Hozirgi davrda fuqarolik jamiyatini shakllantirish, huquqiy davlat qurish vazifalari nodavlat notijorat tashkilotlami yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda


umummamlakat ahamiyatiga ega bo‘lgan NNT



Yüklə 22,58 Kb.
səhifə2/2
tarix26.02.2023
ölçüsü22,58 Kb.
#85668
1   2
Fuqarolik jamiyati institutlarini shakillantirish va rivojlantirish

umummamlakat ahamiyatiga ega bo‘lgan NNT. Ular o‘zlarining tuzilmaviy quyi tashkilotlariga (mahalliy tashkilotlari, filiallari, 227 bo‘limlari, vakolatxonalari va boshq.) ega bo‘lib, butun mamlakat miqyosida faoliyat yuritadi;
- mintaqaviy NNT. Ularga Qoraqalpog‘iston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarida faoliyat yuritadigan NNT kiradi;
- mahalliy NNT. Ularga tumanlar, shaharlar, shaharcha va boshqa kichik hududlarda faoliyat yurituvchi NNT kiradi.
O‘zbekistondagi NNTni xalqaro tashkilotlar ekspertlari quyidagicha tasniflaydi:
1. Aholining yirik qatlamlari ijtimoiy manfaatlari uchun xizmat qiladigan umummilliy tuzilmalar (“Mahalla” xayriya jamg‘armasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, Xotin-qizlar qo'mitasi, Nogironlar jamiyati, “Nuroniy” jamg‘armasi va boshq.).
2. Ekologiya, madaniyat va sog‘liqni saqlash sohasiga ixtisoslashgan milliy-xalqaro jamg‘armalar (“Ekosan”, “Ibn Sino”, “Sog‘lom avlod”, Orolni qutqarish, Amir Temur va boshqa xalqaro jamg‘armalar).
3. Kasbiy va ma’naviy manfaatlar bo‘yicha tuzilgan ijtimoiy tashkilotlar (Respublika “Ma’naviyat targ‘ibot” markazi, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi va boshq.).
4. Umummilliy hayriya jamiyatlari va jamg‘armalari (Bolalar jamG‘armasi, “Mehr nuri” jamg‘armasi va boshq).
5. Huquqni himoya qilish nohukumat tashkilotlari (O‘zbekiston sudlar uyushmasi, Advokatlar palatasi, Inson huquqlari bo'yicha ‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi va boshq.).
6. Ijodiy ziyolilaming milliy jamoat tashkilotlari (Yozuvchilar uyushmasi, Jumalistlar uyushmasi, Kompozitorlar uyushmasi, Arxitektorlar uyushmasi, Kinematografistlar uyushmasi va boshq.).
7. Milliy-madaniy markazlar (ular O‘zbekistonda yashayotgan milliy jamoalar (ozchilik) vakillarini milliy va etnik belgilariga qarab birlashtiradi, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik jamiyatlari va boshq.).
8. Ijtimoiy ahamiyatli qatlamlar va ijodiy manfaatlar bo‘yicha birlashmalar (Veteran jangchilar birlashmasi, Avtomoto havaskorlarining ko‘ngilli jamiyati, Ixtirochilar va ratsionalizatorlar jamiyati, Turistlar klubi, Havaskor qo‘shiqchilar klubi va boshq.).
Bundan tashqari, NNTlar qatoriga turli shakllarga mansub bo’lgan tashkilotlarni kiritish mumkin:
- Siyosiy partiyalar va ijtimoiy harakatlar;
- Kasaba uyushmalari;
- Diniy tashkilotlar;
- Turli sport federatsiyalari va uyushmalari.
Mamlakatimizda 1991-yili jamoat birlashmalarining soni 200 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2000-yilda ulaming soni 2300 taga, 2010-yilda 5100 taga yetdi. Bugungi kunda jamiyat hayotining turli sohalarida 8 ming 100 dan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu degani 2010-yilga nisbatan 1,6 marta ko‘p demakdir.
Mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlarining 39 foizi hukumat va uning quyi organlari tashabbusi bilan tuzildi. Mavjud nodavlat notijorat tashkilotlarining 16,1 foizini sport, 10,4 foizini yoshlar, 10 foizini huquqiy va demokratik institutlami mustahkamlash, 9 foizini siyosiy partiya tashkilotlari, 8,4 foizini nogiron va imkoniyati cheklanganlar huquq va manfaatini himoya qilish, 6,4 foizini madaniyat-ma’rifat va tarix yo‘nalishi, 6,3 foizini kasaba uyushmalari, 5 foizini xotin-qizlar, 4,4 foizini favqulodda vaziyatlar, 4,2 foizini faxriylar, 3,8 foizini sog‘liqni saqlash, 3,4 foizini tadbirkorlar va fermerlar hamda qolgan 12,6 foizini boshqa sohalar tashkil etadi.
Mamlakatda milliy mustaqillikning dastlabki davriarida O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamg‘armasi tashkil topdi. O‘tgan davr ichida “Sog'lom avlod uchun” xalqaro nohukumat xayriya jamg‘armasi, “Ekosan” xalqaro ekologiya va salomatlik jamg'armasi, Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati Assambleyasi, Xalqaro Amir Temur jamg‘armasi, Xalqaro Imom Buxoriy jamg‘armasi, “Oltin meros” jamg‘armasi, respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, “Xalq birligi” harakati, O‘zbekiston faxriylarini qo‘llab-quwatlash “Nuroniy” jamg‘armasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi, Tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar Palatasi, Milliy matbuot markazi, Baynalmilal madaniy markaz, respublika “Iste’dod” jamg‘armasi kabi nodavlat tashkilotlar tuzildi. O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mitasi esa demokratik prinsiplar asosida butunlay qaytadan tashkil etildi. Shu bilan birga, O‘zbekiston “Tadbirkor ayol”, O‘zbekiston Bolalar jamg‘armasi, “Ayol va salomatlik”, “Mehr”, “Ayollar resurs markazi”, “Ayol va jamiyat” instituti kabi xotin-qizlar muammolarini hal etishga qaratilgan va ular manfaatlarini ifodalaydigan nodavlat tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Keyingi o‘n yilliklarga kelib O‘zbekiston ijtimoiy hayoti uchun butunlay yangi bo‘lgan nodavlat tashkilotlar tuzila boshlandi. XXI asrda texnologik jarayonlaming ko‘payishi, avtomobil harakatlarining keskin oshishi, plastik mahsulotlaming maishiy turmushga kirib kelishi natijasida ekologik xavf kuchaydi. Ana shu xavf oqibatlariga qarshi kurash maqsadida mamlakatdagi ekologiyaga oid tashkilotlar tashabbusi 229 bilan 2008-yil 2-avgustda O‘zbekiston Ekologik harakati tashkil etildi. Bu harakat fuqarolik jamiyati instituti sifatida faoliyat yiyita boshladi. Uning asosiy shiori - “Atrof-muhit ozodaligi - salomatlik garovi” aholi o‘rtasida tezlik bilan yoyilib ketdi. Bu harakatning faol harakati bilan aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni shakllantirishga oid turli tadbirlami amalga oshirish an’anaga aylana boshladi.
O‘zbekiston ekologik harakati faollarining ona tabiatni asrash, inson salomatligini himoya qilish, shaharlarda daraxtlar va turli o‘simliklami ko‘paytirishga doir faoliyati o‘z samarasini bera boshladi. Shuningdek, ekoharakatning “Sog‘lom muhit - inson salomatligi” g‘oyasi ham o‘z atroflga aholining turli ijtimoiy qatlamlarini birlashtira boshladi.
Ekoharakat quyidagi dasturiy vazifalami ilgari surdi:
Ekoharakatning asosiy e’tibori atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish mamlakatimiz har bir fuqarosining umumiy vazifasi boiib qolishiga yo‘naltiriladi. Ushbu maqsadlarda Ekoharakat o‘z sa’y-harakatlarini:
- o‘z ishtirokchilari va tashkilotlarida, hamkorlarida mintaqaviy, milliy va mahalliy ekologik hamda aholi salomatligi muhofazasi yaxlit dasturlarini ishlab chiqish va bajarishdagi amaliy ishtiroklarini faollashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni shakllantirish;
- Ekoharakat ishtirokchilari va hamkorlarining davlat organlari va jamoat tuzilmalari tomonidan mavjud ekologik muammolarini hal etish va ularning salbiy oqibatlarini bartaraf qilish sohasidagi qonun hujjatlari ijrosi borasidagi mas’uliyatini kuchaytirishga qaratilgan faoliyatini muvofiqlashtirish;
- jamoat birlashmalari, jamoat fondlari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining muayyan ekologik muammolami hal etishdagi hamkorliklari samaradorligini oshirish va rivojlantirishga yo‘naltiradi.
Xususan Ekoharakat:
- fuqarolaming qulay atrof tabiiy muhitga bo'lgan huquqini himoyalashga hamda tabiatdan foydalanish sohasida iqtisodiy mexanizmlami joriy etishga qaratilgan ekologik xavfsizlikni kompleks tarzda ta’minlash bo‘yicha qonun hujjatlarini qabul qilish va ulami amalga oshirishga;
- mamlakatda ekologik huquqbuzarliklar va tabiatga boshqacha tarzda zarar yetkazganlik uchun korxona va tashkilotlajning, mansabdor shaxslar va alohida fuqarolaming javobgarligini kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlami har tomonlama qo‘llab-quwatlashga;
- ekologik huquqbuzarliklar va tabiatga zararli bo'lgan boshqa ta’sirlar oqibatlarini bartaraf etish, shu jumladan, transchegaraviy ahamiyatga ega bo'igan holatlarda ham, ular tomonidan atrof-muhitga va inson salomatligiga yetkazilgan zarami qoplashni huquqiy jihatdan tartibga solish hamda huquqni qo‘llash amaliyoti samaradorligini oshirishga intiladi.
O‘zbekiston ekologik harakatining parlamentda o‘zining vakillari bo'lishi tarixiy zarurat sifatida paydo bo‘ldi. Parlamentda tabiatni asrash va ekologiyani yaxshilashga qonunchilikni rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida 150 ta deputatdan 15 tasining O‘zbekiston ekologik harakati tomonidan saylanishiga doir huquqiy asos yaratildi. Buning natijasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasida 15 deputatdan iborat fraksiyasi faoliyat yuritishi qonuniy tarzda rasmiylashdi. 2009-yil va 2014-yil dekabrda Ekoharakat konferensiyasida saylangan mazkur deputatlar guruhi atrof muhit muhofazasiga oid ko‘plab qonunlar loyihalarini ishlab chiqishda va ulami qabul qilishda bevosita ishtirok etib kelmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston - ko‘p millatli mamlakat. Yurtimizda fuqarolik jamiyati instituti sifatida shakllangan va tobora rivojlanib borayotgan turli millatlaming milliy-madaniy markazlari turli millatlar vakillarining madaniyati, tili va ma’naviy dunyosini rivojlantirishga xizmat qila boshladi. Milliy-madaniy markazlar mamlakatda o‘zaro tenglik asosida yashayotgan 130 ta turli millat va elatlaming manfaatlarini ifodalash, o‘zlari mansub bo‘lgan madaniyat, o‘z milliy qadriyatlari va urf-odatlarini yo‘qolib ketmasdan yashashi uchun ko‘mak berib kelmoqda.
Respublika baynalmilal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markazlar, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 ta do‘stlik jamiyatlari muvafaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Ulardan 14 tasi respublika ahamiyatiga molik tashkilot maqomiga egadir. Ulaming 31 tasi koreys, 23 tasi rus, 10 tasi tojik, 9 tasi qozoq, 9 tasi tatar millatiga mansub faollar tomonidan tashkil etilgan. Shuningdek, mamlakatda 8 ta ozarbayjon, 7 ta turkman, 6 ta ukrain va qirg'iz, 5 ta turk va Yevropa yahudiylar millatiga mansub bo‘lgan milliy-madaniy markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, nemis, polyak va arman, uyg‘ur, arab, bolgar, boshqird, grek, gruzin va boshqa millat vakillari ham o‘zlarining milliy-madaniy tashkilotlari tarkibida turli madaniy tadbirlar va anjumanlar vositasida faol ishtirok etmoqda.
O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlarini fuqarolik jamiyati 231 instituti sifatida rivojlantirishda 2005-yilning 10-iyunida “O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy Assotsiatsiyasi”ning tashkil topishi muhim ahamiyat kasb etdi. Uning asosiy maqsadlari sifatida qo‘yidagi faoliyat yo‘nalishlari belgilandi:
- ixtiyoriy ravishda a’zo bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlarini har tomonlama qo‘llab-quwatlash, ulaming jamiyat hayotini yanada erkinlashtirish va demokratlashtirish, mamlakatni modemizatsiya va isloh qilish, demokratik qadriyatlami mustahkamlashdagi ishtirokini, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-madaniy hayotdagi faolligini, huquqiy davlat asoslarini mustahkamlash va inson haq-huquqlarini himoya qilishdagi o‘mini yanada kengaytirish;
- davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan muvozanatda o‘zaro va ikki tomonlama manfaatli muzokaralar orqali jamiyatning turli ijtimoiy qatlamlari manfaatlarini ifoda etishda nodavlat notijorat tashkilotlaming ishtirokini ta’minlash.
Hozirgi davrga kelib, “O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy Assotsiatsiyasi”ga 400 dan ortiq turli respublika miqyosidagi va viloyatlarda faoliyat yuritayotgan nodavlat notijorat tashkilotlar a’zo bo‘lib kirdilar.
Mamlakatda mustaqil, barqaror, aholining turli qatlamlari qo‘llab-quvvatlaydigan fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishga, ijtimoiy ahamiyatli muammolami hal etishdagi, fuqarolaming ijtimoiy-siyosiy va ish faolligini oshirishdagi rolini kuchaytirish maqsadlarida 2005-yil 26- iyulda “O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quwatlash fondi” tashkil topdi. Uning asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilanadi:
- zarur moddiy vositalar va moliyaviy mablag‘lami yig‘ish, jumladan, fuqarolik jamiyati institutlarining, eng awalo, aholi qo‘llab-quvvatlaydigan, mustaqil respublika fiiqarolarining u yoki bu manfaatlarini qondirish va himoya qilish bo‘yicha ularning oldida turgan vazifalarni mustaqil hal etuvchi nodavlat notijorat tashkilotlarining rivojlanishini rag‘batlantirish uchun mo‘ljaIlangan mahalliy, chet el, xalqaro tashkilotlar va moliyaviy institutlaming grantlarini jalb etish;
- eng muhim gumanitar, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa ijtimoiy ahamiyatli muammolami hal etishdagi fuqarolaming ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishga, fuqarolik jamiyatining institutlarini rivojlantirishga qaratilgan nodavlat notijorat tashkilotlar loyihalari va dasturlarini moliyalash.
O‘zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuniga ko‘ra NNT va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faoliyati davlat tomonidan subsidiya, grant, ijtimoiy buyurtmalar berish shaklida qo‘ llab-quvvatlanmoqda. 2008-yildan hozirga qadar Oliy Majlis huzuridagi jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha parlament komissiyasi ko‘magida NNT va fuqarolik jamiyati boshqa institutlari assotsiatsiyalari va birlashmalarining 600 ga yaqin ijtimoiy ahamiyatga ega loyiha, dastur, ustav vazifalari amalga oshirildi. Faoliyati davomida ishlab topilgan barcha mablag'lami NNT o‘zlarining dasturlarini kengaytirish va moliyalashtirishga yo‘naltiradi. Albatta, o‘z o‘rnida, NNT ijtimoiy muammolami hal qilish, sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat va san’atni qo‘ llab-quwatlash, fuqarolar huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolami jamiyatni boshqarishdagi ishtirokini kengaytirish kabi faoliyati bilan fuqarolik jamiyatini rivojlanishiga katta hissa qo‘shadi.
Shuningdek, O‘zbekistonda BMTning Rivojlanish Dasturlari asosida o‘nlab xorijiy nodavlat tashkilotlar o‘z vakolatxonalari va boshqa vakillik idoralarini tashkil etdi. Jumladan, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti vakolatxonasi, BMTning Bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) vakolatxonasi, Xalqaro rivojlanish bo‘yicha AQSH agentligi vakolatxonasi, ‘Britaniya Kengashi” (“British Council”), Konrad Adenuer jamg'armasining Markaziy Osiyo va Qozog‘iston mamlakatlari bo‘yicha vakolatxonasi, Fridrix Ebert jamg‘armasi vakolatxonasi, Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi (“ACCELS”), Markaziy Osiyoga beg‘araz yordam tashkiloti (“CAFE”), Germaniya Agroaksiya tashkiloti, YUNESKO vakolatxonasi, “Global Involvement” nomli ta’limga doir tashkilot, Osiyo madaniyati va rivojlanish instituti, 233 AQSHning “Mehr-muruwat korpusi” va ekologiyaga oid “KOFUTIS” tashkiloti, fuqarolik jamiyati qurishga ko‘maklashuvchi “Krosslink Development Intemeshnl” xalqaro tashkiloti, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Buyuk Britaniyaning “Rivojlanish uchun hamkorlik” tashkiloti, AQSHning Xalqaro tatqiqotlar va o‘zaro almashishlar kengashi (IREX), Yevroosiyo jamg‘armasi, Germaniyaning “Gyote instituti”, Fransiyaning “Alyans Franse” tashkiloti, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Koreys agentligi, Rivojlanish va hamkorlik bo‘yicha Turkiya agentligi, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Yaponiya agentligi kabi yuzdan ortiq xorijiy mamlakatlar nodavlat tashkilotlari vakolatxonalari va filiallari turli sohalarida keng faoliyat yuritmoqda. Hozirgi davrda mamlakatda 50 ga yaqin xorijiy mamlakatlar NNT va ularning vakolaxonalari faoliyat olib bormoqda.
Mamlakatda XXI asr boshlarida “Kuchli davlatdan - kuchli jamiyat sari” konseptual siyosiy dastumi amalga oshirish maqsadlaridan kelib chiqib, markaziy davlat organlarining ayrim vakolatlarini mahalliy davlat hokimiyati, o‘zini o‘zi boshqarish organlari va 'rt^Javlat notijorat tashkilotlarga bosqichma-bosqich berib borish asosida jamiyat qurilishini erkinlashtirish jarayonlari boshlandi. Bu sohada quyidagi yo‘nalishlarda islohotlar bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirilmoqda:
- birinchidan, jamiyat a’zolarining ongi, irodasi, madaniyati, ma’naviyati va bilimi yuksak darajada bo‘lishiga erishish, ulaming huquqiy ongi va huquqiy madaniyatiga alohida e’tibor berish;
- ikkinchidan, jamiyat a’zolarining manfaatlari uyg'unlashuvi jarayonlarini shakllantirish, jamiyat manfaatlarining shaxsiy manfaatlar bilan mushtarakligiga erishish;
- uchinchidan, jamiyatning takomillashuvi va yangilanishi uchun kuchli va real siyosiy, iqtisodiy, madaniy imkoniyatlami shakllantirish;
- to‘rtinchidan, jamiyat a’zolari va tuzilmalari o'rtasidagi hamkorlik asosida jamiyatning umumiy manfaatlarini uyg'unlashtirish;
- beshinchidan, jamiyatdagi munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy qoidalar ta’sirini kuchaytirish, ularga ongli ravishda bo‘ysunish amaliyotini vujudga keltirish;
- oltinchidan, siyosiy hokimiyatning o‘z vazifalarini to‘liq bajarishiga kengroq va qulayroq imkoniyatlar yaratish, siyosiy hokimiyatga nisbatan jamiyat a’zolari ishonchini kuchaytirish, uning aholi tomonidan keng va faol qo‘llab-quwatlanishiga erishish kabi yo‘nalishlami o‘z ichiga oladi.
