Hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozori reja



Yüklə 0,91 Mb.
səhifə2/3
tarix12.12.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#74206
1   2   3
5. Hosilaviy QQ bozori (1)

FORVARD SHARTNOMALARI
FYUCHERS SHARTNOMALARI
ikki tomon oʻrtasidagi shartnoma boʻlib, u uning egasiga qimmatli qogʻozlarni yoki tovarlarni bitimda kayd etilgan narxda belgilangan muddatda xarid kilish huquqini beradi.
Opsionning oʻziga xos xususiyati shundaki, uning egasi qimmatli qogʻozning oʻzini emas balki uni sotib olish yoki sotish xuquqini opsion mukofoti evaziga sotib oladi. Shuni taʼkidlash lozimki, opsion egasi vaziyatga qarab opsion yuzasidan sotib olish yoki sotish xuquqidan foydalanish yoki undan voz kechishi mumkin.
Bundan koʻrinib turibdiki, opsionlarning ikkita asosiy turi amal qiladi. Yaʻni xarid qilish boʻyicha opsion (option call) kelajakda bitimda belgilangan shartlarda bazis aktivini sotib olish huquqini bersa, sotish boʻyicha opsion (option put) oʻz egasiga kelajakda bazis aktivini bitim shartlariga muvofiq sotish huquqini
beradi.
Opsion shartnomalari
bu ikki tomonning oldindan kelishilgan shartlariga muvofiq kelajakda maʼlum bir toʻlovlarni va yoki bazis aktivlarni (kelishilgan miqdorda) almashtirish boʻyicha bitimidir.
Svoplar

Svoplarning bir necha xil koʻrinishlari mavjud


Foizlar svopi. Svoplarning bu koʻrinishi qatʼiy belgilangan foiz stavkasiga ega qarz majburiyatini, oʻzgaruvchan foiz stavkaga ega majburiyatlar bilan almashtirishdan iborat.Bu svop shartnomasida shtirok etuvchilar faqat foiz stavkalarni almashishadi (nominalni emas). Shartnoma shartlariga koʻra tomonlar oʻrtasida toʻlovlarni almashtirish bir necha yillar dovomida amalga oshiriladi, odatda svoplarning amal qilish muddati ikki yildan oʻn besh yilgacha choʻziladi.
Valyuta svopi. Bu shartnoma turiga koʻra shartnoma muddati tugagunga qadar kelishilgan muddatlarda bir tomon toʻlovlarni bir valyutada, ikkinchi tomon toʻlovlarni boshqa valyutada amalga oshiradi. Tomonlar qatʼiy belgilangan va oʻzgaruvchan stavkalarda toʻlovlarni har ikkala valyutada ham amalga oshirishlari mumkin.
Valyuta svopini amalga oshirishning bir necha sabablari boʻlishi mumkin, masalan, valyuta konvertatsiyasidagi cheklovlar, valyuta risklarini bartaraf etish istagi yoki boshqa davlat valyutasida obligatsiyalar chiqarishga intiluvchi emitent oʻzga davlatda u qadar nomi chiqmagan va buning natijasida bozorga toʻgʻridan toʻgʻri kira olmasa va boshqalar.

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin