Hosilaviy qimmatli qog‘ozlar bozori ipoteka qimmatli qog‘ozlar bozori reja


Hosila qimmatli qog‘ozlar sinflarga va seriyalarga bo‘linishi mumkin



Yüklə 66,47 Kb.
səhifə3/11
tarix11.05.2023
ölçüsü66,47 Kb.
#111572
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
13-Mavzu Hosilaviy qimmatli qog\'ozlar bozori

Hosila qimmatli qog‘ozlar sinflarga va seriyalarga bo‘linishi mumkin.
Sinf - bu uning negizida bitta bazis aktivi yotadigan bir turdagi hosila qimmatli qog‘ozidir.
Seriya - bu ijro bahosi va amal qilish muddati bir xil bo‘lgan bir sinfning hosila qimmatli qog‘ozlaridir.
Hosila qimmatli qog‘oz bazis aktivining sertifikatsiyasi qimmatli qog‘ozning turi, xili, toifasi, uning nominal qiymati, bir donasining narxi, miqdori, emitenti, umumiy qiymati haqidagi axborotni va boshqa ayrim ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak. Hosila qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdisi muddatini kechiktirishga; bitim rasmiylashtirilayotgan vaqtda sotuvchining mulki bo‘lmagan hosila qimmatli qog‘ozlarning sotilishiga, shuningdek, Hqqning amal qilish muddati tugayotgan kunda ularning sotilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hosila qimmatli qog‘ozlar opsionlar, fyucherslar va varrantlar ko‘rinishida chiqarilishi mumkin.


2 – savol bayoni: Banklar tomonidan amalga oshiriladigan muddatli operatsiyalar forvard operatsiyalari deb yuritiladi. Muddatli bitimlarning keng tarqagan turlaridan biri forvard valyuta bitimidir. Foravd valyuta bitimi - bu voz kechib bo‘lmaydigan va bank bilan uning mijozi o‘rtasidagi ma’lum miqdordagi kelishilgan valyutani bitim tuzilayotgan vaqtda qayd qilingan ayirboshlash kursida kelajak muddatlarda shartnomaning majburiyatlarining bajarilishidir. Bu vaqt aniq bir sana yoki ikki sana orasini namoyon qiladi.
Forvard shartnoma – bu ikki tomon o‘rtasidagi bitim bo‘lib, unga ko‘ra tomonlardan biri bazaviy aktivni kelajakda belgilangan vaqtda belgilangan ijro narxi bo‘yicha sotish, ikkinchi tomon esa – shu aktivni xarid qilish majburiyatini o‘z zimmasiga oladi. Forvard shartnomalar birjadan tashqarida tuziladi va ular tuzilgan paytda kontragentlar biron-bir xarajat qilishi shart emas.
Forvard valyuta bitimining o‘ziga xos omillari mavjud:
a) bu voz kechib bo‘lmaydigan va majburiy shartnomadir. Bitim tuzilgandan keyin mijoz bitimdan voz kechishga haqqi yo‘q. Mijoz shartnomada ko‘rsatilgan chet el valyutasini sotib olishi yoki sotish shart;
b) bitim chet el valyutasidagi aniq bir summani tashkil etadi. Mijoz bitimda ko‘rsatilgan summadan ko‘proq valyutani sotib olishga ham, sotishga ham haqqi yo‘q;
v) bitim kelishilgan aniq bir sanada bajarilishi shart. Mijoz forvard bitimining bajarilish sanasini uzoqlashtira yoki yaqinlashtira olmaydi.
Agar bank sotish va sotib olish haqida bilam tuzsa, u faqat mijozi bilan kelishmay, balki tashqi valyuta bozori bilan aloqa qiladi. Bu shuni anglatadiki, bank mijozi yoki bir qancha mijozlari bilan tuzgan forvard bitimlari uchun albatta valyuta bozori orqali valyutaning sotib olinishi yoki sotilishini qoplanishni ta’minlashi kerak. Dilerning "pozitsiya”si har qanday ma’lum kunning yoki davr oxirida doimo teng holga olib kelishi shart. Bu shuni anglatadiki, sotib olinayotgan va sotilayotgan valyutalar balanslashtiriladi.
Agar mijoz qandaydir sabab bilan bitim shartlarini bajara olmagan holda bank shartlarini bajaraolmagan holda bank baribir bozor bilan tuzgan bitimini bajarishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun bank mijozidan bitimda kelishilgan barcha shartlar bajarilishini talab qilishi shart, mijoz shartlarni bajara olmagan taqdirda bank bitimning uddatini «uzaytiradi» yoki «yopadi».

Yüklə 66,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin