№1 2022 105
ꞏ normativ hujjatlarni qabul qilish hamda O’zbekiston Respublikasi
qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oishirish.
Hokimlarning asosiy vazifasi esa Konstitutsiya, qonunlar, Oliy Majlisning
boshqa hujjatlari, Prezident va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, yuqori turuvchi
organlar va tegishli xalq deputatlari Kengashlarining qarorlari ijrosini tashkil etishdir.
Shuningdek, hokimlar jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash,
fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va
salomatligini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko’radilar, tabiiy ofatlar,
epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadilar. Agar
quyi turuvchi hokimlarning qarorlari Konstitutsiya, qonunlar va boshqa yuqori
tashkilotlar qarorlariga zid bo’lsa, ularni bekor qiladilar; rahbarlari tegishli xalq
deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod
etiladigan ijroiya hokimiyati bo’linmalarining ishini nazorat qiladilar; xalq deputatlari
Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarganliklari uchun
mansabdor shaxslarni intizomiy javobgarlikka tortish to’g’risida taqdimnoma
kiritadilar; davlat mukofotlari bilan taqdimlashga doir iltimosnomalarni qarab
chiqadilar va ular yuzasidan takliflar kiritadilar, respublika va xorijda viloyat, tuman
hamda shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko’radilar; aholini qabul qilishni tashkil
etadilar, fuqarolarning taklif va shikoyatlarini ko’rib chiqadilar va o’z vakolatiga
berilgan boshqa masalalarni hal etadilar12. Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar
Kengashining qarorlari Konstitutsiya va qonunlarga, O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga zid bo’lmaslgi kerak. Aks
holda ular O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan bekor qilinadi.
Hokimlarning O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, qonunlari, Prezident
farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qaror va
farmoyishlariga, shuningdek, davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Maxkamasi tomonidan to’xtatiladi
va bekor qilinadi. Bundan tashqari, hokim qabul qilgan normativ hujjatlar ustidan
fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga
shikoyat qilishlari mumkin.
Mahalliy Kengashlarning o’z hududlari doirasida qabul qilgan qarorlari
hokimiyat organining akti bo’lib, ijrosi majburiydir. Qarorlarni Kengash ochiq
ko’pchilik ovoz berish yo’li bilan qabul qiladi. Qaror hokim va kotib tomonidan
imzolanadi. Kengash majlislari borishini o’zida ifodalovchi asosiy hujjat sessiya
bayonnomasi hisoblanadi. Unda sessiyaning o’tkazilgan vaqti, ishtirok etgan
deputatlar va taklif etilgan shaxslarning soni, kun tartibi, ma’ruzachilar va
qo’shimcha ma’ruzachilar, munozaralarda so’zga chiqqan shaxslar, ularning
nutqlarining qisqacha mazmuni ko’rsatiladi. Sessiyada qabul qilingan Kengashning
12
O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati organlari to’g’risida”gi Qonuni.