Хорижий инвестийиялар



Yüklə 14,25 Kb.
səhifə1/5
tarix07.01.2024
ölçüsü14,25 Kb.
#209383
  1   2   3   4   5
5-mavzu Xorijiy

  • 5-Mavzu: Хоrijiy invеstitsiyalarni jalb qilishning ilmiy - uslubiy asоslari
  • 5.1. Хоrijiy invеstitsiyalarning iqtisоdiy mоhiyati va iqtisоdiyotga jalb qilishning оb'еktiv zarurligi
  • 5.2. O`zbеkistоn Rеspublikasining invеstitsiya siyosati
  • 5.3. Хоrijiy invеstitsiyalarni milliy iqtisоdiyotga jalb qilish shakllari va uni tartibga sоlishning jahоn tajribasi
  • 5.4. O`zbеkistоn Rеspublikasiga invеstitsiyalarni jalb qilishning asоsiy yo`nalishlari
  • 5.5. O`zbеkistоn Rеspublikasining invеstitsiya dasturi

Mamlakatda to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish uchun eng qulay investitsiya muhitini shakllantirish maqsadida iqtisodiyotni liberallashtirish, davlat boshqaruvini isloh qilish, tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashuvni cheklash, litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini qisqartirish va soddalashtirish, tovarlar (ishlar va xizmatlar)dan erkin foydalanishni ta’minlash, shuningdek, hududlarda zarur infratuzilmani yaratish borasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Soliq yukini kamaytirish va investorlar uchun soliqqa tortish tizimini soddalashtirish, sog‘lom raqobat muhitini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan soliq siyosati va bojxona-tarif jihatdan tartibga solish islohotlari jadal sur’atlar bilan amalga oshirilmoqda

Shu bilan birga, investorlar bilan ishlashda, ayniqsa joylarda, investorlarning tashabbuslari barcha darajadagi hokimliklar tomonidan lozim darajada qo‘llab-quvvatlanmasligi, bu borada vazirlik va idoralar faoliyati aniq muvofiqlashtirilmaganligi bilan bog‘liq byurokratik to‘siq va g‘ovlar hali ham mavjudligi qulay investitsiya muhitini shakllantirish bo‘yicha davlat siyosatining izchilligiga bo‘lgan ishonchning mustahkamlanishiga to‘sqinlik qilmoqda

Investitsiyalar — investor tomonidan foyda olish maqsadida ijtimoiy soha, tadbirkorlik, ilmiy va boshqa faoliyat turlari obyektlariga tavakkalchiliklar asosida kiritiladigan moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar bo‘lib, ular quyidagilarni o‘z ichiga olishi mumkin: mablag‘larni, shu jumladan pul mablag‘larini (shu jumladan chet el valyutasini), maqsadli bank omonatlarini, paylarni, ulushlarni, aksiyalarni, obligatsiyalarni, veksellar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni; ko‘char va ko‘chmas mol-mulkni (binolar, inshootlar, uskunalar, mashinalar va boshqa moddiy qimmatliklarni); intellektual mulkka doir mulkiy huquqlarni, shu jumladan u yoki bu ishlab chiqarish turini tashkil etish uchun zarur bo‘lgan, texnik hujjatlar, ko‘nikmalar va ishlab chiqarish tajribasi tarzida rasmiylashtirilgan, patentlangan yoki patentlanmagan (nou-xau) texnik, texnologik, tijoratga oid va boshqa bilimlarni, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida taqiqlanmaga boshqa qimmatliklar. 25.12.2019 yildagi O‘RQ-598-sonli “Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni.


Yüklə 14,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin