Hozirgi zamon O‘zbekiston Respublikasi davlat statistikasi va xalqaro statistika


Talab va taklifning diagrammasini



Yüklə 0,9 Mb.
səhifə2/3
tarix12.10.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#154223
1   2   3
Olimjonova.F,

Talab va taklifning diagrammasini

  • Ordinata o‘qi bo‘yicha bir birlik mahsulotning narxi ko‘rsatilgan (so‘mda). Absissa o‘qi bo‘yicha berilgan vaqt oralig‘ida talab qilingan va taklif qilingan mahsulot hajmi ko‘rsatilgan. Taklif chizig‘i (supply) qancha miqdorda va qanaqa ishlab chiqarish narxida tovarning bozorda sotilishi mumkinligini ko‘rsatadi. Taklif chizig‘i qancha yuqoriga ko‘tarilsa, shuncha narx yuqori bo‘ladi va shunga ko‘p firmalar mahsulot ishlab chiqarib, sotish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

S
P
P1
Q
Q2
Q0
Q1
E
D
P0
P2
Ortiqcha mahsulot
Taqchillik

Talab va taklif chiziqlari

  • Yuqori narx, mavjud firmalarni ishlab chiqarishni kengaytirishga da'vat etadi, bozorga yangi firmalarni o‘z mahsuloti bilan kirib kelishini ta'minlaydi, ular ishlab chiqargan yuqori xarajatli rentabel bo‘lmagan mahsulotlari yuqori narxda rentabel bo‘ladi. Bunday holda, firmalarda ishlab chiqarishning kengayishi qisqa vaqt oralig‘ida intensiv bo‘lsa, uzoq muddatda esa ekstensiv amalga oshiriladi.
  • Talab chizig‘i (Demand) iste'molchilarning berilgan narxlarda qancha miqdorda mahsulot sotib olish mumkinligini bildiradi. Talab chizig‘ining pastga ketishi, iste'molchilarning narx qancha past bo‘lsa, ular shuncha ko‘p mahsulot sotib olishini anglatadi. Past narxlar, xaridorlarga yanada ko‘proq miqdorda tovarlar sotib olishiga hamda ilgari sotib olaolmayotgan iste'molchilarga esa hozir u tovarni sotib olishga imkon yaratadi.

Talab va taklifning muvozanat nuqtasi

  • Bu ikki egri chiziq talab va taklifning muvozanat nuqtasida kesishadi. Muvozanat bozor tizimining shunday holatini bildiradiki, bu holatda talab va taklif bir-biriga teng bo‘ladi. Muvozanat nuqta muvozanat narxni va muvozanat mahsulot miqdorini bildiradi. narx muvozanat narx bo‘lganda, taklif qilinadigan va talab qilinadigan tovar miqdori bir-biriga teng bo‘ladi . Bu nuqtada tovar tanqisligi ham, ortiqcha tovar ham bo‘lmaydi. Bozor sharoitlarini o‘zgarishi talab va taklif muvozanatini buzilishiga olib keladi, lekin bozorda, o‘z o‘zidan avtomatik ravishda, muvozanatni tiklash tendensiyasi mavjud.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin