№1 2022 104
etish zarur deb topildi
10
. Viloyatlarning hokimlari Respublika Prezidentining
joylardagi rasmiy vakillari hisoblanadi hamda tegishli viloyat xalq deputatlari
Kengashlariga hisob beradilar. Ular O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi hamda xalq deputatlari tegishli viloyat
kengashlari tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlar va shaharlarning hokimlari esa tegishli
viloyat hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi hamda tegishli
xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Shaharlardagi tumanlarning
hokimlari tegishli shahar hokimi tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi
hamda xalq deputatlari shahar kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Tumanlarga
bo’ysungan shaharlarning hokimlarini tuman hokimi tayinlaydi va vazifasidan ozod
qiladi hamda xalq deputatlari tuman kengashi tomonidan tasdiqlanadi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining XXI bobida O’zbekiston
Respublikasi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatining Konstitutsiyaviy
asoslari mustahkamlangan. Unda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlarining
tizimi, tuzilish tartibi, ularning vakolatlari, faoliyatining shakllari, qabul iladigan
huquqiy hujjatlari to’g’risidagi Konstitutsiyaviy normalar ko’rsatilgan. Binobarin,
Konstitutsiyamizning 99-moddasida shunday deyiladi: “
Viloyatlar, tumanlar va shaharlarda (tumanga bo‘ysunadigan shaharlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar ”
11
. Tumanlarga bo’ysunadigan shaharlarda va shahar tarkibiga kiruvchi
tumanlarda esa davlat hokimiyati vakillik organlari tashkil etilmaydi. Bu joylarda
faqat ijroiya hokimiyati organlari – hokimlar bo’lishi nazarda tutiladi. Mahalliy
vakillik organlari hamda ijroiya hokimiyat boshlig’iga hokim rahbarlik kiladi. 1993-
yil 2-sentabrda «Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida»gi Qonun qabul qilinib,
mahalliy hokimiyat organlari to’g’risdagi Konstitutsiyaviy normalarni aniqlashtirdi
va ularni hayotda qo’llash uchun aniq huquqiy normalar bilan mustahkamladi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 100-moddasiga muvofiq, mahalliy
hokimiyat organlari vakolatiga quyidagilar kiradi:
ꞏ qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini ta`minlash;
ꞏ hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni
shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig’imlarni belgilash, byudjetdan
tashqari jamg’armalarni hosil qilish;
ꞏ mahalliy kommunal xo’jalikka rahbarlik qilish;
ꞏ atrof muhitni muhofaza qilish;
ꞏ fuqarolik holati aktlarini qayd etishni ta`minlash;
10
«O’zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to’g’isida»gi 1992-yil 4-yanvardagi
Qonun.
11
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.
T; 2003