bot deyish qabul qilingan. [1] Robotni insonning hayoti uchun xavfli sharoitlar (kuchli radiatsiya, yuqori temperatura va boshqalar)da, odam borishi qiyin boʻlgan obyektlarda (suv ostida, kosmosda) kishi funksiyasini qisman yoki toʻla bajaruvchi mashina deb ham atashimiz mumkin. Robot terminini birinchi marta 1920-yilda chex yozuvchisi Karel Chapek oʻzining „Robot U. Robot“ pyesasida ishlatgan.
Robotlar, asosan, 3 turga boʻlinadi: qatʼiy dastur asosida ishlaydigan Robot, odam (operator) boshqaradigan Robot va sunʼiy intellektli (integralli) Robot Ish bajarish turiga qarab, Robot manipulyatorlar, axborot uzatuvchi Robot, odimlovchi Robot va boshqalarga boʻlinadi. Robotlarning tashqi koʻrinishi ham, xattiharakatlari ham odamni eslatadi, yaʼni ular antropomorf (odamsimon) mashinalar hisoblanadi va boshqa mashinalardan shu xususiyati bilan farq qiladi. Robotlar texnikasining asosiy 2 yoʻnalishi mavjud: sanoatda ishlatiladigan va favqulodda (ekstremal) sharoitda ishlatiladigan Robotlar texnikasi. Sanoatda ishlatiladigan Robot, Mas, Robotmanipulyatorda „mexanik qoʻllari“ va tashqi boshqarish pulti yoki oʻziga oʻrnatilgan dasturli boshqarish qurilmasi, EHM (kompyuter) boʻladi. Operator P. qoʻllarining harakatini bevosita yoki televizor ekranidan kuzatib boshqaradi. Koʻpincha Robot avtomatik boshqarish tizimi bilan jihozlanadi. Robotmanipulyatorlar, asosan, kishi salomatligi uchun xavfli boʻlgan (ekstremal) sharoitlarda qoʻllaniladi. Robotlar jarayonlarni avtomatlashtirishning eng samarali vositasi