2.4.6 G‘alvirni tanlash va hisoblash Gidrosiklonning qumi setkasi ko‘zining o‘lchami 2 mm bo‘lgan titrama g‘alvirga yu'oriladi. + 2mm sinfdagi mahsulot o‘z oqimi bilan ikkinchi bosqich yanchishga MShS ga yuboriladi.
G‘alvirlash jarayoniga setkasi yuzasi 3,16 m2 va ko‘zi teshigi o‘lchami 2 mm bo‘lgan 5000 V-47-15 SL titrama g‘alvirini o‘rnatamiz
O‘rnatishga qabul qilingan 4 dona 5000 V-47-15 SL titrama g‘alviri yanchish sexi unumdorligi ta'minlaydi.
Xulosa Oltin tarkibli rudalarini boyitishga tayyorlashda ruda yirikligi yillik unumdorlikka qarab tayyorlash dastgohlarini tanladim. Bunda mening hisob kitoblarim bo‘yicha maydalash jarayoniga ShDP 12 x 15 markadagi maydalagichdan foydalanish samarador bo`ldi. Birinchi bosqich yanchishga 2 dona MMC " Kaskad " o`zi yanchar tegirmoni tanladim va shu tegirmonni samarali deb bildim. Ikkinchi bosqich yanchishga esa 2 dona MSHS – 45 x 60 markazdan bo`shatuvchi tegirmonini tanladim. Tasniflashning I- bosqichiga hisoblashlar natijasida eng samaradori 2KSP-24 markali klassifikatorni tanladim. G‘alvirlash jarayoniga esa 4 dona 5000 В-47-15 СЛ titrama g‘alviri tanlash samarador bo`lib chiqdi. Tasniflashning II-bosqichiga 3 dona ishchi va 2 dona zahiraga jami 5 dona ГЦ –500 markali gidrosiklon o‘rnatishga qabul qildim. Tasniflashning III-bosqichida esa 2 dona ishchi va 1 dona zahiraga jami 3 dona ГЦ –380 markali gidrosiklon o‘rnatishga qabul qildim.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. A.Barry Wiils and A.James Finch. «Wiil’s Mineral Processing Technology». USA University of Technology, 2007.
2. I.K. Umarova. «Foydali qazilmalarni boyitish texnologiyasi». Toshkent, 2013.
3. I.K.Umarova, G.Q.Solijanova. «Foydali qazilmalarni qayta ishlash va boyitish». Toshkent, 2009.
4. V.D.Samыgin i dr. «Osnovы obogaщeniya poleznыx islopaemыx» Moskva «Alteks». 2003.