Hozirgi islohotlami yanada chuqurlashtirish davrida “Kuchli davlatdan - kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilini hayotga tatbiq etish jarayonlaridagi muammolardan biri - bu turli ijtimoiy qatlamlar shakllanishining sekin kechishi natijasida ulaming turli manfaatlari nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatida ifodalanishi qiyin kechmoqda. Chunki “uchinchi sektor” tashkilotlari u yoki bu ijtimoiy qatlamlar va guruhlar manfaatlarini ifodalay olish qobiliyatiga ega bo‘lgandagina fuqarolar ular faoliyatida ishtirok etishga moyil bo‘ladilar. Aks holda, fuqarolar nodavlat notijorat tashkilotlariga befarqlik bilan qaraydilar.
Mamlakatdagi nodavlat notijorat tashkilotlarining aksariyat qismi hali o‘zlari tayanadigan ijtimoiy qatlamlami aniqlashtirib olmaganliklari yoki o'zlarini biron-bir ijtimoiy qatlam manfaatlarini ifodalovchi tashkilot darajasiga yetkaza olmaganliklari uchun ham ular faoliyatiga fuqarolami jalb etish muammolari o‘z yechimini topganicha yo‘q. Ayniqsa, hali ham aksariyat jamoat birlashmalari va nodavlat tashkilotlaming rahbarlari va faollarining eski byurokratik nomenklatura - tizimida orttirgan ruhiyati va ish uslublaridagi tajribalari, xuddi davlat organlariga xos rahbarlik kabi faoliyati hamon saqlanib qolayotganligi achinarli holdir. Ularning ba’zilari esa hali ham davlat hokimiyati organlarini o‘zlarining bevosita rahbarlari-nazoratchilari deb bilmoqdalar.
Mamlakatdagi kasaba uyushmalarini fuqarolik jamiyati instituti sifatida demokratlashtirishdagi muhim vazifalardan biri - bu xalqaro tajribalardan kelib chiqib, mehnat jamoalaridagi boshlang‘ich kasaba uyushmalarining tashkiliy va ijtimoiy himoyaga taallukjli faoliyatini yuksaltirish, ijtimoiy sheriklikda ham ularning hal qiluvchilik rolini ko‘tarish, ulami mustaqil tashkilot sifatidagi maqomini ta’minlash, shuningdek, tarmoqlar kasaba uyushmalari atrofiga jipslashtirish fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga muhim e’tibor berishdir. Mamlakatda fuqarolik jamiyati qurishdagi yana bir muhim muammolardan biri - bu fuqarolar siyosiy madaniyati va huquqiy madaniyatlari demokratik asoslarda shakllanishiga erishishdir. Shuningdek, fuqarolaming ijtimoiylashuv jarayonlarini amalga oshirishda nodavlat tashkilotlaming o‘mini oshirish ham hozirgi davming dolzarb vazifalaridan biridir.
Yüklə 22,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin