O'qituvchining ijodiy pedagogik faoliyati tahlil qilinganda, mukammal shaklga ega bo'lgan tizimlardan iborat ekanligini ko'ramiz:
- o'qituvchining sinfda, o'quvchilar jamoasi bilan ta'lim-tarbiyaviy maqsadlarga qaratilgan ijodiy tayyorgariigi;
- o'quvchilar bilan bevosita o'zaro hamkorlik asosidagi ijodkorlik.
Demokratik jamiyatda o’qituvchi va o’quvchi munosabatida erkinlik tushunchasi.
Reja
1. Darsda va darsdan tashqari vaqtda o'qituvchining muloqoti.
2. O’qituvchiniig o'quvchi bilan bo'lgan muloqotida ishontirish va ta'sir etish usullaridan foydalanish.
3. O'qituvchining boshqarish usullari.
O‘zining mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'lini tanlab
olgan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim sohasini ham sobit qadam -
lik bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “Ta’lim to'g‘risida”gi Qonun va “ Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu boradagi ishlar keng koMamga erishdi. Ushbu hujjatlarning talablari asosida bilim va kasb-hunar egallashga bo‘lgan e’tibor kuchayib ketdi.Shu tufayli ta’lim-tarbiya tizimiga yangicha ilmiy-uslubiy yondashuvlar kirib kela boshladi. Bu yondashuvlar, o ‘z navbatida, o'quv jarayonining turli tashkiliy va metodik jamg'armalarida muayyan ijobiy o'zgarishlami sodir etadi, albatta. Ularning ko'pchiligi pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat bilan uzviybogMiq o‘zgarishlardir. Olquv faoliyati — bu keng ma’noda inson faoliyatining m uayyan maqsadlar yo'nalishida namoyon boiishidir. Bu faoliyat faqat insoniyat jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har bir insonning, balki butun jamiyatning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladi. 0‘quv faoliyati-bu insonda muvafifaqiyatli mehnat faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida uni o‘qitish hamda tarbiyalashga qaratilgan maqsadli faoliyatdir. Ushbu jarayonning mohiyati inson tomonidan to‘plangan taj'riba, bilimlar, malaka va ko'nikmalar shaklida o ‘zgartirish hamda uni o ‘sib kelayotgan avlodga berishdan iborat. O'quv faoliyati insonning individual rivojlanishi bilan uzviy bog‘liq va uning hamma fazalarda-bolalikdan boshiab, to ulg‘aygan davrigacha mavjud bo‘ladi. Shuning uchun tarixiy ijtimoiy hodisa hisoblanmish o‘quv jarayoni o‘z rivojlanish tarixiga egа.
O'quvchilar bilan muomala qilish pedagogning o'z tarbiyalanuvchilari bilan muloqot olib borish mahoratini taqozo etadi. Biz uchun esa so'zlashishni bilish lozim. So'zlashishni, muloqot olib borishni doimo o'rganib borishi lozim. U darsni samarali olib borishni, so'zlashishni bilishi, suhbat, leksiya, hikoya qilish kabi usullaridan foydalanishi, umuman butun ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilar bilan muloqotni yo'lga qo'ya olishi lozim.
Muloqot - yunoncha so'z, so'zlashuv, suxbatlashuv, shaxslararo suhbat va fikr almashinuv, og’zaki nutq shakli, ikki yoki undan ortiq shaxslarning so'zlatuvidir.
O’qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi muloqot bo'lishi uchun o'qituvchi etarli darajada qobiliyatga ega bo'lishi kerak, hamda o'z-o'ziga doimo quyidagi savollarni berishi va unga javob berishga harakat qilishi kerak:
Nimaga o'rgatish? Kimni o'rgatish? Qanday o'rgatish?
Nimaga o'rgatish: a) lm-fandagi yangiliklarni anglash, yangi fan terminlarini tushunish, o'quv predmetini to'liq o'zlashtirish; b)malaka, ko'nikma va qobiliyatni shakllantirish; v)o'quv predmetlari o'rtasidagi bog’liqlikni amalga oshirish; g)o'quv mazmunini tushunarli tizim asosida ko’rish.
Kimni o'rgatish: a)o'quvchilarning ba'zi psixik xususiyatlarini (eslab qolish, nutq, fikrlash) hamda ularni qay darajada o'qimishli, tarbiyali ekanliklarini aniqlash; b)o'quvchilarning bir darajadan ikkinchisiga o'tishidagi qiyinchiliklarni oldindan aniqlash; v) o'quv-tarbiya jarayonini tashkil etishda bolalariiig dalillari, fikrlarini hisobga olish; g)o'quvchilardagi turli psixik o'zgarishlar va rivojlanishni hisobga olib o'z pedagogik mehnatini tashkil etish; d)iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash, yakka holdagi ishni tashkil etish.
Qanday o’rgatish: a) ish jarayonida ishlatiladigan kuch va ketadigan vaqtni hksobga olgan holda o'qitish va tarbiyalashniing turli usullari majmuini ishlatish.
Pedagogik ta'sir ko’rsatishniig asosiy usullari - bu talab, istiqbol, rag’batlantirish va jazolash, jamoatchilik fikri.
Talab – tajribada juda keng tarqalgan usul bo'lib, ta'lim-tarbiya jarayonida pedagogning tarbiyalanuvchiga shaxsiy munosabatining namoyon bo'lish yo'li bilan yoki bu xatti-harakatlarning rag’batlantirilishi yoki to'xtatilishini ta'minlaydi. U pedagogik ta'sir ko'rsatishning boshlang’ich usuli bo'lib, tarbiyalanuvchilarda o'ziga nisbatan mas'uliyat va talabchanlikni rivojlantirishda alohida vazifani bajaradi.
Istiqbol - ta'sir ko'rsatishniig juda ta'sirchan usuli bo'lib, u bolalarning xatti-harakatlarini, ular oldiga qo'yilgan maqsadlar, ularning shaxsiy intilishlari, qiziqishlariga aytiladi.
Rag’batlantirish va jazolash o'quvchilar xulq-atvoriga tuzatish kiritishni, ya'ni foydali xatti-harakatlarni qo'shimcha rag’batlantirishni va tarbiyalanuvchilarning noma'qul xatti-harakatlarini to'xtatishni ta'minlaydi.
Jamoatchilik fikri - tarbiyalanuvchilarning ijtimoiy foydali faoliyatini har tomonlama va muntazam rag’batlantirib borshini ta'minlaydi.
O’zaro fikr almashish bilan ta'sir ko'rsatish vositalari: ishontirish, ta'sir qilish, o'zaro fikr almashish bilan ta'sir ko'rsatish.
Ishontirish pedagogik ta'sir ko'rsatish usuli sifatida darslarda o'quv axboroti, ijodiy suhbatlar, munozaralar, siyosiy axborotlar shaklida qo’llaniladi.
Ta'sir qildirish kishi psixikasiga nazoratsiz kirib, uning faoliyatida xatti-harakatlar, sabablar, intilishlar bilan amalga oshiriladi. Ta'sir qilish shunday bir psixik ta'sir ko'rsatishki, kishi uni ongining etarli nazoratisiz idrok etadi.
a) pedagogik vaziyatlarni taqqoslash va umumlashtirish, usullarni qo'yish;
b) o'kuvchilarga yakka individual holda munosabatda bo'lish, ularni mustaqil ishlarini tashkil etish.
O’qituvchi o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotida quyidagi malakalarni egallagan bo'lishi lozim: tashqi qiyofani nazorat qilish, nutqni egallash, pedagogik munosabat madaniyatini egallash, tashkilotchilik mahorati, o'quv-tarbiya jarayonini boshqarish uslublarini egallash.
Munosabatlarni boshqarish uslublari:
1. Avtoritar uslub
2. Demokratik uslub
3. Liberal uslub
1.Avtoritar uslub:
- o’zi yakka holda guruh faoliyatini yo'nalishini belgilaydi;
- o’zi ko'rsatma-buyruq beradi;
- javobgarlikni o'z bo'yniga oladi;
- so'zsiz bo'ysuninshni da'vo etadi;
- qattiq intizomni talab etadi;
- aytilgan narsani to'liq bajarilishini talab etadi;
- gap qaytarganni, gap o'rgatganni yoqtirmaydi. Aytgan tashakkuri ham buyruqdek chiqadi. So'zlari qattiq va qo'pol. Biron bir masalani tushuntirmaydi, lekin talab etadi;
- muloqotga kirishishning asosiy shakllari: buyruq, ko'rsatma berish, qo'llanma bilan ishlash, xayfsan e'lon qilish;
- muomalada qo'pol, dag’al, do'q-po'pisali majbur etish, qo'rqitish, cho'chitish orqali kirishadi;
Pedagogik nizolar va ziddiyatlarning falsafiy, pedagogik- psixologik tasnifi.
Reja:
Dostları ilə paylaş: |