1-topshiriq. Otning ma’no guruhlari tasnifi va misollari aks etgan chizma tayyorlang.
2-topshiriq. Otning kelishiklar bilan turlanishi aks etgan (unli va undosh bilan tugagan ikkita ot so‘zni turlang, so‘rog‘i, qo‘shimchasi, ma’nosi izohlangan bo‘lsin) jadval chizing.
Sifat va uning leksik-semantik, grammatik xususiyatlari.
|
1-topshiriq. Berilgan sifat so‘zlardan belgining ortiqligini, kamligini va o‘ta ortiqligini namunaga qarab hosil qiling va ularning ma’nosidagi farqni so‘zlab bering.
Tayyor, uzun, cho‘ziq, yaqin, qiziq, silliq, tirik, toza, yangi, eski, teskari, dumaloq, ko‘k, qora, sariq, jigari, pakana.
Na’muna: qizil - qip-qizil - qizg‘ish; qora - qoramtir - qop-qora; pakana - pakanagina - pak-pakana.
2-topshiriq. Sifatlarni oddiy, qiyosiy, orttirma daraja shakllariga ajratib, ularning qaysi so‘z turkumi bilan bog‘lanib kelayotganini va gapda qanday bo‘lak vazifasida kelayotganini ayting.
1 .Qanoat toatdan yaxshiroq.
2. Eng katta boylik salomatlik.
3. Shirin so‘z - eng aziz tuhfa.
4 Yaxshilik - eng katta sahovat.
|
Son va uning leksik-semantik, grammatik xususiyatlari
|
1-topshiriq.. Sonning ma’no turlariga oid jadval chizib,unga quyida yozilgan son so‘zlarni joylashtiring. Bitta, o‘nlab, ikkov, oltov, yigirmalab, etov, yuz, o‘nta, besh-olti, bir butun undan besh, ikki yarim, o‘n-o‘n besh, ikkalasi, o‘n to‘qqizta, o‘n ikki yarim, uch, uchlar, yuzlarcha, o‘ttiz, yuztacha, to‘rtta, oltmish, minglab, millionlarcha, besh-olti bola, uchta-to‘rttagina, to‘rtala, bittadan, uchtadan, o‘nta-o‘nta, nimchorak, ikkidan bir.
2-topshiriq. Berilgan hisob so‘zlarni sonning qaysi ma’no turi bilan birikayotgani va hisob so‘zlarning ma’no guruhlarini aniqlang.
Bir siqim tuproq, bir kaft un, bir hovuch suv, uch to‘rva bug‘doy, bir savat anor, bir qop yong‘oq, uch tuya mol, to‘rt toy paxta, ikki uy odam, uch vagon o‘g‘it, bir javon kitob, bir etak farzand.
|
Olmosh va uning leksik-semantik, grammatik xususiyatlari
|
1-topshiriq. Boshqa turkumdagi so‘zlarni olmoshga ko‘chishi - pronominalizatsiya hodisasini aniqlang va izohlang.
1.Atrofda odam to‘plandi. Ba’zilar achinadi, ba’zilar - tomoshabin. (O.)
2.Aftidan, og‘ziga achchiq gap keldi-yu, dadasi oldida bu odamga bir narsa deyishdan o‘zini tiydi. (Sh.R.)
3.Bunda tole har narsadan mo‘l, To o‘lguncha shu o‘lkada qol. (H.O.)
4.Mening ikki onam bor:
Ikkisi ham mehribon.
Biri menga sut berdi,
Biri esa shirin non. (U.)
2-topshiriq. Ifodalanmay qolgan olmoshni tiqlang. Bunda sizga nima yordam berganini tushuntiring.
Kiyintirsam seni bahorga, Yulduzlarni o‘rasam qorga... (H.O.)
Har kimki vafo qilsa, vafo topgusidir,
Har kimki jafo qilsa, jafo topgusidir.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz, Bulbul kuyin she’rga solaman, Sen yo‘qolgan kun, shubhasiz, Men ham to‘ti bo‘lib qolaman. (A.O.)
Oh, mayin allalarga, Ilhomrez pallalarga, Mardonavor yallalarga, boy ekansan, Farg‘ona.
|
Dostları ilə paylaş: |