1-mavzu. O‘zbek tili va tilshunosligi taraqqiyoti.Tilshunoslik fanining tushunchaviy terminologik apparati. Tilning ijtimoiy, biologik, fiziologik tabiati. Til kishilar o‘rtasidagi munosabatning eng muhim quroli bo‘lib, jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan va umuminsoniy manfaatlarga xizmat qiladi. Tilning paydo bo‘lishi va rivojlanishi jamiyat taraqqiyoti bilan bog‘liq ekan, inson kamoloti haqida fikr yurituvchi barcha fanlarning o‘rganish manbai tilga aloqador hisoblanadi .
2-mavzu. Til, lison va nutq munosabati. Til sathlari va birliklari. Lisoniy paradigma, lisoniy ziddiyat va uning turlari. Til – insoniy jamiyat uchun tayyor, umumiy, mohiyat xarakterdagi hodisa sifatida. Nutq - yakkalik, xususiylik, tilning moddiy voqelanish shakli sifatida. Til sathlari. Fonetik sath, leksik sath, Grammatik sath. Fonetik sath birliklari, leksik sath birliklari, Grammatik sath birliklari.
3-mavzu. Fonetika-fonologiya, uning o‘rganish manbai va predmeti, yo‘nalishlari. Fonetika va fonologiya, fonetikaning o`rganish manbayi, fonologiyaning o`rganish manbayi, yo`nalishlari.
4-mavzu. Fonemalar paradigmasi va fonologik ziddiyatlar. O`zbek tili fonemalari, unli va undosh fonemalar tizimi, fonemalar paradigmasi, fonologik zidiyatlar, binar oppozitsiyalar.
5-mavzu. Hozirgi o‘zbek tilida fonemalarning variantlashuvi, fonetik jarayon.Hozirgi o`zbek tilida fonemalar variantlashuvining o`ziga xos tomonlari, fonetik jarayonlar va ularning nutq jarayonida voqelanishi. Undoshlarda sodir bo`ladigan fonetik hodisalar, unlilar bilan sodir bo`ladigan fonetik jarayonlar.
6-mavzu. Hozirgi o‘zbek tilida urg‘u va bo‘g‘in. Nutqning fonetik bo‘linishi.Hozirgi o`zbek tilida urg`u. Hozirgi o`zbek tilida bo`g`in. Nutqning fonetik bo`linishi va uning nutq jarayonida voqelanishi.
7-mavzu. Grafika. Orfoepiya. Imlo. Grafika – tilshunoslik sohasi sifatida. Orfoepiya – talaffuz qoidalari haqidagi tarmoq. O`zbek tilining imlo qoidalari va uning takomillashish bosqichlari. Kirill yozuvi. Lotin yozuvi. So`zlarning kirill va lotin alifbosi asosida yozilishida tafovutlar ustida ish.
8-mavzu. Leksikologiya, uning turlari, o‘rganish manbai va predmeti. Semasiologiya.Leksikologiya – so`z ma`nolari haqidagi fan sifatida. Tilning mazmuniy tomoni va uning shakily tomonga munosabati. Leksikologiya va uning turlari. Leksikologiyaning o`rganish manbayi. Semasiologik tadqiqotlar.
9-mavzu. Leksema. Leksema va so‘z munosabati.Sistem-struktur tilshunoslik va uning metodlari. Leksema shakl va mazmun yaxlitligi sifatida. Leksema va nomema munosabati. Leksema va semema munosabati. So`z – leksemaning voqelanish shakli sifatida.