Hisobot mazmuni



Yüklə 19,48 Kb.
səhifə1/3
tarix17.03.2023
ölçüsü19,48 Kb.
#88409
  1   2   3
Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Amaliy matematika va informatika ta


Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti Pedagogika fakulteti Amaliy matematika va informatika ta’lim yo’nalishi 4-kurs 403-guruh talabasi Bobomurodov Faxriddinga Oltinsoy tumanidagi 16-umumiy o’rta ta’lim maktab ma’muriyati tomonidan

HISOBOT MAZMUNI :
I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.
II. Bajarilganishlar
2.1. O`quv ishlari.
2.2. Ma’naviy – marifiy ishlar.
III. Xulosa va takliflar
Men 4-kurs Amaliy Matematika va Informatika ta’lim yo‘nalishi 403-guruh talabasi Bobomurodov FaxriddinAbdulla o`g`li 2021-yil 6-sentabrdan 2021-yil 6-noyabrgacha Oltinsoy tumani 16-umumiy o’rta ta’lim maktabida pedagogik amaliyotda bo‘ldim.
I. Pedagogik amaliyot olib borilgan muassasa.
Maktab binosi ma‘muriy xonalardan tashqari 20 ta xonali. Bino 2 ta korpus va sport zalidan tashkil topgan. Maktab binosi 540 o`ringa mo’ljallangan.
Maktabning barcha pedagog xodimlari o`quvchilarg ata’lim va tarbiyan iuzviy ravishda berib bormoqda.

Maktab xonalari hali ham qo`shimcha asbob-uskunalar bilan jihozlanmoqda.


Maktab tashkil topganidan beri shu kunga qadar bir qancha o‘quvchi yoshlar fan olimpiyadalarida nufuzli o‘rinlarni olib kelishgan.
06.09.2021-yil kuni ilk bor makrabga tashrif buyurdim. Pedagogik amaliyotim davomidana faqato`quv, balki, ma’naviy-marifiy ishlar bilan ham tanishib, o`rganib chiqdim.
II. Bajarilganishlar
2.1. O`quv ishlari:
- ta’lim muassasasiga kelishim bilan mutaxassislik (geografiya) fani o`qituvchisi. Iloji boricha dars jarayonining 1 daqiqa vaqtini ham e’tiborimdan chetda qoldirmaslikka harakat qildim. Universitetda o`qituvchilarimiz bergan bilimlari asosida dars uchun tahlil yozdim va o`zim uchun kerakli xulosalarni oldim.
- Ustozlarimiz aytganidek, pedagogic amaliyotim uchun alohida ish reja tuzib oldim.
- Pedagogi kamaliyot davrida yordamlari katta bo`ldi. Ish reja tuzish tartibini o`rgatdi (06.11.2021y ga qadar qaysi mavzular o`tilganligi, yil oxiriga qadar yana qanday mavzular o`tilishini, ularni sinflar kesimidagi farqi, III-chorak oxiri o`quvchilarning ta’tilga chiqishlarini inobatga olish kerakligi hamda xalq ta’limi vazirligi tomonidan ish kunlari sifatida tasdiqlangan kunlarning calendar rejasini taqdim etdi).
Ish rejalarni tuzib olgach, kunlik rejalarni tuzishni ya’ni darslarning samaradorligi uchun qanday metodlar tanlash joizligi haqida tushuntirib bordi. Bu orqali bilimlarimni mustahkamlab olishimga yordam berdi.
Dars ishlanmalarni yozilish qoidalarini amaliy tahlil qilishni o`rgatdi. Bunda asosan, dars jarayoni usiliga e’tibor berish lozimligiga alohida urg`u berib tushuntirdi. Sababi dars usulini tanlash orqali bir soatlik darsni qanday tashkil qilinishi mumkinligini, darsning samaradorligi qanday bo`lishini oldindan bilib olish mumkin ekan.
- Shoyuldashev Shoulqosim aka aynan shu sinflarga dars o`tishingiz mumkin yoki o`ta olasiz deb sinf ajratib bermadi. Chunki, maktabda hamma sinf o`quvchilari soni kam va juda tartibli. Ba’zan sinfni o`zimga topshiribketdi. Dars o`tmoqchi bo`lgan mavzularim uchun o`zim dars ishlanmasi yozib, mavzuga tayyorlanib kelib dars o`tdim.
Dars jarayonida bunday qo`shimcha ma’lumotlardan foydalanish darsning sifatini yanada oshiradi. O`ylaymanki, dars jarayonida qo`llab yaxshi natijalarga erishaman.

Yüklə 19,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin