Hisoboti ilmiy rahbari I. S. Hasanov Amaliyot rahbari Buxoro 2021-yil Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Buxoro filiali


Ikki frezali kanal qazgich mashinalari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə9/16
tarix15.09.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#63681
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Jasur hisobot

Ikki frezali kanal qazgich mashinalari

Ikki frezali kanal qazgich mashinalari qumli, botqoq toshli (toshlarning o’rta-cha diametri 8 sm gacha), yumshoq (birinchi gurux) tuproqlarda, kanal qazish uchun mo’ljallangan bo’lib, ish jihozi ikkita frezadan tashkil topgan ( 4-rasmlar). Frezali ish jihozi g’ildiraksimon yoki yoyiq konussimon shakldagi metalldan yasalgan jihoz bo’lib, jihozning gardish qismiga tuproqni qirquvchi pichoqlar 6, hamda qirqilgan va uvalangan tuproqni otuvchi konusli 5 jihozining sirtiga mah-kamlangan qurulmalardan tashkil topgan. Freza yuqori aylanma tezlik (8…30 m/s) bilan ishlash jarayonida qazilgan tuproqlarni o’z kurakchalari 8 yordamida kanal o’qidan 5…20 m gacha otish imkoniyatiga ega.



4-rasm. D-583 rusumli kanal qazgich ekskavatori: 1-traktor; 2-yurish uskunasi; 3-gidrotayanch; 4,8-ish jihozining gidrosilindrlari; 5-ish jihozining ramasi; 6-freza; 7-freza pichoqlari; 9-frezaning ramasi; 10-elektromotor;
11-grunt yig’uvchi otval.

Frezalar orasida qolgan tuproq uvalanib frezaning kuraklariga tushadi va ular yordamida kutarib otiladi.


Frezali ish jihozining orqa qismiga o’rnatilgan oddiy ag’dargich 7, kanal sirtini tozalash va frezalar qirgan, hamda o’zi uvalanib tushgan tuproqlarni yig’ish-tirib, frezalarga baravar taqsimlashga xizmat qiladi, uvalangan tuproqlarni mayda-lash uchun o’rnatilgan tirnoqli maydalagichlar frezalar valiga o’rnatilgan. Yurish uskunasining solishtirma bosimi 0,022…0,028 MPa ni tashkil qiladi.


Ikki rotorli kanal qazgich mashinalari
Bu mashinalarning ish jihozlari kanal devorining nishablik tekisligiga tik o’r-natilgan ikkita rotordan iborat bo’lib, ularning oxirlariga tishli cho’michlar o’rna-tilgan .
Cho’michlarning yon devorlari yo’q. Rotorlarni o’z o’qi atrofida aylanishi va mashinaning ilgarilanma harakati hisobiga, tishlar yordamida grunt qirqiladi, rotor-lar orasidagi grunt maxsus tirnoqlar orqali maydalanib, barcha qirqilgan va may-dalangan gruntlar tishli cho’michlar yordamida ko’tariladi va bu tuproqlarni to’kish rotorning gorizontga nisbatan burchak ostida o’rnatilishi orqali o’z og’irligi hisobiga kanal qirg’oqlarga qalashtirib yotqiziladi. Agar rotorning aylanish tezligi oshirilib, qazib chiqarilgan tuproqlar kanal o’qidan malum masofaga (markazdan qochma kuch hisobiga) otiladi.
Bu mashinalarni boshqarish gidromexanik yoki elektr energiyasi yordamida amalga oshiriladi.



Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin