Hozirgi o’zbek tilida so’z-gaplar



Yüklə 14,86 Kb.
tarix13.12.2023
ölçüsü14,86 Kb.
#174930
44 mavzu


Hozirgi o’zbek tilida so’z-gaplar
O’zbek formal tilshunosligida so’z-gaplarning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo’llanish xususiyatlari empirik asosda etarlicha o’rganilgan. Shakl-vazifaviy tilshunoslikda gapning eng kichik qurilish qolipi [Wpm] sifatida talqin qilingach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo’lgan so’z-gaplarga ham lison/nutq ixtilofi nuqtayi nazaridan yondashish zarurligi ayon bo’lib qoldi va har bir gapning til bosqichida o’z qolipi mavjud bo’lgani kabi, so’z-gaplarning ham o’ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish qolipi bo’lishi shart va zarurligi e’tirof etildi.
Bo’laklarga ajratilmaydigan gaplar yoki so’z-gaplar umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan gaplarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgilari bilan mustaqil so’zlardan, yordamchi so’zlardan, sodda yoxud qo’shma gaplardan farq qiladi. Bular quyidagilar:
1) mustaqil holda gap bo’la olish belgisi;
2) gap tarkibida shu gapning biror bo’lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik belgisi;
3) o’ziga xos g’ayrioddiy ma’noga ega bo’lish belgisi;
4)bog’lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son shakllariga ega emaslik belgisi.
So’z-gaplar deganda shu to’rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashtiruvchi hodisalar tushuniladi.
Mustaqil holda alohida gap bo’la olish belgisi. Bu belgi 4-belgi bilan chambarchas bog’langan. O’zbek lisoniy tizimi gapda ma’lum bir axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon va shaxs/son ma’no va munosabatlarini ifodalovchi tarkibiy qismlar zarur bo’lishini talab qiladi. So’z-gaplarda bunday tarkibiy qismlarni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin ular ham gap bo’la oladi, chunki kesimlik shakllari ma’no va munosabatlari so’z-gaplarning o’zida mujassamlangan va ularning ichki mohiya-tini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma’nolari va kesimlik ─ gap markazi vazifasida kelish ─ fikrni shakllantirish, uni ifodalash bor. Ularda gap sifatida voqelanuvchi so’zning leksik ma’nosida mujassamlashgan. Shu sababdan bunday gaplarda kesimlik mavjud, ammo kesimlik shakli ifodalanmagan.
So’z–gaplar tasnifi. So’z-gaplar o’z ichida bir necha ma’noviy guruhga ajraladi: 1.Modallar. 2.Undovlar. 3.Tasdiq /inkor so’zlar. 4.Taklif/ishora so’zlar.
So’zlovchining bayon etilayotgan fikrga munosabati ─ qat’iy ishonch, gumon, taxmin kabi ma’nolarni ifodalab keladigan so’zlar modal so’zlardir. Ularga xullas, demak, chamasi, tabiiy, ehtimol, shubhasiz, shekilli kabi so’zlar misol bo’ladi va bular formal tilshunosligimizda batafsil o’rganilgan.
Kishilarning his-tuyg’ularini, haydash, to’xtatish kabi xitoblarni, buyruqlarni ifodalaydigan so’z-gaplarning ko’rinishi undov so’zlardir. His-tuyg’u undovlariga oh , voy, eh , barakalla, rah mat, ofarin kabi so’zlar, buyruq -xitob undovlariga pisht, beh -beh , pish-pish, chuh kabi xitob so’zlar kiradi.
So’z-gaplarning uchinchi ma’noviy guruhi bo’lgan tasdiq /inkor so’zlar ko’pincha modallar tarkibida o’rganilgan. Ha, mayli, xo’sh, xo’p so’zlari tasdiqni, yo’q , mutlaqo, aslo, sira so’zlari inkorni ifodalovchi so’z-gaplardir.
Taklif/ishora so’zlarga qo’llanishi tana a’zolarining maxsus harakatlari bilan uzviy bog’liq bo’lgan ma, mang, qani, marhamat so’zlari kiritilgan. Ular tinglovchiga qaratilgan bo’lib, uni biror ish-harakatni bajarishga undaydi.
So’z-gaplar shunday hodisalar guruhiki, ularning juda ko’pchiligi boshqa so’z turkumlaridan tarixiy taraqqiyot jarayonida o’ziga xos nutqiy qo’llanish natijasida shakllangan va rivojlangan. Chunonchi, so’zsiz, tabiiy so’zlari sifatdan, albatta ravishdan o’sib chiqqan bo’lsa, har qalay, har holda modal so’zlari so’z birikmalaridan, nasib bo’lsa, xudo xohlasa kabilar gaplardan kelib chiqqan.
Sof so’z-gaplarga albatta, alhamdulilloh ; eh , h oy, oh , o’h ; ha,yo’q , mutlaqo; ma, mang kabi modal, undov, tasdiq /inkor, taklif/ishora so’zlari mansubdir. O’zbek sistеm tilshunosli-gida so’z-gaplar [W]-lashgan (modallashgan, undovlashgan tasdiq/inkorlashgan, taklif/ishoralashgan) so’zlar, [W]-lashayot-gan (modallashayotgan, undovlashayotgan, tasdiq /inkorlasha-yotgan, taklif/ishoralashayotgan so’zlar, [W]-simon (modalsimon, undovsimоn, tasdiq/inkorsimоn) so’zlar va ular nutqiy voqelanish-lari mufassal o’rganilgan.
Yüklə 14,86 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin