№1 2022
102
O’ZBEKISTONDA MAHALLIY VAKILLIK ORGANLARI TOMONIDAN
HOKIM FAOLIYATINI NAZORAT QILISHNING HUQUQIY MEXANIZMI
Shukurov Dilshod Shokir o’g’li
Toshkent davlat yuridik universiteti
Ommaviy axborot vositalari huquqi bo’limi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7217602
Annotatsiya:
O’zbekiston Respublikasi o’z mustaqilligini qo’lga
kiritgach,
o’zining davlat organlari va huquq tizimini qayta shakllantirish huquqiga to’la
maqomda ega bo’ldi. Mustaqil O’zbekiston davlat organlarining vazifalarini
belgilash, ularni mustaqil asosda bajarish va shu yo’l bilan o’z faoliyatini yaxshilash
uchun jiddiy chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Buning uchun esa, avvalo, o’zbek
milliy davlatchilik an`analariga murojat qilinib, mahalliy
ijroiya hokimiyatining
boshlig’i sifatida hokim lavozimini ta`sis etish maqsadga muvofiq deb topildi. Xalq
deputatlari mahalliy Kengashi davlat hokimiyatining vakillik organi hisoblanadi. U
viloyat, tuman va shaharlarda tashkil etiladi. Viloyat, tuman va shaharlarda shu
hududlarning oliy mansabdor shaxsi – hokim vakillik
va ijroiya hokimiyatini
boshqaradi. Hokimlarning vakillik organlariga rahbarligi vakillik organlarining ishini
tashkil qilishga qaratilgan. Mazkur maqolada mahalliy vakillik organlari,
ularning
vakolatlari, ahamiyati,
tashkiliy shakli, faoliyat tamoyillari,
shuningdek, ular
tomonidan hokim faoliyatini nazorat qilishning mamlakatimizda amalda bo’lgan
huquqiy mexanizmlari va ularni takomillashtirish masalalari haqida so’z yuritiladi.
Bu ishda kuzatish metodidan foydalanildi. Ushbu maqolada ilgari surilgan takliflarni
qonun ijodkorligi jarayonida, shuningdek, mahalliy davlat
hokimiyati faoliyatida
qo’llash mumkin.