Ona tili va adabiyot fanidan test javoblari 8 sinf I variant



Yüklə 23,97 Kb.
səhifə1/2
tarix09.03.2023
ölçüsü23,97 Kb.
#87094
  1   2
8-sinf-ona-tili-va-adabiyoti-fanidan-testlar-1



Ona tili va adabiyot fanidan test javoblari 8 - sinf I - variant
1. So‘z birikmasida qaysi so‘z aniqlanib, to‘ldirilib, izohlanib keladi?
A) Tobe so‘z B) hokim so‘z C) Tobe so‘z ham, hokim so‘z ham D) Bunday so‘z bo‘lmaydi
2. Tinish belgilari qo‘llanishi haqidagi qoidalar yig‘indisi nima deyiladi?
A) sintaksis B) Punktuatsiya C) uslub D) leksikalogiya
3. Quyidagi til birliklaridan qay biri leksik xodisa?
A) so‘z B) so‘z birikmasi
C) so‘z qo‘shilmasi D) A va B javoblar to‘g‘ri
4. Jo‘jani kuzda sanaydilar.
Sodda gap turini aniqlang.
A) egasi ma’lum gap B) egali gap
C) egasi umumlashgan gap D) egasi noma’lum gap
5. Yaxshini maqtasang yarashur, yomonni maqtasang adashur.
Sifatning sintaktik vazifasini aniqlang?
A) ega B) aniqlovchi
C) hol D) to‘ldiruvchi
6. Murakkab hol so‘z birikmasi bilan ifodalangan gapni aniqlang?
A) Sal o‘tmay shirinoy daladan qaytdi B) Ota yuz qo‘llarini yuvgandan so‘ng sal nariga borib o‘tirdi.
C) Tevarakda gala – gala chumchuqlar chirqillashadi. D) A va B javoblar to‘g‘ri
7. Holning qaysi turi makon – zamon kelishiklaridagi so‘zlar yoki ko‘makchili otlar bilan ifodalanadi?
A) Maqsad B) O‘rin C) Sabab D) Payt
8. Sifatlovchiga tobe bo‘lak nima deyiladi?
A) Qaralmish B) Sifatlanmish
C) To‘ldirilmish D) Hollanmish
9. Jismoniy tarbiya darsi maktab hovlisida o‘tkazildi.
Qaralmishning gapdagi vazifasini aniqlang.
A) O‘rin holi B) ega
C) Qaratqich aniqlovchi D) to‘ldiruvchi
10. Kuntug‘mishda buloqni egallab yotgan ajdahoni o‘ldirish shartini kim qo‘yadi?
A) Olim sayyod B) Qosim
C) Azbarxo‘ja D) Mullavali
11. “Sharqqa she’riyatni o‘rgatib bo‘lmaydi”. Bu kimning fikri?
A) E.Vohidov . B) A.Oripov
C) Esenin D) H.Hayne
12. Navoiyning yozishicha “ummul - xabois”, ya’ni “yaramasliklar onasi” nima?
A) yolg‘onchilik B) chaqimchilik
C) may D) dangasalik
13. G‘.G‘ulomning “Sog‘inish” she’rida farzandini sog‘ingan ota bog‘iga qaysi ish qurollarini ko‘tarib jo‘naydi?
A) Ketmon, o‘roq B) Gulqaychi, o‘roq
C) Arra, o‘roq D) etak, supurgi
14. “Mirzo Ulug‘bek” fojiasida Ulug‘bek kimni “Chotqol shunqori” deb ataydi?
A) Berdiyorni B) Abdullatifni
C) Ali Qushchini D) Abbosni
15. “Ha, u ijod maydoniga yosh va kichik jussasi bilan kirib keldi-yu, juda katta yuk ko‘tardi”. U.Nosir haqidagi ushbu fikrlar kimniki?
A) T.To‘la B) O.SHarofiddinov
C) I.Karimov D) O‘.Rashid
16. “Chinor” romanida olti ming muridi bor pastkash eshon haqida kim gapirib beradi?
A) Akbarali B) Bufetchi
C) Ochilbobo D) Azimjon
17. “Tursunboy urishga borsin. Agar ko‘nmasa uni o‘zim tutib beraman”. “Qochoq” dan olingan ushbu gaplar kimga tegishli?
A) Jannat xolaga B) Ikromjonga
C) Raisga D) Nizomjonga
18. “O‘lsam ayrilmasman quchoqlaringdan” maqolasida Vatanga fidoiylik haqida gap ketganda kimlar nomi tilga olinadi?
A) Shiroq va jadidlar B) Cho‘lpon, U.Nosir, Qodiriy
C) Jadidlar va To‘maris D) Qatag‘on qurbonlari
19. Aniqlovchi qaysi bo‘laklarga bog‘lanib keladi? ________________________________________________________________________________________
20. Gapda so‘roq mazmunini nimalar yuzaga keltiradi? ________________________________________________________________________________________
21. Sifat holi qanday so‘roqlarga javob bo‘ladi? ________________________________________________________________________________________
22. Izohlovchi vazifasida qaysi turkum so‘zlari keladi? ________________________________________________________________________________________
23. To‘ra Sulaymonning “Iltijo” she’rida qaysi qushlar nomi tilga olingan? ________________________________________________________________________________________
24.”Shafqatsiz realizm” ko‘rinishini A.Muxtor qaysi asari orqali romanchiligimizga olib kirgan? ________________________________________________________________________________________
25. U.Nosir Dobrolyubovning qaysi asarini o‘zbek tiliga o‘girgan? ________________________________________________________________________________________


Yüklə 23,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin