№1 2022 106
har qanday qarori bayonnomada o’z ifodasini topishi shart. Bayonnoma hokim va
sessiya kotibi tomonidan imzolanadi. Bayonnomaning bir nusxasi yuqori turuvchi
hokimiyatga beriladi.
Xalq deputatlari Kengashi va hokimning topshirig’iga binoan yoki o’z
tashabbusi bilan vazifalari doirasidagi masalalar bo’yicha qaror loyihalarini ishlab
chiqishda, mahalliy davlat hokimiyatini amalga oshirishda O’zbekiston Respublikasi
qonun hujjatlarini tegishli hududda amal qilishni ta`minlash maqsadida, xalq
deputatlari Kengashi huzurida doimiy komissiyalar faoliyat yuritadi. Bunday doimiy
komissiyalar mahalliy Kengashlar faoliyatining tashkiliy shakllardan biridir. Ularning
faoliyati orqali Kengashning ishida doimiylik vujudga keladi. Bu doimiy komissiyani
deputatlarning Kengash ishiga doimiy va faol jalb qilish vositasidir. Doimiy
komissiyalarning soni tegishli Kengashlar tomonidan belgilanib, uning sohalaridan
kelib chiqadi. Doimiy va muvaqqat komissiyalarning vazifalari: sessiya
muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda qarab chiqish va tayyorlash,
kengash qarorlarini va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarini ro’yobga
chiqarish uchun ko’maklashish, vakolatlari doirasida nazorat o’rnatishdir.
Komissiyalar to’g’risidagi nizom tegishli xalq deputatlari Kengashi tomonidan
tasdiqlanadi.
Viloyat, tuman va shahar Kengashlarida tashkil etilgan doimiy komissiyalar
o’zlariga tegishli hududda korxona, tashkilot, muassasalarda qonun talablari qanday
bajarilayotganligi to’g’risida o’tkazadigan tekshirishlarda hamkorlik qiladilar va o’z
ish rejalarini muvofiqlashtiradilar hamda o’z faoliyatlari va ish tajribalari bilan fikr
almashib turadilar.
Mazkur normalardan kelib chiqib, Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlari bevosita hokim faoliyatini nazorat qilish, ayrim hollarda cheklab qo’yish
mexanizmiga ega. Taassufki, ushbu normalarning ayrim jihatlari ijro qilinish
mexanizmida jiddiy kamchiliklar mavjudligini ta’kidlash lozim. Hokim lavozimini
egallagan shaxsning Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari
faoliyatiga boshchilik qilishining belgilanishi ham bu kamchiliklarning ildizi
vazifasini bajarmoqda desak yanglishmagan bo’lamiz. |Mazkur jihatlarni e’tiborga
olgan holda quyidagilarni taklif etamiz:
ꞏ Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari raisi lavozimi ta’sis
etilishi;
ꞏ mazkur lavozimni egallaydigan shaxs Xalq deputatlari viloyat, tuman va
shahar Kengashlari saylangandan so’ng, dastlabki yig’ilishda Xalq deputatlari
viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari orasidan yashirin ovoz berish yo’li
bilan saylanishi;
ꞏ viloyat, tuman va shahar hokimlari ham xalq tomonidan bevosita saylab
qo’yilishi;