O`zining emosiyalarini boshqara bilish kishi hayotida katta ahamiyatga egadir. O`zining his-tuyg`ularini yaxshi bosib tura oladigan shaxs mayda, tuban kishini ezadigan kechinmalardan ancha yuqori turadi va chinakamiga baxtiyor bo`ladi.

Hissiyotlar shaxs faoliyatining muhim jabhasi sifatida insondagi keng emotsional sohasining rang-barangligi, ko'p qirraligi haqida emotsional ton (yunoncha tonos - zo'riqish, urg'u berish ma'nosini bildiradi), emotsiyalar (lotincha emovere - qo'zg'atish, hayajonlanish demakdir), affektlar (lotincha affectus - ruhiy hayajon, shijoat, ehtiros ma'nosini anglatadi), stress (inglizcha stress - zo'riqish deganidir) va kayfiyat kabi tushunchalar orqali muayyan tasavvur berish imkoniya-tiga ega.
Kishi idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonlarida faqat voqelikni bilib qolmay, balki shu bilan birga, hayotdagi u yoki bu narsalarga, qanday bo'lmasin, munosabat bildiradi, unda bularga nisbatan u yoki bu tarzda his-tuyg'u paydo bo'ladi.

His-tuyg'ular kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg'ul bo'layotganiga nisbatan o'ziga turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir.
Emotsional holatlar shkalasi quyidagicha:
Kuchli salbiy holatlar - kuchli qoniqmaslik, nafrat, afsuslanish, dahshatga tushish.
Kuchsiz salbiy holatlar - kuchsiz norozilik, qayg`urish, xafa bo`lish, xavotirlanish, qo`rquv.
Neytral holatlar: xotirjamlik, ishonchlilik.
Kuchsiz ijobiy holatlar: kuchsiz zavqlanish, qoniqish hissi,
Kuchli hissiy holatlar-kuchli suratdagi qoniqish, quvonch, shodlanish.