Hozirgi davrda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat qurish vazifalari nodavlat notijorat tashkilotlami yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda



Yüklə 22,58 Kb.
səhifə1/2
tarix26.02.2023
ölçüsü22,58 Kb.
#85668
  1   2
Fuqarolik jamiyati institutlarini shakillantirish va rivojlantirish


Hozirgi davrda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat qurish vazifalari nodavlat notijorat tashkilotlami yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda. Fuqarolik jamiyati sharoitlarida fuqarolaming turli-tuman o‘zaro munosabatlari va hamkorligi, ulaming ixtiyoriy ravishda jamiyat boshqaruvida ishtirok etishi jarayonlari asosan nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Davlat bilan jamiyatning bir-birlaridan begonalashmasligi ham nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining rivojlanishi bilan bog’liqdir.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasidagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari kasaba uyushmalari, siyosiy partiyalarga va boshqa jamoat birlashmalariga Uyishish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish huquqiga egadirlar” kabi fuqarolaming jamiyat institutlarida ishtirok etishini ta’minlab beradigan huquqiy asoslaming e’tirof etilishi respublikada jamiyat taraqqiyoti insoniyat hayotining bir necha asrlar mobaynidagi tajribalari va sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan erkinlik jamiyati - fuqarolik jamiyati sari intilayotganligini anglatadi. Hozirgi davrda O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlar va siyosiy partiyalar faoliyati 1991-yil 14-fevralda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonuni (1997-yil aprelda qo'shimcha va o‘zgartishlar kiritilgan), O‘zbekiston Respublikasining “Kasaba uyushmalari, ulaming huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni (1992-yil iyul),O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi Qonuni (1996-yil dekabr), O‘zbekiston Respublikasining “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida” yangi tahrirdagi Qonuni (1998-yil may), O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolaming o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida” yangi tahrirdagi Qonuni (1999-yil aprel), O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni (1999-yil aprel) kabi qonunlar vositasida muvofiqlashadi.
O‘zbekistonda nodavlat tashkilotlarga doir qonunchilik rivojlangan mamlakatlar tajribasi, xalqaro huquqiy me’yorlar va milliy an’analar asosida shakllantirilgan bo‘lib, u o‘zida demokratik prinsiplar va qadriyatlami mujassamlashtiradi. Mamlakatda davlat bosh islohotchi sifatida nodavlat tashkilotlaming qonunchilik asoslarini har tomonlama rivojlantirishga muhim ahamiyat bermoqda. Parlamentda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirishga doir yuzlab qonunlar va boshqa huquqiy me’yorlar qabul qilingan bo'lib, ulaming ichida O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonuni (1999-yil 14-aprel) nodavlat notijorat tashkilotlaming serqirra faoliyatini har tomonlama muvofiqlashtirish va huquqiy jihatlardan ta’minlashga qaratildi. Qonunning 1-moddasida nodavlat notijorat tashkiloti tuzishning umumiy maqsadi ijtimoiy foydali manfaatlaming qondirilishi ekanligi e’tirof etilib, bu bilan nodavlat tashkiloti o‘z faoliyatida xalqchillik prinsipiga amal qilishi shart ekanligi belgilab qo‘yildi. Mazkur Qonunning 2-moddasida “Nodavlat notijorat tashkiloti tushunchasi”ning ta’rifi demokratik qadriyatlar asosida talqin qilinadi: “Nodavlat notijorat tashkiloti - jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o‘z faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlami (foydani) o‘z qatnashchilari (a’zolari) o‘rtasida taqsimlamaydigan o‘zini o‘zi boshqarish tashkilotidir.
Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslaming huquqlari va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlami himoya qilish, ijtimoiy, madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy ehtiyojlami qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi”.
Ushbu qonunda nodavlat notijorat tashkilotlar bilan davlatning hamkorligi shunday o‘z ifodasini topganki, davlat organi, ya’ni parlament qonun qabul qiladi, bu qonunga binoan “uchinchi sektor” a’zolari va jamiyat manfaatlari uchun xizmat qiladi. Qonunda qayd etilgan ijtimoiy foydali maqsad tushunchasi nodavlat tashkilotlar faoliyatini aholining nochor qatlamlarini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiradi. Davlat organlarining muhim funksiyalaridan biri aholini ijtimoiy himoya qilish ekanligini e’tiborga olsak, bu sohada davlat organlari bilan nodavlat tashkilotlaming o‘zaro hamkorligi uchun huquqiy asoslaming yaratilganligi namoyon bo‘ladi.
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi qonunga binoan nodavlat notijorat tashkilotlarining maqsadlari quyidagi yo‘nalishlardagi faoliyatlar bo‘yicha amalga oshiriladi:
- birinchidan, keng ma’nodagi madaniy maqsadlarga erishish ko‘zlab tuzilgan. Bunda maorif, ilm-fan, madaniyat sohalarida faoliyat olib boriladi;
- ikkinchidan, mamlakat aholisining sihat-salomatligini ta’minlashni ko‘zlab faoliyat yuritish (sport va jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanuvchi, turli xil xastaliklaming oldini olish va ulami davolashning ilg‘or tajriba hamda usullarini targ‘ib etuvchi tashkilotlar);
- uchinchidan, turlicha faoliyat yo'nalishidagi huquqni muhofazalovchi tashkilotlar (masalan, iste’molchilar huquqini himoyalash jamiyati);
- to‘rtinchidan, ftiqarolaming ma’naviy va boshqa xildagi nomoddiy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan tashkilotlar (nosiyosiy uyushmalar, ijtimoiy jamg'armalar va boshqalar);
- beshinchidan, xayr-ehson ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar.
O'zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarning o‘zaro munosabatlari va hamkorligi ushbu Qonunning 4-moddasida quyidagicha ta’riflanadi: “Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi, ularga ijtimoiy hayotda ishtirok etish uchun teng huquqiy imkoniyatlar yaratib beradi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining alohida ijtimoiy foydali dasturlariga davlat ko‘mak ko‘rsatishi mumkin”.
Qonunning mazkur 4-moddasi nodavlat notijorat tashkilotlaming davlat organlari bilan o‘zaro munosabati asoslarini belgilab beradi. Davlat, bir tomondan, qonuniy asosda nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqi va qonuniy manfaatlarini mustahkamlaydi, ikkinchi tomondan, nodavlat notijorat tashkilotlaming huquqi va qonuniy manfaatlarini huquqiy jihatdan himoya qilish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi.
Davlat nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqi va qonuniy manfaatlari amalga oshishini kafolatlovchi shart-sharoitlar yaratadi, barcha davlat organlari va mansabdor shaxslaming zimmasiga qonun talablarini so'zsiz ijro etish vazifasini yuklaydi, zarur holatlarda nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqi va qonuniy manfaatlarini har xil tajovuzlardan himoyalaydi. Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘z huquqi va qonuniy manfaatlarini himoya etilishini mavjud barcha huquqiy usullar bilan muhofazalashga haqlidir.
Shuningdek, qonunning 4-moddasiga muvofiq nodavlat notijorat tashkilotlari o‘zlarming moliyaviy manbaini shakllantirish, ichki tizilma va asosiy faoliyat yo'nalishlarini o‘z ixtiyori bilan o‘zi belgilash masalalarida to‘la mustaqildir.
Shu bilan birga, rivojlangan mamlakatlar va xalqaro huquq me’yorlari va milliy qonunchilikdan kelib chiqib davlat quyidagi yo‘nalishlarda nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatini nazorat etish huquqiga egadir:
- nodavlat notijorat tashkilotlarining faoliyatlari O‘zbekiston Respublikasi Konstututsiyasi va qonunlari doirasida amalga oshish lozimligi davlat tomonidan nazorat etiladi (Qonunning 34-moddasiga muvofiq);
- nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatga olgan davlat organi mazkur tashkilotlar faoliyatlari yo‘nalishlari ular nizomi doirasida bo‘lishini nazorat etadi (Qonunning 21-moddasiga muvofiq);
- nodavlat notijorat tashkilotlari anjumanlari va tadbirlarida davlat organlari vakili ishtirok etishi mumkin;
- nodavlat notijorat tashkilotlari statistika va soliq organlariga o‘z vaqtida hamda tegishli tarzda hisobot berishlarini nazorat qiladi (Qonunning 33-moddasiga muvofiq).
- nodavlat notijorat tashkilotlari, o‘z navbatida, davlat organlari va mansabdor shaxslaming ishiga aralashmaydi, ya’ni, ular davlat organlarining ishi ustidan nazorat o‘matish, hisobot talab etish, moliyaviy nazorat o‘matishga haqli emas. (Konstitutsiyaning 58-moddasi).
“Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonunning 7-moddasi davlat organlari bilan nodavlat tashkilotlar o‘zaro munosabatlari va hamkorligi faoliyatini huquqiy jihatlardan muvofiqlashtiradi. Bu modda shunday talqin etiladi:
“Nodavlat notijorat tashkiloti quyidagi huquqlarga ega:
- o‘z a’zolari va qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
- ijtimoiy hayotning turli masalalariga doir tashabbuslar bilan chiqish, davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga takliflar kiritish;
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining qarorlarini ishlab chiqishda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda ishtirok etish”.
Shuningdek, nodavlat tashkilotlar tizimini yanada mustahkamlash, mazkur tashkilotlaming jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini ifoda etish maqsadlarida 2003-yiI 29-avgustida Oliy Majlis tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Jamoat jamg‘armalari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Uning 3-moddasiga binoan jamoat jamg'armasi deb, yuridik va (yoki) jjsmoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar asosida tuzilgan, o‘zining a’zolariga ega bolmagan, xayriya, ijtimoiy, madaniy, ta’lim yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zda tutgan nodavlat notijorat tashkilotiga aytiladi. Shuningdek, viloyatlar, shaharlar va tumanlarda ham mahalliy jamoat jamg‘armalar tuzish mumkin. Mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining fuqarolik jamiyati instituti darajasida bo’lishining huquqiy asoslarini rivojlantirish maqsadlarida 2007-yilda O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunda nodavlat tashkilotlami qo‘llab-quwatlash va ularning erkin hamda mustaqil faoliyatlarining mavjud qonunchilik va davlat organlari tomonidan kafolatlanishi asosiy maqsad qilib olindi. Mamlakatda nodavlat notijorat tashkilotlar mustaqilligini ta’minlash, shuningdek, ularning fuqarolik jamiyatining muhim institutiga aylanishini ta’minlash maqsadida davlatning “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” konseptual siyosiy dasturi qabul qilindi va u mamlakatda jamiyatni rivojlantirishning asosiy tamoyiliga aylandi. Jamiyat siyosiy tizimini yanada erkinlashtirish masalalari mazkur siyosiy dastur qabul qilinganidan keyin yanada dolzarb ahamiyat kasb eta boshladi.
O‘zbekistonda NNTning fuqarolik jamiyati instituti sifatida rivojlanishi:
Mustaqillik davrida mamlakatda fuqarolik jamiyatining asosi bo‘lgan demokratik institutlami shakllantirish va rivojlantirish jarayonlariga doir islohotlar yildan-yilga chuqurlashib bordi. 2005-yilga kelib respublikada 402 ta respublika ahamiyatiga molik nodavlat jamoat birlashmalari faoliyat ko‘rsata boshladi. Ulardan 81 tasi xalqaro tashkilotlardan iborat edi. Nodavlat tashkilotlaming 48 tasi jamg‘arma, 78 tasi jamiyat, 4 tasi siyosiy partiya, 42 tasi federatsiya, 16 tasi kasaba uyushmalari, 2 tasi harakat, 20 tasi markaz, 48 tasi assotsiatsiya, 20 tasi uyushma, 5 tasi qo‘mita, yana 37 tasi turli nomlarda rasmiy ro‘yxatdan o'tgan. Shuningdek, Qoraqalpog’iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarda davlat ro'yxatiga olingan 1957 ta, shuningdek, hisob ro'yxatiga olingan 2911 ta, hammasi bo‘lib 4868 ta mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan jamoat birlashmalari faoliyat ko‘rsatdi. Qisqa davr ichida ularning soni tezlik bilan o‘sdi: 2017-yilning 1-noyabr holatiga binoan 9158 ta NNT, 2244 ta diniy tashkilot (shundan, 2070 tasi islomiy, 174 tasi noislomiy) faoliyat yuritdi. 2017-yilning o‘zida 669 ta yangi tashkil etilgan NNT ro‘yxatga olindi.
O‘zbekistonda NNT o‘z faoliyatlarini hududiy mansubligiga bogiiq holda quyidagi darajalarga bo’linadi:
-
Yüklə 22,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin