43. Seni menga bergan, mening xalqimga, Bandalari yo`qotolmas tortib ololmas. Savol: Fonetik hodisalar haqida to`g`ri hukmni toping? A) 3 ta tushish B)4 ta tushish, 1 ta ortish C) 4 ta tushish D)3 ta tushish 1 ta almashish. 44. Til oldi undoshlarining nechtasi jarangli portlovchi undosh sanaladi? A) 4 B) 5 C) 2 D) 3. 45. Qaysi undosh o`z jarangsiz jufti bilan birga portlovchi til undoshlariga mansub? A) d B) z C) b D) g`. 46. Notog`ri hukmni aniqlang. A) a unlisi bilan tugagan fe’llarga -v ,- q,- qi qo`shimchalari qo`shilsa a unlisi o deb aytilishi va shunday yozilishi mumkin. B) – dir fe’l nisbati hosil qiluvchi qo`shimcha jarangli va jarangsiz undosh bilan tugagan barcha bir bo`g`inli fe’llarga qo`shilishi mumkin. C) Jamlovchi son hosil qiluvchi qo`shimcha qo`shilganda asosda tovush tushishi kuzatilishi mumkin. D) Ayrim fe’llarga fe’l nisbatini hosil qiluvchi qo`shimcha qo`shilsa, tovush tushishi kuzatilishi mumkin. 47. Og`izning ochilish darajasiga ko`ra unlilarning qaysi turlarida so`z yasovchi qo`shimchalar sifatida qo`llanilishi mumkin bo`lgan tovushlar mavjud? 1.Yuqori tor unli 2. O`rta keng unli 3. Quyi keng unli A) 1,3 B) 1,2,3 C)1,2 D) 3. 48.Yer uzra qo`ndi oqshom, oy shu’lasi bir mayin Kel, oppog`im, kel,erkam,men seni allalayin Dudog`ing guldan xushbo`y, yuzlaring undan xushro`y Kel, oppog`im, bag`rimga jajji boshginangni qo`y. S: Parchada nechta so`z tarkibida 3 o`rinda sirg`aluvchi undosh ishtirok etgan? 4 B)1 C)3 D)2 .
49. Eliboylar bundan ko`chib boradi 49,Qoldi endi o`ynab o`sgan elim deb Ayriliq o`tiga bag`rini dog`lab Borayotir qalmoq elni so`roqlab. S: F.H.ga uchragan yasama so`zlar qaysi gap bo`laklariga tobelangan?