Hosil bayrami” tadbiri senariysi 1 -boshlovchi



Yüklə 52,14 Kb.
səhifə1/5
tarix17.10.2023
ölçüsü52,14 Kb.
#156513
  1   2   3   4   5
“Hosil bayrami” tadbiri senariysi


Hosil bayrami” tadbiri senariysi
1 -Boshlovchi: -Aziz bolajonlar,hurmatli mehmonlar!Bugun maktabimizda ajoyib bayram Mehrjon-Hosil bayramini nishonlayapmiz.Hammangizni mehnat bayrami bilan tabriklaymiz!
Bolalar: — Rahmat!


1 – Boshlovchi: — O’zbegim so’zin avval
Assalomdan boshlagay
Do’tlarga qilib ta’zim
Ehtiromdan boshlagay.
Ko’ksimdadir qo’llarim
Hamma: — Assalomu – alaykum!
Qo’shiq: O’zbekiston gulzor (Bolalar xor bo’lib ijro etishadi)
1 – Bola: Xush kelibsiz mehmonlar
Davramizga marhabo!
Keldi Mehrjon bayrami
Shodlik bo’lsin doimo!
2 – Bola: Keldi oltin kuz
Mevalar pishdi
Daraxtlar shoxi
Egilib tushdi.
3 – Bola: Oldik ko’p hosil
O’rik,olma,nok
Shakardek asal
Uzum qildi tok.
4 – Bola: Bizning polizda
Qovun,tarvuz ko’p
Yetildi yozda
So’yib yedik xo’p.
Raqs: “Sho’x bola” ( o’g’il bolalar ijrosida )
Muzika sadolari ostida davraga “Kuz” kirib keladi.
Kuz: — Assalomu-alaykum,aziz mehmonlar! Salom, shirintoy bolajonlar!
Hamma: — Assalomu – alaykum! 
Kuz: — Men hammangizni qutlug’ ayyom,qo’yni-qo’nji liq to’lgan Hosil – Mehrjon bayrami bilan tabriklayman!
Hamma: — Rahmat!
5 – Bola: Salom, senga Mehrjon!
Birgadirsan qadrdon.
Xush kelding davramizga
Barchamiz quvnoq – shodon
1 – Boshlovchi: — Aziz Kuz fasli marhamat mana bu yerga o’tiring.Bolajonlarimiz sizni olqishlab raqsga tushib,qo’shiqlar kuylab beradilar.
2 – Boshlovchi: O’lkamizning husni,
Ochil paxtajon.
Sendan baxtimiz,
Kular har qachon.
Ko’klardan ochsin,
Biz uygan xirmon.
Bizlarga g’amxo’r,
Yurtboshi xar on
Ochil mehr-la,
Terib olaylik
Keng jahon bo’ylab,
Dovruq solaylik
1-Boshlovchi: Saxiy kuz dalalar kezib, qirlardan oshib, polizlardan o’tib, bizlarga qanday ne’matlar olib keldingiz? 
Kuz: — Men sizlarga poliz ekinlaridan olib keldim, marhamat.
B oshlariga sabzi, karam, lavlagi, sholgom, kartoshka, piyoz taqqan bolalar yarim doira bo’lib turadilar.

Yüklə 52,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin