba’zi joylari internetdan tayyor manbalar asosida tuzilgan. Lekin bu ishning dolzarbligi va talab darajasida loyihalanganligi bois uning mohiyatini yoritib berishda kata kamchilik sifatida qarashga asos bo’lmaydi.
5. Xulosa: Ushbu kursishni koʻrib chiqib, shuni ta’kidlab o’tish lozim deb topaman; mavzuni dolzarbligi, talab va me’yorlar doirasida bajarilganligi uchun Amaliy matematika va informatika yoʻnalishi 19.06-guruh talabasi Saminjonov Sanjarbek Saydullo oʻgʻlining “Chiziqli algebraik tenglamalar sistemasini Zeydel usuli bilan yechish (algoritmi tavsifi, yaqinlashish shartlari, amallar miqdorini baholash, dastur va hisoblash eksperimentlari natijalari)” mavzusida bajarilgan kurs ishi yaxshi yaratilgan. Ushbu kurs ishini bahoga loyiq deb hisoblayman.
Taqrizchi: Amaliy matematika va informatika kafedrasi oʻqituvchisi A.Ismoilov
Yüklə 36,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin