TAQDIMOTI
TERMIZ IQTISODIYOT VA SERVIS UNIVERSITETI IQTISOD FAKULTETI IQTISOD YO’NALISHI 2-BOSQICH 9-22- GURUH TALABASI BO’RONOVA UMIDANING MIKROIQTISODIYOT FANIDAN TAYYORLAGAN
Talab va taklif tahlili asoslari
REJA:
1. Talab, uning manbalari va ta'sir qiluvchi omillari.
Talab, uning manbalari va ta'sir qiluvchi omillari
Taklif va talabni iqtisodiy nuqtai nazardan tahlil qilish, juda ko‘p va keng muammolarni hal qilishda universal vosita bo‘lib xizmat qiladi. Bunday muammolarga quyidagilar kirishi mumkin: jahondagi iqtisodiy sharoitlar o‘zgarishining mahsulot ishlab chiqarishga va uning samaradorligiga ta'siri; narxlarni nazorat qilish bo‘yicha davlat tomonidan ko‘riladigan chora-tadbirlarni baholash; iqtisodiy rag‘batlantirish va minimal ish haqini belgilash; soliqlarning, subsidiyalarning, importga qo‘yiladigan poshlinaning, ishlab chiqaruvchilar va iste'molchilar faoliyatining chegaralashlarning umumiy iqtisodiyotga ta'siri va hokazo
Talab va taklif orqali bozor mexanizmini o‘rganish
Talab va taklif orqali bozor mexanizmini o‘rganish, ularning grafiklarini tahlil qilishdan boshlandi. Ma'lumki, davlatning aralashuvisiz, talab va taklif muvozanat holatga keladi va unga asosan tovarning bozor narxi o‘rnatiladi hamda muvozanatni ta'minlaydigan mahsulotning umumiy hajmi o‘rnatiladi. Lekin, qanday qilib, narx va mahsulot hajmi talab va taklifning ba'zi bir xarakteristikalari bilan bog‘langan? Qanday qilib ular vaqt bo‘yicha o‘zgaradi va qanday qilib ularga umumiy iqtisodiy faollik, ish haqi xarajatlari ta'sir qiladi? Nima uchun talab va taklif bozorlar (raqobatlashgan, monopol, oligopol va boshqa) bo‘yicha farq qiladi? Nima uchun ba'zi bir bozorlarda tovarlar tanqis va hokazo savollarga javob berish uchun talab va taklifning diagrammasini qarashdan boshlaymiz