Tashqi omil — ilgari mustamlaka yoki qaram bo'lgan
xalqlarning o‘tmishi bilan bog'liqdir. 0 ‘tmishda ularning xo'jalik
hayoti zo'rlik bilan o‘zgartirilgan, ko‘pincha turg'un holda bo'lgan
qoloq siyosiy munosabatlar saqlab qolingan edi. Milliy mustaqillik
qoMga kiritilgandan keyin ham sobiq mustamlakalarda metropoliyalar
yirik markazlarining iqtisodiy ta’siri saqlab qolindi.
Ijtimoiy-iqtisodiy qoloqlikning davom etishi, ularning xo‘jalik
taraqqiyoti yo‘nalishi ustuvor darajada sobiq metropoliya bilan
mavjud aloqalarni davom ettirishga qaratildi. Natijada, xalqaro
monopolistik guruhlarning qoloq mamlakatlar ustidan xo‘jayinlik
qilishi davom etaverdi. Rivojlanayotgan mamlakatlardan
olinayotgan foyda zayom va qarzlarni foizli qaytarish hamda
keltirilgan mahsulotlarga belgilangan monopol bahodan foydalanish
tufayli,ularning iqtisodiyotiga sarf etilgan kapital mablag‘
lardan bir necha marta ko‘p bo‘lmoqda. Masalan, Yer yuzida
eng kam rivojlangan mintaqa bo'lgan Afrikada (Janubiy Afrika
Respublikasini qo'shmaganda) o‘lim, umrning qisqaligi, savod-
sizlik, qashshoqlik dunyo bo‘yicha birinchi o.£rindaligiga qaramay,
bu yerdan faqatgina AQSH olgan daromad 1950-yildan 1975-
yilgacha 5436 mln dollar bo‘ldi (foyda 200 % dan ortiq). Keyingi
15 yilda ham bu ko‘rsatkich saqlab qolindi.
Aksariyat rivojlangan davlatlar „uchinchi dunyo “ mamlakatlariga
xomashyo manbayi, sarmoya bozoriga kapital chiqarish
uchun qulay soha sifatida qaraydilar. Pirovardida, rivojlanayotgan
mamlakatlarning ijtimoiy rivojlanishi tashqi omillarga bog‘liq bo‘lib
qolmoqda.
Dostları ilə paylaş: |