Tizimli yondosthuv. Ta’lim texnologiyasi tizimning barcha belgilarini o’zida
mujassam etmog’i lozim: jarayonning mantiqiyligi, uning barcha bo’g’inlarini o’zaro
bog’langanligi, yaxlitligi.
Faoliyatga yo’naltirilgan yondosthuv. Shaxsning jarayonli sifatlarini
shakllantirishga, ta’lim oluvchining faoliyatni aktivlashtirish va intensivlashtirish, o’quv
jarayonida uning barcha qobiliyati va imkoniyatlari, tashabbuskorligini ochishga
yo’naltirilgan ta’limni ifodalaydi.
Dialogik yondosthuv. Bu yondosthuv o’quv munosabatlarini yaratish zaruriyatini
bildiradi. Uning natijasida shaxsning o’z-o’zini faollashtirishi va o’z-o’zini ko’rsata olishi
kabi ijodiy faoliyati kuchayadi.
Hamkorlikdagi ta’limni tashkil etish. Demokratik, tenglik, ta’lim beruvchi va ta’lim
oluvchi faoliyat mazmunini shakllantirishda va erishilgan natijalarni baholashda birgalikda
ishlashni joriy etishga e’tiborni qaratish zarurligini bildiradi.
Muammoli ta’lim. Ta’lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta’lim
oluvchi faoliyatini aktivlashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-
qarshiligi va uni hal etish usullarini,
dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni
ijodiy tarzda qo’llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Axborotni taqdim qilishning zamonaviy vositalari va usullarini qo’llash - yangi
kompyuter va axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga qo’llash.
O’qitishning usullari va texnikasi. Ma’ruza (kirish, mavzuga oid, vizuallash),
muammoli ta’lim, vertual laboratoriyalardan foydalanib ishlash.
O’qitishni tashkil etish shakllari: dialog, polilog, muloqot hamkorlik va o’zaro
o’rganishga asoslangan frontal, kollektiv va guruh.
O’qitish vositalari: o’qitishning an’anaviy shakllari (darslik, ma’ruza matni) bilan bir
qatorda – kompyuter va axborot texnologiyalari.