Masalan, ishlab chiqaruvchining qancha miqdorda mahsulot sotishi uning narxidan tashqari ishlab chiqarish xarajatlariga (ish haqi, xom ashyo narxi) ham bog‘liqdir. Tovarga bo‘lgan talab esa iste'molchining byudjetiga (daromadiga) va boshqa omillarga bog‘liqdir.
Xom ashyo narxi o‘zgarishining taklif chizig‘iga ta'sirini o‘rganish
Xom ashyo narxi pasayishining taklif egri chizig‘iga boshqacha ta'sirini, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori o‘zgarmaganda kuzatish mumkin. Haqiqatdan ham, o‘zgarmaganda, uni ishlab ishlab chiqarish uchun ketgan xarajat kamayadi (xom ashyo narxi pasaygani uchun), demak, tovar narxi ham kamayadi, ya'ni uning narxi dan ga o‘zgaradi. Bu o‘zgarish ishlab chiqarilgan tovar miqdoriga bog‘liq emas. Natijada, taklif egri chizig‘i o‘ngga siljiydi. Umuman olganda, xom ashyo narxi o‘zgarishining taklif chizig‘iga ta'sirini o‘rganishda, yuqorida keltirilgan ikki hol ham xususiy hollardan bo‘lib, eng chetki holatlarni anglatadi. Haqiqatda esa, xom ashyo xarajatlari kamayganda narx ham, tovar miqdori ham o‘zgarishi mumkin. Bu o‘zgarishlar yangi taklif egri chizig‘ining talab chizig‘i bilan muvozanatga kelishi bilan bog‘liqdir
Taklif o‘zgargandagi yangi muvozanat holat
taklif chizig‘i dan ga siljigan, muvozanat nuqta dan ga tushgan, umumiy ishlab chiqarish hajmi dan gacha oshgan. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari qancha kam bo‘lsa, u shuncha mahsulot narxini pasaytirishga va mahsulotni ko‘proq sotishga olib keladi. O‘z-o‘zidan ravshanki, fan texnika taraqqiyoti asosida boshqarishni takomillashtirish natijasida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, iqtisodiy o‘sishning muhim harakatlantiruvchi kuchidir.