Hozirgi zamon analitik kimyo o’z ichiga olgan kimyoviy analiz metodlarining



Yüklə 1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/13
tarix20.09.2023
ölçüsü1 Mb.
#145523
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
хроматография магистр



1


2



3
Kirish 
 
Hozirgi zamon analitik kimyo o’z ichiga olgan kimyoviy analiz metodlarining 
arsenalida sezgirligi va tanlab ta’sir etish xususiyati kamligi bilan ajralib turuvchi metodlar 
sezilarli o’rinni egallaydi. Bu esa analiz jarayonida dastlabki ajratish va konsentrlash 
ishlarini qo’llash lozimligini ko’rsatadi. Xromatografiya tufayli analitik aniqlashlarning 
selektivligi va sezgirligi sezilarli darajada oshadi. Shu sababli bu metodlardan foydalanish 
ma’lum bo’lgan analitik metodlarining qo’llanilish chegaralarini kengaytiradi va katta 
ahamiyat kasb etadi. « Xromatografik analiz usullari» kursining maqsadi xromatografiya 
usulining umumiy nazariy asoslari, konkret namunalarini analiz qilishda eng optimal 
metodlarni tanlash prinsplari va metodlarning taraqqiy etishida hozirgi zamon 
tendensiyalari bilan magistrantlarni tanishtirishdan iborat. Magistrant xromatografik 
usullarning sinflanishi, asosiy miqdoriy tavsiflari, gibrid va aralash analiz metodlari 
tavsiflari, xromatografiyadagi kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizikaviy jarayenlarning 
nazariy asoslarini, xromatografiyaning turlari va ularni amalga oshirishni bilishi lozim. 
Kurs davomida magistrantlar amaliy laboratoriya ishlarini mustaqil ravishda bajarib, gaz 
va suyuklik xromatografiyasi, ionitlarni statik va dinamik almashinish sig’imini aniqlash, 
xarakatli va xarakatsiz fazalarining xossalarini urganish, xromatografik ajralish jarayeniga 
turli omillarning ta’sirini urganish, xromatografik ajralish kattaliklarini xisoblab chikish 
buyicha ko’nikmalar oladilar. 
 
O’quv fanini o’qitishning maqsadi va vazifalari 
Fanni o’qitishdan xromatografik analiz usullari kursining maqsadi xromatografik 
analiz usullarining umumiy nazariy asoslari, konkret namunalarini analiz qilishda eng 
optimal metodlarni tanlash prinsplari va metodlarning taraqqiy etishida hozirgi zamon 
tendensiyalari bilan magistrantlarni tanishtirishdan iborat. 
Fanning vazifalari – fanni o’qitish davomida quyidagi asosiy mavzular keng 
yoritiladi, jumladan: xromatografik analiz usullarining klassifikasiyalari, asosiy sifat va 
miqdoriy tavsiflari, gibrid va aralash analiz metodlari tavsiflari, xromatografik ajralish 
jarayenining kimyoviy, fizik-kimyoviy va fizikaviy nazariy asoslarini, xromatografiyaning 
turlari va ularni amalga oshirishni o’rgatish, shuningdek amaliy laboratoriya ishlarini 
mustaqil ravishda bajarib, gaz va suyuklik xromatografiyasi, ionitlarni statik va dinamik 
almashinish sig’imini aniqlash, xarakatli va xarakatsiz fazalarining xossalarini urganish
xromatografik ajralish jarayeniga turli omillarning ta’sirini urganish, xromatografik ajralish 
kattaliklarini xisoblab chikish buyicha ko’nikmalarni hosil qilishdan iborat. 

Yüklə 1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin