FONETIKA 1. Faqat ochiq bo`g`inlardan iborat bo`lgan so`zni aniqlang. A) monografiya B ) dangasalik C) orfografiya D) suverinitet 2. Sening tug’ilib o`sgan shahringdan ayrilib yashashingga ko`zim yetmasdi, buni hammadan ham men juda yaxshi bilar edim. Gapda fonetik o`zgarish asosida yozilgan so`zlarda necha o`rinda portlovchi shovqinli undoshlar ishtirok etgan? A) 4ta B)7ta C)6ta D)5ta 3. Xalq og`zaki ijodida mard yigitlar bo`ynidagi mas’uliyat ular ulg`aygan sari ortib borishi haqida ham to`xtab o`tilgan. Nechta so`zda tovush tushishi hodisasi kuzatilgan? A) 4ta B)3ta C) 5ta D)2ta 4. Tuproq to`shagida yotgan ko`p ko`rdim.Qaro yer bag`riga botgan ko`p ko`rdim.Bir tovushdan iborat qo`shimchalar nechta? A) 5ta B) 4ta C) 6ta D) 3ta 5. Qaysi so`zlarda ,,u” unlisi noto`g`ri qo`llangan? 1. unutmoq 2. unumli 3.unub-o`smoq 4. umumiylik 5.umum 6. umurguzaron A) 1,2,6 B) 3,6 C) 5,6 D) 2,4,5 6.Qaysi gapdagi fonetik hodisalarning barchasiko’makchi morfema tarkibida yuzaga kelgan? A)Shaldiroq kishanlar hukmiga Achinmay berasan yoshliging Yuzlaring burishmas og`riqdan, Halovat bag’ishlar ochliging. B) Tovushlarning shirin-achchig`i, Bordir hatto yumshoq- qattig`i. C)Men ko`rganman osmonlarning tinig`ini, Toshlar tildi-terib oldim sinig`ini. Beshigimning yopinchig`in yirtishdilar, Shunda bildim nomardlarning qilig`ini. D)Ayblarning sanog`ini yeta olmay oxiri Zamonani aybdor qilib ketaverding olisga. Qaysi gapda ot asosli sodda yasama fe’l fonetik o`zgarishga uchragan?
A)Kichkina bola ham bu gapga ishonmaydi. B) Mening o`rtog`im qishloqda yashaydi.