Hozirgi zamon psixologiyasi ilmiy tadqiqot metodlari


“PEDAGOGS”   international research journal ISSN



Yüklə 0,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/2
tarix14.12.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#178578
1   2
132-133

“PEDAGOGS” 
 international research journal ISSN: 
2181-4027
_SJIF: 
4.995
 
www.pedagoglar.uz
 


Volume-33, Issue-2, May-2023
 
133
Psixologiya fanining nazariy masalalari qatoriga yana insonning inson tarafidan 
idrok etilishini kiritish mumkin. Sababi kishining ayrim xususiyatlari uning yuz 
alomatlari, chehrasidagi oʻzgarishlar, tana aʼzolarining harakatlari yordamida 
aniqlanadi. Odamning tashqi koʻrinishiga asoslanib, uning xarakter xususiyatlari, 
xislatlari yuzasidan ishonchli mulohaza bildirish koʻp asrlik tadqiqot tarixiga ega 
boʻlsada, ammo masalaning tub ilmiy negizi endigina kengroq oʻrganilmoqda.
Natijalar: 
Har bir pedagog kishilar psixikasini tekshirish uchun loaqal eng oddiy usullarni 
bilishi darkor. Psixik hayot hodisalarning ularning taraqqiyot jarayonidan o`rganganda 
miqdor o`zgarishlarining sifat o`zgarishlariga o`tishini va bir sifat holatining ikkinchi 
sifat holatiga o`tishini ko`zdan kechirmoq darkor. Masalan, odam psixikasining 
taraqqiy etishini o`rgana turib, bilim olish va to`plash jarayonida odamning bilish 
qobiliyatlari: xotirasi, tafakkuri va nutqi, mushohadakorligi sifat jihatidan o`zgarishni 
ko`rsatib bersa bo`ladi.
Odam ongi uning tarixiy taraqqiyotida takomillashadi. Bugungi mustaqillik 
sharoitida milliy ongning shakllanishiga aloqador umumiy ilmiy qonuniyatlarni izlash, 
yangicha tafakkur qilish va dunyoqarashni shakllantirish milliy mafkura va milliy 
g`oyani shakllanishiga ijobiy ta`sir qiladi. Psixologik bilimlar juda uzoq o‘tmish 
tarixga ega bo‘lsa-da, lekin u fan sifatida falsafadan XIX asrga kelib ajralib chiqdi. 
Muhokama: 
Psixologiyani alohida fan sifatida ajralib chiqishiga o‘sha davrda kishilik 
jamiyatida sodir bo'layotgan ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar sabab bo‘ldi, 
chunki bular ijtimoiy zaruriyatning taqozosi edi. Psixologik holatlarni tadqiq qilish, 
ya’ni psixika mohiyatini anglash maqsadida o‘sha davrda eksperimental ilmiy-
psixologik laboratoriyalar vujudga kela boshladi. 
Bugungi zamonda san’at asarlarining tarixiy jihatdan ularni ijodkorlarining 
shaxsiy xususiyatlari birlamchi ekanligidan kelib chiqiladi. Zamonaviy san’at 
psixologiyasi san’atkorlarning qobiliyatlarini asar yaratishda hissiy ko‘rinishlarni, 
shaxslararo munosabatlarni psixologik nuqtai nazardan o‘rganadi.
Xulosa: 
Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, hozirgi zamon pedagogik psixologiya 
rivojlanishi natijasida insonning individual-psixologik farqlari, ijtimoiy-tarixiy 
tajribalar ta’siri, shuningdek boshqa odamlar orasidagi muloqot, muomala ta’siri 
borligini, shuningdek, yana bir qancha faktorlarni hisobga olgan holda shaxsni 
shakllantiruvchi ta’lim asosida o‘qitish va tarbiyalash yotadi.
 
Adabiyotlar ro'yxati: 
1. 
Davletshin M.G., To‘ychiyev S.M. Umumiy psixologiya. T.:TDPU, 2012. 
2. 
M.G.Davletshin va boshqalar "Yosh davrlar va va pedagogik psixologiya" T.TDPU. 
2009. 
3. 
V.A.Kruteskiy. "Pedagogik psixologiya asoslari".- T.: O‘qituvchi.2003. 
4. 
Ivanov F.I, Zufarova M.E. Umumiy psixologiya.T., 2018.
 

Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin